elaksimon nay
lub parenximasi
lub
tolasi
yo‘ldosh hujayra
Floema
konusi
bo‘linish
zonasi
Hosil qiluvchi to(qima
o'tkazuvchi nay
yog4ochlik
parenximasi
yog‘ochlik tolasi
Ksilema
epiderma hujayralari
tukcha
loviyasimon
hujayralar
xloroplast
Epiderma
14-rasm.
o‘ sishini, ya’ni yo‘g‘onlashuvini ta’minlaydi. Poya va il-
dizning po‘ stlog‘i (floema) va yog‘ ochligi (ksilema) orasida
joylashgan yon hosil qiluvchi to‘ qima - kambiy hisobiga
o‘ simlik poyasi va ildizi eniga o‘ sadi.
Hosil qiluvchi hujay-
ralardan o‘ simlikning asosiy, qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexa-
nik va boshqa to‘qimalari hosil bo‘ladi.
Asosiy to^qima. Asosiy tocqima hujayralari qoplov
chi, mexanik, o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari oralig‘ ida
joylashadi. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra asosiy to‘ qima
bir necha xil bo‘ ladi: assimilatsion to‘qima (xlorenxima),
jamg‘aruvchi to‘qima (organik moddalarni,
suv va havoni
jamg‘aruvchi). Bu hujayralar fotosintez qilish xususiyati-
ga ega. Assimilatsion to‘ qima hujayralari yashil barglarda,
novdalarda bo‘ladi. Jamg‘aruvchi to‘ qima hujayralari pa-
renxima hujayralaridan iborat bo‘lib,
ularda uglevod, oqsil
va boshqa moddalar tocplanadi. Bu to‘ qima daraxtlaming
tanasida, ildizpoya,
ildizmeva, tugunaklar, piyozbosh, me-
valar va urug‘larda yaxshi rivojlangan. Cho‘llarda o‘ suvchi
ayrim o‘ simliklar poyasi va bargida (masalan, kaktuslar tana
sida) suv to‘plovchi parenxima hujayralari mavjud.
Qoplovchi to‘qimalar o‘ simlikning barcha organla-
rini tashqi tomondan qoplab turadi. Qoplovchi to‘ qima
o‘ simlik organlarini himoya
qilish funksiyasini baja-
radi. Bu to‘qima 3 ga bo‘linadi:
epiderma, periderma va
po'stloq. Epiderma barg va yosh novdalami qoplab turadi.
Bu to‘ qima bir qavat zich joylashgan shaffof hujayralardan
tashkil topgan. Epiderma to‘ qimasi tashqi tomondan kutiku-
la yoki mum bilan qoplanadi, bu suv bug‘ lanishini kamay-
tiruvchi moslanishdir. Barg va
yashil poyalar epidermasida
og‘izchalar bo‘lib, ular gaz almashinuvi va suv bug‘latishda
ishtirok etadi. Ko‘p yillik o‘ simliklaming poya va ildizla-
rida epiderma ikkilamchi qoplovchi to‘ qima - periderma
bilan almashinadi. Periderma po‘kak va boshqa hujayralar
dan tarkib topgan.
Po‘kak o‘ lik hujayralardan iborat bo‘lib,
uning qobig‘ iga maxsus yog‘ simon modda (suberin)
shimilgan. Shuning uchun po‘kak o‘zidan suv va gazlami
o‘tkazmaydi. Uning asosiy vazifasi o‘ simlikni
yozda yuqo-
ri haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug‘ diruvchi
mikroorganizmlardan saqlashdan iborat. Po‘kak hujayralari
orasida yasmiqchalar shakllanadi. Daraxt va butalaming ta-
nasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining
yangi qavati
shakllanadi. Natijada po‘ stloq qavati hosil bo‘ladi. Po'stloq
hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega bo‘lmaganligi sa-
babli, daraxt va butalar tanasi yo‘g ‘onlashgan sari po‘ stloqda
yoriqlar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: