Tekshirish uchun savollar
1. Payvandlash rejimi deganda nimani tushunasiz?
2. Payvandlashning kattiq va yumshoq rejimlari deb nimani aytiladi?
3. Nuqtali payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
4. Chokli payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
5. Qarshilik bilan uchma-uch payvandlash rejimiga qaysi parametrlar kiradi?
9-Amaliy mashg`ulot
Elektrodlarning tuzilishini o`rganish.
I. Ishdаn mаqsаd: Elektrodlarning tuzilishini o`rganish
II. Qisqаchа nаzаriy mа’lumоt: Elektrodlar (roliklar) bevosita detallarga payvandlash toki va siqish kuchini keltiradi. Shu bilan birga ular ikkilamchi kontur qismlari, mashinaning konstruksion kuch qismlari va almasha texnologik asbob bo‘lib ham hisoblanadi.
Elektrodlarning tuzilishi
Elektroddlar va roliklar uchta asosiy qism: ish qismi (1), o‘rta (2) va o‘tqazish qismi (3), shuningdek sovitish kanallari (4) dan iborat.
Elekrodning tuzilishi:
a – elektrodning; b – rolikning asosiy qismlari.
Ish qismi l1 uzunlikdagi va De diametrli sarflanadigan qism bo‘lib, uzoq muddat ishlatish jarayonidani qayta-qayta charxlash mumkin. Yangi elektrodlarda l1=(0,7–0,8)De bo‘ladi. Konussimon ish qismining burchagi α=30°.
Burchak kattalashsa, ish yuzasi tezroq ezilishi natijasida elektrodlarning chidamliligi pasayadi. Burchak kichiklashganda esa hatto kichik deformatsiyalarda ham de ning o‘lchamlari o‘zgarishi ortadi.
Ish qismida ish (teguvchi) yuzasi (IYU) bo‘lib, u detallar bilan bevosita mexanik va elektr kontakt bo‘lishini ta’minlaydi. IYU ning shakli va o‘lchamlari elektrodlarning muhim texnologik tavsifi hamda payvandlash rejimi parametri hisoblanadi. Bunday yuzaning shakli detalning payvandlash joyidagi shaklida mos bo‘lmog‘i kerak.
Elektrodlar I va roliklar II ning ish qismi shakllari:
a – IYU sferik bo‘lgan sferasimon; b – IYU tekis bo‘lgan sferasimon;
d – IYU tekis bo‘lgan silindirsimon; e – IYU radiusli bo‘lgan sferasimon; f – IYU silindrsimon bo‘lgan konussimon; g – IYU silindrasimon bo‘lgan to‘rtburchak.
List detallarni payvandlashda IYU ning boshlang‘ich shakli yassi (roliklarda silindrsimon) yoxud sferik (roliklarda radial) bo‘ladi. Birinchi holda ish yuzaning shakli Re, Rr bilan, ikkinchi holda esa diametr de yoki kenglik fr bilan tavsiflanadi.
Konussimon qilib charxlangan yassi shakli ish yuzasi deformatsiya qarshiligi σ*D yuqori bo‘lgan metallar (po‘latlar, issiqqa chidamli po‘latlar), massa ko‘chishga moyil bo‘lmagan metallar (po‘latlar, nikel, titan qotishmalari) uchun qo‘llaniladi.
Sferik shakldagi ish yuzasidan qizigan darzlar va bo‘shliqlar hosil qilishga moyil σ*D yuqori bo‘lgan metall (aluminiy, magniy va miss qotishmalari) uchun foydalaniladi.
10.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |