Ishlarni baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va to‘g‘rilovchi harakatlarni amalga oshirish. Boshqaruv strategiyasining yuqorida ko‘rib o‘tilgan to‘rt vazifasini birdaniga va doimiyga hal etib bo‘lmaydi. Uzoq muddatli maqsadlar o‘zgartirishni taqozo etishi mumkin: ular oshirilishi yoki pasaytirilishi ehtimoldan holi emas, bu to‘plangan tajriba va kelajakdagi istiqbol bilan bog‘liq. Tashkilot strategiyasini amalga oshirish yo‘llarini qabul qilish tahlil etiladi va yangi, yanada samaraliroq yo‘llarni izlash amalga oshiriladi.
Tashkilot vazifasi, maqsadi va strategiyasi, shuningdek strategiyani amalga oshirishga yondashishlik hech qachon tugal bo‘lmaydi. Ishlarni baholash va to‘g‘rilash harakatlarini amalga oshirish meyoriy hol hisoblanadi va strategik boshqaruv jarayonining o‘zluksiz davom etadigan zarur unsurlari bo‘lib qoladi.
Sanab o‘tilgan 5 strategik vazifa rahbarning boshqa lavozim majburiyatlari (kundalik ishni nazorat qilish, tang vaziyatlarni xal etish, yig‘ilishlar o‘tkazish, hisobotlar tuzish, insonlarga oid muammoni hal qilish, maxsus topshiriklar jamoatchilik majburiyatlarini bajarish va h.k.)lardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi. Keyingilar butoqlar bo‘lib tana - strategik boshqaruv vazifasi atrofida joylashadi.
Yuqorida berilganlardan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni boshqaruv strategiyasi 5 o‘zaro bog‘liq vazifani bajarishga asoslanadi: strategik ko‘ra bilish va tashkilot vazifasini shakllantirish; maqsadlarni belgilash; maqsadlarga erishish strategiyasini ishlab chiqish; strategiyani joriy etish va amalga oshirish; ishlarni baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va to‘g‘rilovchi harakatlarni amalga oshirish. Bu vazifalar bir yo‘la va abadiy hal bo‘lgan harakatlar o‘tkazish zarurati yuzaga chiqadi.
ADABIYOTLAR
O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida” gi Qonuni Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (“Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”) Toshkent. 1997 y.
Mirziyoyev, Shavkat Miromonovich. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Фармони. // Ҳаракатлар стратегияси асосида жадал тараққиёт ва янгиланиш сари. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017. – Б.70-71.
Hashimov K., Pedagogika tarixi / Dаrslik. – Tоshkеnt: “Istiqlol” nаshriyoti, 2005.
Mаvlоnоvа R., To’rаеvа О, Hоliqbеrdiеv K. Pеdаgоgikа / Kаsb-hunаr kоllеjlаri uchun dаrslik. Ikkinchi nаshr. – Tоshkеnt: O’qituvchi, 2001.
Pеdаgogikа (Pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. J.Hasanboev , O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Noshir, 2011.- 456 b.
Аxmеdоvа M.E., Niyozоv G. “Pеdаgоgikа tаrixidаn sеminаr mаshg’ulоtlаri” o’quv qo’llаnmа T:2011, Nоshir nаshriyoti 157 b.
A.Sohibov. Milliy pedagogika taraqqiyoti tarixi. O’q’uv q’o’llanma. Toshkent. “Abdulla Q’odiriy nomidagi xalq’ merosi nashriyoti”. 2004 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |