BOSQON ULOQTIRUVCHILARNI MAXSUS KUCH SIFATINI RIVOJLANTIRISH SAMARADORLIGI.
POVSHYENIYE YEFFEKTIVNOSTI SPETSIALNOY SILOVOY PODGOTOVKI METATELEY MOLOTA.
IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF SPECIAL POWYER TRAINING FOR HAMMER THROWYeRS.
O‘qituvchi
F.Ch.Ziyayev
O‘zbekiston davlat jismoniy
tarbiya va sport universiteti
Chirchiq shaxri, O‘zbekiston
Muallif bilan bog‘lanish uchun:
Farruxziyayev89@mail.ru
Annotasiya: Ushbu maqolada o‘quv mashg‘ulot guruhida shug‘ullanuvchi bosqon uloqtiruvchilarning bosqon uloqtirishda maxsus kuch sifatini rivojlantirish va sport natijalarini oshirish uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar: maxsus kuch, statik, mushaklar kuchi, mushak zo‘riqishlarining, kuch, sifatini yaxshilash, genofond, portlovchi kuch, davomiyligi, bosh miya qobig‘i.
Аннотация: В данной статье даны практические рекомендации по повышению качества специальной силы и улучшения спортивной результативности метателей в тренировочной группе.
Ключевые слова: Спецальная сила, статика, сила мышц, перинагуризка мишц, сила, улучшить качество, генофонд, взрывной сила, продолжительность, кора головного мозга.
Annotation: This article provides practical recommendations for improving the quality of special strength and improving the sports performancye of throwyers in the training group.
Key words: Special strength, statics, muscle strength, muscle overload, strength, improve quality, gene pool, explosive strength, duration, cyerebral cortex.
Kirish. Bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar samarasi o‘laroq yosh avlodni har tomonlama, aqliy ahloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportni o‘rni kattadir. Mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev “Kelajak avlod haqida qayg‘urish sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalash va yetishtirishga intilish bizning vazifamizdir” deb takidlab o‘tgan. Hamda 2021 yil 5 noyabrdagi PQ 5279- qarorida Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning raqamlashtirilgan yangi tizimini joriy qilish, kuchli olimpiya zaxirasini yaratish orqali sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida, jahon chempionatlarida va boshqa yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida: Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, shuningdek, bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida qabul kvotalari erkaklar va ayollar uchun 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab teng ravishda belgilanadi. 2022/2023 o‘quv yilida ayollar ulushi 30 foiz, 2023/2024 o‘quv yilida — 40 foiz, 2024/2025 o‘quv yilida — 50 foizni tashkil qiladi. Talim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarining sifatini yaxshilash, bu bilan maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish, va ularning samaradorligini oshirish, sport turini rivojlantirish va ularni yo‘naltirish hamda maqsadli tayyorlash, ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlashni taqoza etadi.
Zamonaviy yengil atletika turlarining O‘zbekistonda rivojlanishi uchun shart shariotlar yaratish, ayniqsa ularni maqsadli tayyorlash bugungi kundagi vazifalardan sanaladi. O‘zbekistonlik sportchilarining xalqaro musobaqalardagi ishtirokini tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ularda o‘rtacha natija 60-70 metrni tashkil etsa xalqaro musobaqa natijalari 82-86 metrni tashkil etadi. Shulardan ko‘rinib turibdiki uloqtirish bo‘yicha natijalarning pastligi uloqtiruvchilarning maxsus kuch tayyorgarligining rivojlanishi ancha vaqtlardan buyon bir joyda qotib qolganligini ko‘rsatmoqda. O‘quv mashg‘ulot guruhi bosqon uloqtiruvchilarining maxsus kuch tayyorgarliklarini ko‘p yillik istiqbolli rejasi asosida bosqichma -bosqich boshqarish dasturini takomillashtirishni talab etmoqda. Bunda bosqon uloqtiruvchilarning nafaqat texnik taktik tayyorgarligi yaxshi bo‘lishi kerak, qolaversa maxsus jismoniy tayyorgarligiga xam takomillashgan bo‘lishi lozim. Shundagina bosqon uloqtiruvchilar yuqori sport natijalarini qayd etiladi. Bu esa sohada ham nazariy ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |