Ishning amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan mustaqil ta’lim mavzulari va
ishlanmalari, elektorn ta’lim resurs bazasi yosh biologiya o’qituvchilari va kurs
tinglovchilariga tavsiya etiladi.
Ishning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, xulosa va
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va internet saytlaridan iborat bo‘lib,
hajmi 72 betni tashkil etadi. Matnga __ ta rasm kiritilgan. Adabiyotlar ro‘yxati 53
ta manbadan iborat.
12
I BOB. ISHNING O’RGANILGANLIK DARAJASI
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha ishning o’rganilganlik darajasi ko’rib
chiqilganda, malaka oshirish tizimida mustaqil ta’limning ilk marotaba joriy
etilishi, shu mavzudagi adabiyotlarda ma’lumotlar kamligini inobatga olib, oliy
ta’lim tizimidagi talabalarda mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etilishi va amalga
oshirilishi talqin qilindi.
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga
alohida diqqat e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar bizning kelajagimiz mevasi
qanday bo‘lishi esa hozirgi kundagi parvarishimizga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya
jamiyat taraqqiyotining asosidir. Chunki, inson jamiyatdagi barcha
munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi
revolyutsiya inson, uning ilmiy-ma’rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi. Kelajakda erishishimiz lozim
bo‘lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon
talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va 1997
yildan kuchga kirgan kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo‘yicha butun ta’lim
tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat anna shunday kadrlar tayyorlashga
qaratilgan. Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat
chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari, dars
berishning turli uslublarini bilish hamda o‘z ustida tinmay ishlashlari
(izlanishlari)ni talab qiladi.
“Talabalarga ijtimoiy fanlardan mustaqil bilim olishlari uchun ko’proq
ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish, ular ongi va nutqini o‘stirish, mustaqil
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat” (44).
Buning uchun mustaqil ta’limning ahamiyati juda zarur. Talabalar
fanlardan ma’lum bir vazifalarni mustaqil ravishda bajarishlari uchun
ularning darsliklar, adabiyotlar, uslubiy ko‘rsatmalar, fanga taalluqli
bo‘lgan slaydlar, jadvallar va avvalambor talaba mustaqil ishlash jarayonida
13
manba va adabiyotlar, fanga taalluqli masalalar bilan tanishadi va o‘zida
ma’lum bir ko‘nikma hosil qiladi.
Talabalarni mustaqil bilim olishlari uchun, biz ularning o‘quv ishlari
rejalarining bajarilishi, eng asosiysi auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi
mustaqil ishlarni tashkil etilishi va uning samaradorligini oshirish usullarini
yaratishimiz lozim. Tarqatma materiallarni o‘zida qamrab olgan o‘quv-uslubiy
majmualar bilan ta’minlanishi o‘qitishni faollashtiradi va ijodiy yondashuvli
ta’limni shakllantiradi.
Shu o‘rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Har bir insonda
muayyan intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga
chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart sharoit yaratilsa, har qaysi inson Ollox taolo ato
etgan noyob qobiliyat iste’dodini, avvalo o‘zi uchun, oilasining, millati va
xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida
etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at
va samarasini xatto tasavvur qilish ham oson emas” (14) degan ta’kidini
eslash joiz.
O‘zbekiston respublikasining “Kadrlar tayyorlash miliy Dasturi”
talabadan mustaqil fiklashni, eshitgan o‘quv axborotlarni ijodiy
umumlashtirishni, muxim qismlarini ajrata bilishni, adabiyotlar ustida
mustaqil ishlashni va doimiy asosiy ma’lumotlarni yozib borishni talab etadi.”
Bugungi kunda talabalarga ta’lim-tarbiya berish o‘quv ishlarining ajralmas
qismi bo‘lib, u uslubiy ishlari mustaqil bilim olish usullarini, va vositalarini
takomillashtirishga qaratilishi zarurligi haqidagi talab yanada dolzarb masala
bo‘lib qolmoqda”(21).
“Mustaqil ta’lim olish shaxsning umumiy rivojlanish yo‘li sifatida
individning o‘z ma’naviy «Men»ining turli jihatlarini shakllantirishga
xizmat qiladi” (48).
Mustaqil ta’lim olish keng ko‘lamda mavjud ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish va o‘z-o‘zini takomillashtirish demakdir.
14
Hozirgi buyuk isloxotlar amalga oshirilayotgan O‘zbekiston sharoitida
mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr taqozosi bo‘lib, shaxsiy
dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi
ko’plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir bo‘ladilar. “Shuni aloxida
ta’kidlash lozimki, mustaqil fikrlash bir qarashda shaxsning individual
xususiyati bo‘lsa-da bu xususiyat jamiyatda, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar
muxiti yaxshi bo‘lganda rivojlanadi” (15).
“Tafakkur va mustaqil fikrlashning individual xususiyatlari va ushbu
jarayonga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Har bir shaxs
o‘zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o‘ziga xos tomonini bilgan xolda
uni o‘stirish yo‘llarini bilishi kerak ”(16).
Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan hohlagancha davom etishi
mumkin emas. “Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 17-25 yosh darajasida mehnatni
ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan.
Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam
charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli,
avvalgiday ishlay olmaydi.
Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoriyada o‘tkazgan
vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo‘ladigan
bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan
ko‘proq, agarda ko‘p bo‘lsa kamroq tarzda rejalashtirish kerak” (3).
Shunday qilib, haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22-24 soat atrofida
bo‘ladi. Albatta, bu vaqt tinglovchini normal tarzda diqqat-etibor, g‘ayrat qilib
ishlashini mo‘ljallagan holda belgilanadi.
“Mustaqil fikrlash” (17) o’quv qo’llanmasida mustaqil fikrlash –
insonning tevarak atrofda ro’y beradigan voqea-hodisalarga, avval, ichki nutqda,
so’ngra tashqi nutqda munosabat bildirish qobiliyatidir, deb ta’riflanadi. Mustaqil
fikrlash ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda
individual va jamoada yutuqlarga erishishda yuqori darajani ta’minlaydigan
15
muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun mamlakatimiz iqtisodini rivojlantirish,
uning ijtimoiy hayotini yanada barqarorlashtirish va demokratiya tamoyillarini
hayotda joriy etish uchun eng avvalo bizga mustaqil fikrlovchi va sog’lom
e’tiqodli yoshlar kerak.
«O‘quvchilar bilimlarni mustaqil, ijodiy darajada egallashi uchun ular
o‘zining bilish faoliyati predmetini va u bilan qanday ishlashni bilishi kerak.
Bunga ularni maxsus o‘rgatish lozim» (51).
Talabalarning ijodiy tayyorgarligi – uning kasbiy layoqatliligining asosiy
ko‘rsatkichi bo‘lib, uzluksiz badiiy ta’lim olish asosida shakllanadi. Zero,
“…uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy yetuk shaxsni
shakllantirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga zaruriy
shart - sharoit yaratadi” (21).
V.A.Slasteninning fikricha, “Mustaqil ta’lim – talabaning shunday bilim
olish faoliyatiki, bunda uning izchil fikr yuritishi, aqliy va amaliy
operatsiyalari hamda harakatlarining izchilligi o‘ziga bog‘liq bo‘ladi” (52)
Mustaqil ta’lim – bu ta’lim olishning alohida tizimli yondashishga
asoslangan mustaqil ishlar yig‘indisidir - deb ta’rif beradi A.K.Bushlya (50)
Pedagogika fanlari doktori N.A.Muslimov ta’kidlaydiki, “Mustaqil ta’lim
(avtodidaktika) - bilimlarni o‘zlashtirish, tasavvurlarini rivojlantirish,
tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish bo‘yicha o‘quv
jarayonining sub’ektiv maqsadiga muvofiq muntazam, mustaqil hamda
avtonom faoliyatni tashkil etish demakdir. Mustaqil bilim olishda avtonomlik –
o‘qitish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, metodi va vositalarini aniqlash,
tanlash, ularni qiynalmasdan hamda tashqaridan yordamsiz amalga oshirish
qobiliyatidir. Mustaqillik – shaxsning alohida xususiyati, layoqati, faolligi,
e’tiborini jamlashga qobiliyatliligi, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bor
kuchini jalb etishi kabilarda amalga oshadi (23).
Uzluksiz ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish muammolari
YA.N.Andirianov, E.I.Zakinov, S.Matchonov, N.A.Muslimov, Z.Nishonova,
16
T.R.Niyazmetova, J.Tolipova, O.Q.Tolipov, B.M.Turdibayeva, Sh.Sharipov,
N.Xalilov, Q.YA.Xusanboyeva, Sh.Yunusova, H.Qarshiboyev, N.Najmiddinova,
M.Ochilov, N.Ochilova, M.Boltayeva, R.Dadamirzayev, A.Mavlonov, B.Raximov,
R.Boboyorov, S.Abdalova, M.Tojiyev va boshqalarning tadqiqot ishlarida o’rganib
chiqilgan.
Mustaqi ta’limga bo’lgan konseptual yondoshuvlar D.Kratvol (AQSh),
A.Dobrovol’skiy, V.Okon (YAolsha), K.Talizina, V.Buryak, S.Bondarenko
(Rossiya), M.Ochilov, U.Tolipov, N.Saydaxmedov (O’zbekiston) va boshqa
olimlarning ilmiy ishlarida bayon etilgan bo’lsada, hozirgi kungacha oliy ta’lim va
malaka oshirish tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish va amalga oshirish nazariy
jixatdan to’la asoslanmagan. Mustaqil ta’lim- tinglovchilar malaka oshirish
jarayonining ajralmas qismi sifatida o’qituvchilarning bilim, ko’nikma va
malakalarini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, uning qonuniyatlari
va prinsiplari hamda talablar asosida to’la ishlab chiqilmagan.
Mustaqil bilim olish malaka oshirish tizimida tinglovchilar malaksini
oshirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Shu sababli ham bu masalaga katta
e’tibor qaratilmoqda. Mustaqil ta’lim muammolari bo’yicha A.E.Abilkasimova,
Z.A.Barishnikova, S.I.Kosogova, N.A.Muslimov, J.Tolipova, S.Matchonov,
M.Boltayeva va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Ammo mustaqil ta’lim
masalasi, uning nazariy, ilmiy, pedagogik asoslari, bosqichlari va turlari yetarli
darajada ishlab chiqilmagan.
“Mustaqil ta’lim” tushunchasi “Pedagogika fanidan izohli lug’at” da olingan
bilim, ko’nikma va malakani mustahkamlash, qo’shimcha materialni o’rganish
maqsadidagi o’quv shakli deb qaraladi (5). Ayni vaqtda ilmiy va o’quv
adabiyotlarda “Mustaqil ta’lim olish”, “Avtodidaktika”, “Mustaqil o’qish”,
“Mustaqi ish” tushinchalardan sinonimlar sifatida foydalanilmoqda.
O’tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili asosida mustaqil ta’limga
quyidagicha ta’rif beriladi: mustaqil ta’lim- mutaxassis yordamida yoki yordamisiz
17
biror vazifa (masalan, muammo)ni mustaqil o’rganish asosiga quriladigan o’quv
faoliyati jarayonidir.
Mustaqil ta’limni 3 turga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi oliy ta’lim
tizimida qo’llanilayotgan Vazirlikning 2005 yil 21 fevral 34-sonli buyrug’i bilan
tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi
to’g’risidagi namunaviy Nizom” asosida tashkil qilingan (39)
Mustaqil ta’lim o‘z mazmuniga ko‘ra tinglovchilarning mustaqil faolligini
oshirish imkoniyatini yanyada rivojlantiradi. Shuning uchun bu borada nafaqat
o‘zbek balki, boshqa sohalarda ham turli mazmun mohiyat asosida tadqiq
etilmoqda. Bugungi kunning dolzarb muamolaridan biri ham tinglovchilar
mustaqil ta’limini tashkil etishning zamonaviy talqinini asoslash va ta’limdagi
ahamiyatini ochib berishdir. O‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalanish tinglovchilarning bilim olishga
bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi, bilish faoliyatini faollashtiradi, o‘quv-tarbiya
jarayonining samaradorligi yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi.
18
Do'stlaringiz bilan baham: |