6-Amaliy mashg`ulot
Relyefli payvandlash mashinalari
I. Ishdаn mаqsаd: Relyefli payvandlash mashinalarini tuzilishini o`rganish.
II. Qisqаchа nаzаriy mа’lumоt: Relyefli payvandlash mashinalarida maxkamlab qo‘yiladigan katta kontakt plitalari, bikrroq korpus va kronshteynlar bor bo‘lib, polzun yo‘naltiruvchilarda ko‘ndalangiga eng qisqa siljiydi. Siqish mexanizmning kuchaytirilgan yuritmasining dinamik tavsiflari ham yaxshilangan. Mashinalarda ko‘pincha korpusning yon tomonlarida joylashtirilib, parallel ulangan ikkita payvandlash transformatori bo‘ladi. Bunday mashinalarda tokni asta-sekin oshirib borgan yoki uzib-uzib ulagan holda bir yo‘la bir nechta nuqtalar payvandlash imkoniyati bor.
Mashinaning payvandlash korpusi (4) bikr skoba ko‘rinishida ishlangan (2.8.2-rasm). Uning pastki qismiga maxkamlangan konsol (1) ga plita joylashtiriladi. Korpusning yon tomonlariga o‘rnatilgan ikkita payvandlash transformatori (5) mashinaning payvandlash konturiga parallel ulangan. Mashinaning siqish yuritmasi (3) pnevmatik bo‘lib, unda dumalash podshipniklarida o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi kurilma (2) bor. Yo‘naltiruvchi qurilmaning polzuni pnevmoyuritma shtokiga tarelkali prujinalar bloki orqali biriktirilgan. Bularning bari yuritmaning dinamik tavsifini yaxshilaydi.
Relyefli payvandlash mashinasi.
6.1 -jadval
Relyefli payvandlash uchun bir fazali mashinalarning texnik tavsifi
Paramtrlari
|
МР–2518
|
МР–4018
|
МР–6303
|
МР–10002
|
Nominal tok kuchi, кА:
payvandlash toki
uzoq muddatli ikkilamchi tok
|
25
11,2
|
40
18
|
63
28
|
100
45
|
O‘rnatilgan quvvat, кVА
|
160
|
368
|
600
|
1300
|
Ikkilamchi kuchlanishini rostlash chegaralari, V
|
2,6–
5,2
|
5,5–
11,2
|
2,3–
9,1
|
3,25–
13
|
Transformatsiya koeffitsientini rostlash bosqichlari soni
|
6
|
8
|
16
|
16
|
Elektrodlar (plitalar) oralig‘i, mm:
Eng kichik
Eng katta
|
120
330
|
120
330
|
50
450
|
50
450
|
Ustki plitaning vertikal yurishi (ish yurishi + qo‘shimcha yurish), mm
|
100
|
120
|
200
|
200
|
Pastki plitaning o‘rnatilgan siljishi, mm
|
–
|
–
|
200
|
200
|
Siqish kuchi, N
|
15680
|
23500
|
41400
|
78500
|
Yurish quidagicha bo‘lganda unumdorligi, minutiga yurish, mm:
10
20
|
150
–
|
–
70
|
–
60
|
–
60
|
Qalinlik quyidagicha bo‘lganda kam uglerodli po‘latlardan tayyorlangan detallarda bir yo‘la payvandlanadigan relyeflar soni, mm:
0,3 + 0,5
1 + 1
2 + 2
4 + 4
|
5
3
2
1
|
8
5
3
2
|
–
5
5
4
|
–
12
8
6
|
Gabarit o‘lchamlari, mm:
Balandligi
Eni
Uzunligi
|
2300
550
1650
|
2370
590
1600
|
3300
1030
1550
|
3650
1030
1550
|
Og‘irligi, kg
|
615
|
1420
|
3000
|
3000
|
7-Amaliy mashg`ulot
Uchma-uch kontaktli payvandlash mashinalari.
I. Ishdаn mаqsаd: Uchma-uch kontaktli payvandlash mashinalari tuzilishini o`rganish.
II. Qisqаchа nаzаriy mа’lumоt: Uchma-uch payvandlash mashinasi quyidagi asosiy uzel va apparatlardan tashkil topadi (15.4-rasm): stanina (8), qo‘zgalmas (11) va harakatlanuvchi (4) plitalar (7), harakatlanuvchi plita suriladigan yo‘naltiruvchilar (6), uzatish yuritmasi (5), qisuvchi (1), (2) hamda tirak qurilmalar. Stanina ichiga bosqichlarni almashlab ulagichi bulgan payvandlash transformatori (9) o‘rnatilagn. Transformator ikkilamchi kontur (10) vositasida mashina jag‘lari (3) bilan bog‘langan. Bu jag‘lar mashinaning plitalari va qisuvchi kurilmalarga o‘rnatilgan. Mashina korpusi ichiga payvandlash transformatorini ulash va mashina ishini boshkarish uchun apparatlar (7) joylangan.
Uchma-uch payvandlash mashinalari ushbu guruxlarga ajratish mumkin:
1) MC–3, MC–301, MC–5001, MCC–1601, MCC–2501 – asosan, po‘latlar va rangli metallardan ishlangan har xil diametrli sillarni qarshilik bilan payvandlash uchun kichik quvvatli avtomat mashinalar;
2) MCP–25, MCP–50, MCP–75, MCP–100, MC–801, MC–1202, MC–1602, MCO–0802 – uzluksiz eritib, qizdirgan holda eritib va qarshilik bilan payvandlash uchun richagli uzatish mexanizmi bo‘lgan o‘rtacha quvvatli avtomat mashinalari;
Uchma-uch payvandlash mashinasi.
8.1 - jadval
Uchma-uch payvandlash mashinalarning texnik tavsifi
Paramtrlari
|
Qarshilik bilan payvandlash uchun
|
Eritib payvandlash uchun
|
МС–403
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |