Botanika fanidan o’qituvchilar malakasini oshirishda mustaqil ta’limning roli



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana31.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#420207
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
botanika fanidan oqituvchilar malakasini oshirishda mustaqil talimning roli

Ishning amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan mustaqil ta’lim mavzulari va 
ishlanmalari, elektorn ta’lim resurs bazasi yosh biologiya o’qituvchilari va kurs 
tinglovchilariga tavsiya etiladi. 
Ishning tuzilishi va hajmi.
Dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, xulosa va 
tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va internet saytlaridan iborat bo‘lib, 
hajmi 72 betni tashkil etadi. Matnga __ ta rasm kiritilgan. Adabiyotlar ro‘yxati 53 
ta manbadan iborat.
 


12 
I BOB. ISHNING O’RGANILGANLIK DARAJASI 
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha ishning o’rganilganlik darajasi ko’rib 
chiqilganda, malaka oshirish tizimida mustaqil ta’limning ilk marotaba joriy 
etilishi, shu mavzudagi adabiyotlarda ma’lumotlar kamligini inobatga olib, oliy 
ta’lim tizimidagi talabalarda mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etilishi va amalga 
oshirilishi talqin qilindi.
Mamlakatimizda hozirgi paytda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga
alohida diqqat e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar bizning kelajagimiz mevasi
qanday bo‘lishi esa hozirgi kundagi parvarishimizga bog‘liq. Ta’lim-tarbiya
jamiyat taraqqiyotining asosidir. Chunki, inson jamiyatdagi barcha
munosabatlar, aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi 
revolyutsiya inson, uning ilmiy-ma’rifiy potensialini ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi. Kelajakda erishishimiz lozim 
bo‘lgan buyuk maqsadlarga yetishish uchun eng avvalo yuqori malakali, zamon
talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlashimiz kerak.
Mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va 1997
yildan kuchga kirgan kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo‘yicha butun ta’lim
tizimi isloh qilinar ekan, asosiy diqqat anna shunday kadrlar tayyorlashga
qaratilgan. Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat
chuqur bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari, dars 
berishning turli uslublarini bilish hamda o‘z ustida tinmay ishlashlari 
(izlanishlari)ni talab qiladi. 
“Talabalarga ijtimoiy fanlardan mustaqil bilim olishlari uchun ko’proq 
ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish, ular ongi va nutqini o‘stirish, mustaqil
fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdan iborat” (44).
Buning uchun mustaqil ta’limning ahamiyati juda zarur. Talabalar
fanlardan ma’lum bir vazifalarni mustaqil ravishda bajarishlari uchun
ularning darsliklar, adabiyotlar, uslubiy ko‘rsatmalar, fanga taalluqli
bo‘lgan slaydlar, jadvallar va avvalambor talaba mustaqil ishlash jarayonida


13 
manba va adabiyotlar, fanga taalluqli masalalar bilan tanishadi va o‘zida 
ma’lum bir ko‘nikma hosil qiladi.
Talabalarni mustaqil bilim olishlari uchun, biz ularning o‘quv ishlari 
rejalarining bajarilishi, eng asosiysi auditoriyadagi va auditoriyadan tashqaridagi 
mustaqil ishlarni tashkil etilishi va uning samaradorligini oshirish usullarini 
yaratishimiz lozim. Tarqatma materiallarni o‘zida qamrab olgan o‘quv-uslubiy
majmualar bilan ta’minlanishi o‘qitishni faollashtiradi va ijodiy yondashuvli 
ta’limni shakllantiradi. 
Shu o‘rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning “Har bir insonda
muayyan intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq yuzaga 
chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart sharoit yaratilsa, har qaysi inson Ollox taolo ato 
etgan noyob qobiliyat iste’dodini, avvalo o‘zi uchun, oilasining, millati va
xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida
etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at
va samarasini xatto tasavvur qilish ham oson emas” (14) degan ta’kidini
eslash joiz. 
O‘zbekiston respublikasining “Kadrlar tayyorlash miliy Dasturi”
talabadan mustaqil fiklashni, eshitgan o‘quv axborotlarni ijodiy 
umumlashtirishni, muxim qismlarini ajrata bilishni, adabiyotlar ustida
mustaqil ishlashni va doimiy asosiy ma’lumotlarni yozib borishni talab etadi.”
Bugungi kunda talabalarga ta’lim-tarbiya berish o‘quv ishlarining ajralmas
qismi bo‘lib, u uslubiy ishlari mustaqil bilim olish usullarini, va vositalarini 
takomillashtirishga qaratilishi zarurligi haqidagi talab yanada dolzarb masala
bo‘lib qolmoqda”(21). 
“Mustaqil ta’lim olish shaxsning umumiy rivojlanish yo‘li sifatida
individning o‘z ma’naviy «Men»ining turli jihatlarini shakllantirishga
xizmat qiladi” (48). 
Mustaqil ta’lim olish keng ko‘lamda mavjud ilmiy bilimlarni
o‘zlashtirish va o‘z-o‘zini takomillashtirish demakdir. 


14 
Hozirgi buyuk isloxotlar amalga oshirilayotgan O‘zbekiston sharoitida
mustaqil fikrlovchi yoshlarning bo‘lishi davr taqozosi bo‘lib, shaxsiy
dunyoqarashga ega bo‘lgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi
ko’plab loyihalarni ishlab chiqishga qodir bo‘ladilar. “Shuni aloxida
ta’kidlash lozimki, mustaqil fikrlash bir qarashda shaxsning individual 
xususiyati bo‘lsa-da bu xususiyat jamiyatda, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar 
muxiti yaxshi bo‘lganda rivojlanadi” (15). 
“Tafakkur va mustaqil fikrlashning individual xususiyatlari va ushbu
jarayonga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Har bir shaxs
o‘zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o‘ziga xos tomonini bilgan xolda 
uni o‘stirish yo‘llarini bilishi kerak ”(16). 
Mustaqil ishlarni bajarish muddati jihatidan hohlagancha davom etishi
mumkin emas. “Tajriba shuni ko‘rsatadiki, 17-25 yosh darajasida mehnatni 
ratsional tashkil etganda bir sutkada 9 soat unumli ishlash mumkin ekan.
Haddan tashqari uzoq o‘tiradigan bo‘lsa, mehnat unumi pasayadi, odam
charchaydi, keyingi kunlari charchog‘i yozilishi qiyin bo‘lgani sababli, 
avvalgiday ishlay olmaydi. 
Shuning uchun mustaqil ishni rejalashtirganda auditoriyada o‘tkazgan
vaqtini hisobga olishi kerak. Agar, auditoriyada dars soatlari 6 soat bo‘ladigan 
bo‘lsa, mustaqil ishlash 3 soat, auditoriyada dars undan kam bo‘lsa 3 soatdan
ko‘proq, agarda ko‘p bo‘lsa kamroq tarzda rejalashtirish kerak” (3). 
Shunday qilib, haftalik mustaqil ish bajarish vaqti 22-24 soat atrofida 
bo‘ladi. Albatta, bu vaqt tinglovchini normal tarzda diqqat-etibor, g‘ayrat qilib 
ishlashini mo‘ljallagan holda belgilanadi.
“Mustaqil fikrlash” (17) o’quv qo’llanmasida mustaqil fikrlash –
insonning tevarak atrofda ro’y beradigan voqea-hodisalarga, avval, ichki nutqda, 
so’ngra tashqi nutqda munosabat bildirish qobiliyatidir, deb ta’riflanadi. Mustaqil 
fikrlash ijtimoiy ahamiyatga ega shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda
individual va jamoada yutuqlarga erishishda yuqori darajani ta’minlaydigan


15 
muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun mamlakatimiz iqtisodini rivojlantirish,
uning ijtimoiy hayotini yanada barqarorlashtirish va demokratiya tamoyillarini 
hayotda joriy etish uchun eng avvalo bizga mustaqil fikrlovchi va sog’lom 
e’tiqodli yoshlar kerak. 
«O‘quvchilar bilimlarni mustaqil, ijodiy darajada egallashi uchun ular 
o‘zining bilish faoliyati predmetini va u bilan qanday ishlashni bilishi kerak.
Bunga ularni maxsus o‘rgatish lozim» (51). 
Talabalarning ijodiy tayyorgarligi – uning kasbiy layoqatliligining asosiy 
ko‘rsatkichi bo‘lib, uzluksiz badiiy ta’lim olish asosida shakllanadi. Zero,
“…uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy yetuk shaxsni
shakllantirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga zaruriy
shart - sharoit yaratadi” (21). 
V.A.Slasteninning fikricha, “Mustaqil ta’lim – talabaning shunday bilim 
olish faoliyatiki, bunda uning izchil fikr yuritishi, aqliy va amaliy
operatsiyalari hamda harakatlarining izchilligi o‘ziga bog‘liq bo‘ladi” (52) 
Mustaqil ta’lim – bu ta’lim olishning alohida tizimli yondashishga 
asoslangan mustaqil ishlar yig‘indisidir - deb ta’rif beradi A.K.Bushlya (50) 
Pedagogika fanlari doktori N.A.Muslimov ta’kidlaydiki, “Mustaqil ta’lim 
(avtodidaktika) - bilimlarni o‘zlashtirish, tasavvurlarini rivojlantirish,
tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish bo‘yicha o‘quv
jarayonining sub’ektiv maqsadiga muvofiq muntazam, mustaqil hamda
avtonom faoliyatni tashkil etish demakdir. Mustaqil bilim olishda avtonomlik – 
o‘qitish maqsadlari, tamoyillari, mazmuni, metodi va vositalarini aniqlash,
tanlash, ularni qiynalmasdan hamda tashqaridan yordamsiz amalga oshirish
qobiliyatidir. Mustaqillik – shaxsning alohida xususiyati, layoqati, faolligi,
e’tiborini jamlashga qobiliyatliligi, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun bor
kuchini jalb etishi kabilarda amalga oshadi (23). 
Uzluksiz ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish muammolari 
YA.N.Andirianov, E.I.Zakinov, S.Matchonov, N.A.Muslimov, Z.Nishonova, 


16 
T.R.Niyazmetova, J.Tolipova, O.Q.Tolipov, B.M.Turdibayeva, Sh.Sharipov, 
N.Xalilov, Q.YA.Xusanboyeva, Sh.Yunusova, H.Qarshiboyev, N.Najmiddinova, 
M.Ochilov, N.Ochilova, M.Boltayeva, R.Dadamirzayev, A.Mavlonov, B.Raximov, 
R.Boboyorov, S.Abdalova, M.Tojiyev va boshqalarning tadqiqot ishlarida o’rganib 
chiqilgan. 
Mustaqi ta’limga bo’lgan konseptual yondoshuvlar D.Kratvol (AQSh), 
A.Dobrovol’skiy, V.Okon (YAolsha), K.Talizina, V.Buryak, S.Bondarenko 
(Rossiya), M.Ochilov, U.Tolipov, N.Saydaxmedov (O’zbekiston) va boshqa 
olimlarning ilmiy ishlarida bayon etilgan bo’lsada, hozirgi kungacha oliy ta’lim va 
malaka oshirish tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish va amalga oshirish nazariy 
jixatdan to’la asoslanmagan. Mustaqil ta’lim- tinglovchilar malaka oshirish 
jarayonining ajralmas qismi sifatida o’qituvchilarning bilim, ko’nikma va 
malakalarini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, uning qonuniyatlari 
va prinsiplari hamda talablar asosida to’la ishlab chiqilmagan. 
Mustaqil bilim olish malaka oshirish tizimida tinglovchilar malaksini 
oshirishda asosiy omillardan hisoblanadi. Shu sababli ham bu masalaga katta 
e’tibor qaratilmoqda. Mustaqil ta’lim muammolari bo’yicha A.E.Abilkasimova, 
Z.A.Barishnikova, S.I.Kosogova, N.A.Muslimov, J.Tolipova, S.Matchonov, 
M.Boltayeva va boshqalar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Ammo mustaqil ta’lim 
masalasi, uning nazariy, ilmiy, pedagogik asoslari, bosqichlari va turlari yetarli 
darajada ishlab chiqilmagan. 
“Mustaqil ta’lim” tushunchasi “Pedagogika fanidan izohli lug’at” da olingan 
bilim, ko’nikma va malakani mustahkamlash, qo’shimcha materialni o’rganish 
maqsadidagi o’quv shakli deb qaraladi (5). Ayni vaqtda ilmiy va o’quv 
adabiyotlarda “Mustaqil ta’lim olish”, “Avtodidaktika”, “Mustaqil o’qish”, 
“Mustaqi ish” tushinchalardan sinonimlar sifatida foydalanilmoqda. 
O’tkazilgan ilmiy-tadqiqotlar va adabiyotlar tahlili asosida mustaqil ta’limga 
quyidagicha ta’rif beriladi: mustaqil ta’lim- mutaxassis yordamida yoki yordamisiz 


17 
biror vazifa (masalan, muammo)ni mustaqil o’rganish asosiga quriladigan o’quv 
faoliyati jarayonidir. 
Mustaqil ta’limni 3 turga ajratish mumkin. Ulardan birinchisi oliy ta’lim 
tizimida qo’llanilayotgan Vazirlikning 2005 yil 21 fevral 34-sonli buyrug’i bilan 
tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi 
to’g’risidagi namunaviy Nizom” asosida tashkil qilingan (39) 
Mustaqil ta’lim o‘z mazmuniga ko‘ra tinglovchilarning mustaqil faolligini 
oshirish imkoniyatini yanyada rivojlantiradi. Shuning uchun bu borada nafaqat
o‘zbek balki, boshqa sohalarda ham turli mazmun mohiyat asosida tadqiq
etilmoqda. Bugungi kunning dolzarb muamolaridan biri ham tinglovchilar
mustaqil ta’limini tashkil etishning zamonaviy talqinini asoslash va ta’limdagi 
ahamiyatini ochib berishdir. O‘quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalardan o‘z o‘rnida foydalanish tinglovchilarning bilim olishga
bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi, bilish faoliyatini faollashtiradi, o‘quv-tarbiya
jarayonining samaradorligi yuqori darajada bo‘lishiga imkon yaratadi. 


18 

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish