3.5 – rasm. Nosoz bo’lgan nasoslarning indikator diagrammalari
Tortuvchi klapandagi zichsizligi, 1-2 chiziqni burchak ostida bo’lishiga sababchi bo’ladi (v). bosimli klapanning zichsizligi, uzatishdan bir-oz oldin bosimni oshishiga keltiradi (g).
Ruxsat etilgan balandlikdan oshishi, silindrda suyuqlik oqiminig uzluksizligini buzilishiga keltiradi va uzatishdan oldin zarbalar hosil bo’lishiga sababchi bo’ladi (diagrammani d shakli).
Amaliy ahamiyatga ega bo’lganligi tufayli, indikator diagrammasi, faqatgina sinash davrida emas, balki nasosni ishlatilishida ham olinadi.
Nazorat savollari:
Markazdan qochma nasosning qaysi elementlari asosiy hisoblanadi?
Qaysi materiallardan nasoslar tayyorlanadi?
Nasos korpusi necha xil bo’lishi mumkin?
Seksiyali korpusning kamchiligi nimada?
Tezkorlik koeffisientining mohiyati nimada?
Nasos va yuritkichlarni tanlashda nimalarga e’tibor qaratiladi?
Mavzu-4. Rotorli nasoslar
4.1. Rotorli nasoslar.
4.2. Rotorli nasoslar hisobi.
Tayanch iboralar: rotorli nasoslar, tishli (shesternyali) nasoslar, plastiiali nasos, vintli nasos,
ROTORLI NASOSLAR.
Ishlab chiqarishda suyuqliklarni uzatish uchun markazdan qochma va porshenli nasoslardan tashqari maxsus nasoslar ishlatiladi. Maxsus nasoslar qovushqoqligi yuqori bo’lgan, juda ifloslangan, chuqur quduqlardagi suyuqliklarni uzatish uchun qo’llaniladi. Maxsus nasoslar sifatida rotorli (plastinali, tishli, vintli), uyurmali, oqimli, erliftlar ishlatiladi.
Qovushqoqligi yuqori bo’lgan, ifloslangan, uzatilishi qiyin bo’lgan suyuqlikni uzatish uchun rotorli nasoslardan foydalaniladi. Rotorli nasoslar porshenli nasoslardan klapan va qalpoqchalarning yo’qligi bilan farqlanadi.
Rotorli nasoslar tishli, plastinkali va vintli turlarga bo’linadi. Bularning hammasi hajmiy nasoslardir.
Tishli (shesternyali) nasoslar. Sanoatda ko’pincha tishli nasoslar ishlatiladi. Nasos qobig’ida o’zaro ulangan holatdagi uzluksiz aylanib turuvchi shesternyalar jufti joylashgan (7.1-rasm). Shesternyalar aylanganida bir shesternyaning har qaysi tishi ilashgan holatdan chiqib, ikkinchi shesternyaning chuqurchasidagi tegishli hajmni bo’shatadi. Yig’gich rezervuaridagi atmosfera bosimi ta’sirida suyuqlik bo’shagan hajmga so’riladi. Shesternyalarning keyingi aylanishida tishlar orasidagi suyuqlik tishlar bilan birgalikda so’rish sohasidan haydash sohasiga o’tadi.
Shesternyalarning tishlari yana qaytadan ilashgan paytda ikkala shesternyaning tishlari orasidagi chuqurchalarni to’ldirgan suyuqlik siqib chiqariladi va haydash quvuriga o’tadi.
4.1-rasm. Tishli (shesternyali) nasos
1,2-tishli g’ildiraklar; 3-nasos tanasi; 4,5-so’rish va haydash quvurlari
Shesternyali nasoslar katta aylanishlar chastotasida (3000 ayl/min gacha) ishlay oladi, shuning uchun ularni tez aylanadigan yuritkichning valiga bevosita ulash mumkin. Ular tuzilishining soddaligi, ishonchli ishlashi, o’lchamlarining kichikligi va arzonligi bilan boshqa nasoslardan ajralib turadi. Shuning uchun shesternyali nasoslar amalda keng ishlatiladi.
Plastiiali nasos (4.2-rasm). Bu nasoslarning ham ishlash prinsipi porshenli nasoslar kabi ish bo’shlig’i hajmining kamayishiga asoslangan. Bu nasos katta silindrdan iborat bo’lib, uning kengligi bo’yicha ekssentrik ravishda rotor joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |