BOTANIKA III CHORAK TEST
1.Yo`sinlarda ildiz vazifasini nima bajaradi?
A) rizoid B) sporofit D) gametofit E) ildizpoya
2.Anterediyda qanday hujayra yetiladi?
A) tuxum B) spermatozoid D) spora E) hech qanday
3.Bahorgi va yozgi poya hosil qiluvchi qirqbo`g`imni belgilang.
A) dala qirqbo`g`imi B) sershox qirqbo`g` D) qirqquloq E) hammasi to`g`ri
4.Yo`sinlarda qaysi a’zolar rivojlangan?
A) ildiz,poya B) poya,barg D) barg,ildiz E) urug`,meva
5.Funariya yo`sinining spermatazoidlar yetiladigan a’zosi nima deb ataladi?
A) arxegoniy B) anterediy D) sporoangiy E) ko`sakcha
6.Spermatazoidning tuxum hujayra bilan qo`shilishidan hosil bo`ladigan hujayra nima deb ataladi?
A) zigota B) gameta D) spora E) urug`
7.Qaysi suvo`ti “dengiz karami”deb ataladi?
A) Laminariya B) nemalion D) ulva E) spirogyra
8.Qirqquloqlarning barglari ostida sporalari yetiladigan qo`ng`ir bo`rtmalari nima deb ataladi?
A) gametofit B) sorus D) zigota E) spora
9.Qirqquloqning nam yerga tushgan sporasidan nima unib chiqadi?
A) zigota B) sorus D) gametofit E) spora
10.Ochiq urug`li o`simliklarni belgilang.
A) archa,qirqquloq,saur B) qarag`ay,archa,saur D) qirqbo`g`im,qirqquloq,qarag`ay
E) terak,archa,qarag`ay
11.Bahor oxirlarida erkak archalar yosh novdalarida nimalar hosil bo`ladi?
A) changchi qubbalar B) urug`chi qubbalar D) arxegoniy, E) chang donasi
12.Archaning mevasi nima deb ataladi?
A) qubbameva B) dukkak meva D) qo`zoq meva E) rezavor meva
13.Barglari 5-7 sm,novdada ikkitadan joylashgan ochiq urug`li o`simlikni toping.
A) sharq sauri B) virgin archasi D) archa E) qarag`ay
14.Qaysi o`simlik ra’no deb ataladi?
A) na’matak B) olga sorbariysi D) behi E) o`rik
15.Rezavor mevali o`simlikni toping.
A) maymunjon B) na’matak D) qulupnay E) o`rik
16.Karam qanday meva hosil qiladi?
A) ildizmeva B) qo`zoq meva D) rezavor meva E) danak meva
17.Sho`radoshlarga mansub daraxtni belgilang.
A) keyreuk B) tereskan D) itsigak E) saksovul
18.Gulxayridoshlarga mansub qaysi o`simlikdan tabobatda yo`talga qarshi foydalaniladi?
A) yerbag`ir tugmachagul B) dorivor gulxayri D) bo`ritaroq E) na’matak
19.Qaysi o`simlikdan yozda shakar ajraladi?
A) yantoq B) yeryong`oq D) no`xat E) yasmiq
20.Qaysi o`simlikning gullari changlanib bo`lgach tuproq ichiga kirib meva hosil qiladi?
A) yantoq B) yeryong`oq D) no`xat E) yasmiq
Do'stlaringiz bilan baham: |