Savol va javoblar Olimpiadaning afzalliklari nimada?



Download 76,65 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi76,65 Kb.
#213737
Bog'liq
Savol va javoblar


Savol va javoblar

Olimpiadaning afzalliklari nimada?

O‘quvchilarning umumtaʼlim fanlariga qiziqishini oshirish, bilimini aniqlash, iqtidorli o‘quvchilarni saralash maqsadida fan olimpiadalari o‘tkazib kelinadi. O‘tgan o‘quv yillarida faqatgina asosiy fan olimpiadasi o‘tkazilgan bo‘lsa, joriy o‘quv yilida o‘tkaziladigan fan olimpiadalari soni ortdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4306-son qarori bilan joriy o‘quv yilidan boshlab fan olimpiadalari soni oshirildi hamda fan olimpiadalariga oid ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi

2019 yilda fan olimpiadalarining qanday yangi turlari tashkil qilindi?

- har yili qo‘shimcha respublika fan olimpiadalari tashkil etiladi;
- onlayn fan olimpiadalari tashkil etiladi;
- onlayn fan olimpiadalari tashkil etiladi.

2019 yildan boshlab yangi rag‘batlantirish tizimi qanday amalga oshiriladi?

- asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;
- xalqaro olimpiadalar g‘oliblarining o‘qituvchilari munosib ragʼbatlantiriladi;
- asosiy olimpiadaning respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;
- Хalqaro olimpiada g‘olibi keyingi faoliyatida o‘qituvchi sifatida ishlasa 150%, respublika olimpiadasi uchun 100% maoshga ustama beriladi;
- xalqaro olimpiadalarda o‘quvchisi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan taʼlim muassasasi rahbarlari rag‘batlantiriladi.
Аsosiy fan olimpiadasining 1-bosqichida g‘olib bo‘lolmasangiz joriy o‘quv yili uchun hammasi tugadi degani emas, siz o‘z bilimingizni onlayn fan olimpiadasida ham sinab ko‘rishingiz mumkin. Аgar onlayn fan olimpiadasida g‘olib bo‘lsangiz iqtidorli o‘quvchilar zaxirasiga kiritilasiz va asosiy fan olimpiadasining 3-bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritasiz.

O‘qituvchilar va ota-onalar bolaning fan olimpiadasida ishtirok etishga tayyorligini qanday bilish mumkin?

Ko‘pincha, maktab o‘qituvchilari ba‘zi dars jarayonlarida o‘quvchining qobiliyatini birinchi bo‘lib sezadilar. O‘quvchi materialni tezda o‘rgansa, topshiriqlarni osonginabajarsa, qiziqarli savollarni berayotgan bo‘lsa, undagi potentsialni aniqlash qiyin emas.
Ba‘zida tabiatan isteʼdodga ega bo‘lmagan o‘quvchi ham qat‘iyat va mehnatni bilan darslarni o‘zlashtiradi, unda qiziquvchanlik va o‘qish istagini ko‘rish mumkin. O‘qituvchi bunday bolalarga e‘tibor berishi va ulardagi yashirin potentsialni ko‘ra olishi lozim. O‘quvchilarga fan olimpiadalarida ishtirok etish qiyin jarayondek ko‘rinishi mumkin, lekin shuni unutmaslik kerakki bilim va iqtidorga ega o‘quvchi albatta fan olimpiadasi g‘olibi bo‘ladi.

Fan olimpiadalarida ishtirok etgan o‘quvchilarda nimalar shakllanadi?

Fan olimpiadalarida ishtirok etgan o‘quvchilarni g‘oliblikni qo‘lga kiritish yoki kiritmasligidan qat‘iy nazar:
- o‘quvchilar o‘zlari egallagan bilimlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lib, bunda olimpiyada o‘lchov vazifasini o‘taydi;
- olimpiyalarda tengdosh o‘quvchilar bir-birlari bilan fikr almashadilar va shu fanga qiziqadigan do‘stlar orttiradilar;
- olimpiyadada malakali mutaxassislar tomonidan tashkil etiladigan master-klass darslarida ishtirok etib, qiziqtirgan savollariga javob oladilar;
- o‘quvchilarda oʼzlariga ishonch ortadi hamda bilimga chanqoqligi ortadi;
- nostandart fikrlash ko‘nikmalari shakillanib, bu koʼnikma ularda kelgusida qaror qabul qilishlarida asqotadi;
- olimpiada o‘tkazilgan fan doirasida tajriba va bilim orttiradilar, o‘quvchilarda olimpiada madaniyati shakillanadi;
- fan bo‘yicha kam o‘zlashtirgan mavzularini aniqlaydilar va bu ularning o‘z ustida yanada ishlashga undaydi.

Fan olimpiadalari bo‘yicha rag‘batlantirish moliyaviy miqdori qanday?


Onlayn olimpiadalar axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha savollaringiz bormi?



Aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar va ustozlar, onlayn olimpiadalar axborot tizimida ro'yxatdan o'tish, onlayn olimpiadalarda ishtirok etish va natijalarga oid savollaringiz yuzasidan javoblarni quyidagi sahifadan olishingiz mumkin: http://bit.ly/olympiad-faq
Download 76,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish