……………………..............
36
3.4.
PISA xalqaro baholash dasturiga (tabiiy yo’nalish bo’yicha)
tayyorgarlik ko’rish va muvaffaqiyatli ishtirok etishda mustaqil ta’lim
muhim omil sifatida……………………………………………………..............44
Xulosa va tavsiya
……………………………………………………….............52
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………..........
55
3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi.
O‘zbekistonda
oliy
ta’lim
tizimini
takomillashtirish asosi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hisoblanadi. Ular
yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega bo‘lgan, ijodiy va ijtimoiy faol,
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil holda harakat qila oladigan, kelajakka qaratilgan
vazifalarni qo‘ya olish va ularni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarning yangi
avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Har qanday jamiyatda bo‘lganidek, Respublikamizning taraqqiyotida bozor
iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh beraoladigan malakali mutaxassislarni
tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Zero jamiyat taraqqiyotida mutaxassis
kadrlar omilining muhimligi isbot talab etmaydigan hayotiy haqiqatdir. Mutaxassis
kadrlar tayyorlash, uning kasbiy sifat va samaradorligini oshirish borasida ham
so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan,
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi,
faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturida ta’kidlanganidek, “O‘qishni, mustaqil bilim olishni
individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini
ishlab chiqish va o‘zlashtirish” talab etiladi. Amaldagi ta’lim yo’nalishi davlat
ta’lim standartlarida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga qo’yilgan umumiy
malaka talablarida tayyorlanayotgan kadrlar o’z sohasiga oid qarorlarni mustaqil
qabul qila olish, raqobatbardosh kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi, o’z ishini ilmiy
asosda tashkil etishi hamda mustaqil holda o’z bilim va malakasini oshirib borish
kabi xusussiyatlarga ega bo’lishi qayd etilgan. Oliy ta’lim tizimida bu
xusussiyatlarga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta’lim alohida o’rin
egallaydi. Ma’lumki malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri ta’lim
sifati va samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ta’lim sifati va samaradorligini
oshirishda o’qitishning zamonaviy usullari, shakl va vositalari, o’yin
4
texnologiyalari, muammoli o’qitish, xususan mustaqil ta’limning noan’anaviy
turlari muhim o’rin tutadi. Bu esa oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil
ta’limi mazmunini ishlab chiqish va uni tashkil etish hamda amalga oshirish
usullarini takomillashtirish borasida ilmiy-pedagogik izlanishlar olib borishni
taqozo etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlarni tayyorlash,
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2017-yil 26- sentyabrdagi
PQ-3289-son, “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son
qarorlari ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan
tashqari ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish samaradorligini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qarori qabul qilindi. Ushbu
qarorning 3-ilovasida Maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim
muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish to’g’risidagi Nizom ilova qilingan. Nizomning 4-bob 38-bandida qayta
tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o’quv mashg’ulotlarining quyidagi
asosiy turlari qo’llaniladi: ma’ruza, amaliy mashg’ulot, interaktiv semenarlar,
trening, ko’chma mashg’ulot, tajriba almashish, mustaqil o’qish, labaratoriya
ishi, bitiruv malakaviy ishini himoya qilish, deb ko’rsatilgan.
Mazkur dissertatsiyada Nizomning 4- bob 38-bandida qayd etilgan mustaqil
o’qish, mustaqil ta’lim olish jarayoni va uning turlari aks etgan.
Malaka oshirish tizimida mustaqil ta’limning ilk marotaba joriy etilishi, bu
borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar mavjudligini ko’rsatadi.
Mustaqil ta’lim- ta’lim jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, u
talabalarning o’quv fanlardan o’zlashtirayotgan bilim, tushuncha, amaliy
ko’nikma, malakalarini yanada takomillashtirishga qaratilgandir. Shunga ko’ra
5
aytish mumkinki, mustaqil ta’lim belgilangan o’quv topshiriqlarini tahsil
oluvchilar tomonidan mustaqil va ijodiy bajarishga mo’ljallangan o’quv
faoliyatidir. Boshqacha qilib aytganda, ta’limning mazkur shakli mazmun,
yo’nalishini mustaqil ishlar tashkil etadi.
Bundan ko’rinadiki, ta’limning bu shakli aynan o’quvchi talabalar tomonidan
mustaqil ravishda izlanish, o’rganish, o’zlashtirish, umumlashtirish, xulosalash
jarayonlari orqali amalga oshiriladi.
Demak, tinglovchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishni o’quv bilish
faoliyatining muhim shakllaridan biri sifatida qaramoq lozim. Kezi kelganda
ta’kidlab o’tish lozimki, mustaqil ishlar o’zining didaktik maqsadi, talabalar
mustaqil faoliyatining darajasi, individual yoki guruhga mo’ljallanganligi, axborot
manbai, bilim olish usullari, shakli va bajarish o’rni bilan o’ziga xoslikka ega.
Mustaqil ta’limni tashkil etishda uning shakllarini to’g’ri tanlash, o’z o’rnida
samarali foydalanish, o’z navbatida, mazkur jarayonda keng ko’lamli yondoshuv
uning ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rni va afzalligi haqidagi tasavvurni
kengaytiradi.
Tinglovchilar tomonidan bajariladigan mustaqil ishlar bir necha bosqichdan
iborat bo’lib, har bir bosqichda amalga oshiriladigan o’zaro uyg’unlik asosida,
ya’ni bir-birini to’ldirgan, o’z navbatida rivojlangan holda bo’ladi. Jumladan,
mustaqil ishlarning dastlabki bosqichi bevosita o’qituvchining ko’rsatmalariga
asosan amalga oshirilsa, keying bosqichlarda o’quvchi-talabalarning ijodkorligi
asosida bajariladi. Shunga ko’ra aytish mumkinki, o’quvchi talabalarning mustaqil
ta’lim olishi bir necha bosqichdan iborat pedagogik jarayondir.
Quyida mustaqil ta’limning har bir bosqichida amalga oshiriladigan
ishlarning mazmuni, yo’nalishlari xususidagi mulohazalarga to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |