Boshqaruvning nazariy asoslari



Download 38,49 Kb.
bet4/12
Sana29.01.2022
Hajmi38,49 Kb.
#415598
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI

Menejer modeli.
Rahbar - menedjer, u odamlar bilan ishlaydi, ularning kasbiy yutuqlari va xavfsizligi uchun javob beradi, vazifalarni bajarish uchun ular kuch-g‘ayratini uyushtiradi va uyg‘unlashtirishni amalga oshiradi.
Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Shunga muvofiq tarzda boshqarishning ham uchta asosiy yo‘nalishi mavjuddir. Eng asosiysi, iqtisodiy boshqaruvdir. Chunki, iqtisod – moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda iqtisodni boshqarishga jiddiy e’tibor berilayotgani bejiz emas. Milliy tiklanish iqtisodni qayta qurishdan boshlanadi. Iqtisodiy jihatdan O‘zbekistonning rivojlangan mamalakatlarga yetib olishi iqtisodiy boshqaruvni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ijtimoiy-siyosiy boshqaruv kishilarning turli jamoalari (ijtimoiy guruhlar, millatlar, jamoalar va b.) o‘rtasidagi munosabatalarni boshqarishdir. Boshqaruvni bu turining asosiy mohiyati - turli guruhlar ittifoqini yanada mustahkamlash va taraqqiy ettirishdan iborat.
Mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishida boshqarish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, barcha ishimizning va rejalarimiz taqdiri ko‘p jihatdan jamoa munosabatlarining takomillashuv darajasiga, “ijtimoiy mikroiqlim”ning sog‘lom bo‘lishiga bog‘liqdir. Shu jihatdan bu turdagi boshqaruvdan ko‘zlangan maqsad davlat boshqaruvini takomillashtirib, ijtimoiy o‘z-o‘zini idora qilishga aylantirishdir.
Jamiyatni va ayrim a’zolar ma’naviy rivojlanishini boshqaruv – boshqarishning yana bir asosiy turidir. Ilmiy texnika rivojlanish asrida ma’naviy ishlab chiqarish sohasini boshqarish g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu shakldagi boshqarish, o‘quv muassasalari, xalq ta’lim organlari, fan, adabiyot, san’at, madaniyat sog‘liqni saqlash kabi sohalarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Boshqaruv inson miyasiga taqqoslanadi, bunda shaxsning yaratuvchilik imkoniyatlari mujassamlangan, undan uning ijodiy qobiliyati namoyon etilishiga ko‘rsatma beriladi. Insoniyat tomonidan fan-texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvafaqqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra boshqaruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Bunday ilmiy yondashish ehtiyojini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
- Birinchidan, boshqaruvning nodir xususiyati : biror yo‘qdan muayyan nimanidir qilish, tarqoq unsurlardan tizim tuzish.
- Ikkinchidan, rahbar tasarrufida bo‘lgan yoki u javobgar hisoblangan qadriyatlar ko‘lamining jadal oshishi.
- Uchinchidan, insonlar kuch-g‘ayratiga asoslangan boshqaruvning yaratuvchilik samarasi rahbariyatdan har tomonlama ma’lumotlilik, o‘z kasbini ustasi bo‘lishlik va tizimli yondashishni talab qiladi.
Boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatga ega.
Ma’muriy rahbarlar boshqaruv bo‘yicha kuch-g‘ayratining uchdan ikki qismini o‘z xodimlari orqali amalga oshiradi, ya’ni ularning qadr-qimmati maqsadni ko‘zlash, xodimlarni ishga jalb eta bilish, jamoadagi o‘zaro munosabatni belgilay bilish iqtidori bilan o‘lchanadi.
Boshqaruv, bu hamisha hukmronlik, insonlar ustidan amr etishlik imkoni, lekin, hokimlik oqilona bo‘lishi lozim. Yuqori malakali rahbarlarning mavjudligi jamoa ishi samaradorligining hal qiluvchi shartidir. Har qanday tashkilotning meyorda faoliyat ko‘rsatishi boshqaruv tizimidagi hokimiyatni to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Har bir rahbarning hokimlik imkoniyati uning lavozim vakolatiga ko‘ra belgilanadi, bu ular xizmat vazifasini bajarish uchun zarur. Oldindan ko‘ra bilish, rejalashtirish, uyg‘unlashtirish, nazorat qilish, rag‘batlantirish, o‘qitish, ijtimoiy aqlni tuzish rahbarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Eng yuqori hokimlik imkoniyatiga “birinchi shaxslar” – tuzilmaga boshchilik qiluvchilar (OTM rektori, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni direktorlari va b.lar) egadir. Ular tashkilot hayotiy faoliyati istiqbol dasturini belgilab beradi, kadrlar siyosatini amalga oshiradi. Ancha quyi darajadagi rahbar (“ikkinchi” va “uchinchi” darajali shaxs)lar birinchi shaxslar ularga bergan vakolat doirasida ish yuritadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish omillari deganda - boshqaruv mehnatining maxsus turlarini, boshqariluvchi obyektlarga ta’sir ko‘rsatishning yo‘nalishlarini tushunmoq kerak. Rejalashtirish, tashkil qilish, sozlash (koordinatsiya qilish), nazorat qilish, hisob-kitob qilish boshqaruv omillari hisoblanadi .
Rejalashtirish - boshqariluvchi obyektlarni rivojlantirish va modellashtirishni, prognoz qilishni o‘z ichiga oladi. Tashkil qilish esa ishlab chiqarish obyektining tuzilishini va boshqaruv tuzilishini tanlab olish hamda shakllantirishdir. Tizimning elementlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro harakatini belgilashdir. Sozlash – tizimnnig turli elementlari o‘rtasida reja-topshiriqlardan chetga chiqib ketishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgandir. Bundan tashqari, har bir xodimning faoliyatini sozlab borishni ham anglatadi. Nazorat qilish – ishlab chiqarishnnig amaldagi jarayonini va taraqqiyotini rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan, shuningdek, har bir xodim faoliyatini tekshirishdan iboratdir. Hisob-kitob qilish esa rejani qanday bajarilayotganligiga yakun yasashdir. Hisobga olish axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi. Shuningdek, u mazkur tizimning keyingi davrga mo‘ljallangan ish dasturini ishlab chiqish uchun axborot bazasidan to‘liq foydalanishga imkon beradi.
Boshqaruv tizimidagi tartibga tushirilgan maqomlar istalgan tuzilmaning meyorida faoliyat ko‘rsatishning muhim sharti hisoblanadi.
Boshqaruvning asosiy tamoyillari quyidagicha:

    • vakolatlilik – lozim vakolatini malakali bajarish uchun zarur bilim, tajriba va o‘quvga ega bo‘lish;

    • insonparvarlik – xizmat xulqidagi insonni sevish va ezgu ahloqiy xislat, odamlardagi eng yaxshi shaxsiy ishga qobillik sifatlarini ochishga intilish;

    • innovatsiyaviylik - yangilikni izlash, unga intilish ishtiyoqi, asosli tavakkal qila bilish qobiliyati;

    • pragmatika – natijalarga ko‘ra ishlash, ish vaqtidan samarali foydalanish, faol investitsiya faoliyati;

    • ortobiotiklik - o‘z hayotini qadrlay bilishni anglash, kelajakka bo‘lgan barqaror ishonch, atrof muhitga g‘amhurlik bilan munosabatda bo‘lish.

Ma’muriy rahbar (“birinchi shaxs”) muvaffaqiyati ko‘p jihatdan u o‘z hokimiyatini boshqa rahbarlar bilan qanchalik bo‘lisha olishligiga va o‘ziga bo‘ysunuvchilarning ishbilarmonliklaridan qanchalik keng foydalana bilishiga bog‘liq. Shunga bog‘liq ravishda ma’muriy rahbar xatti-harakatining uch uslubini shartli ravishda farqlash mumkin:

  • avtoritar : rahbar – bajaruvchi;

  • byurokratik: boshqaruv “nomenklatura g‘ildiragi” – bajaruvchi;

  • demokratik: rahbar – boshqaruv “ijtmoiy g‘ildiragi” – bajaruvchi;

Boshqaruv faoliyati nazariyasi va amaliyoti menejer modelini yuzaga keltirdi. Mazkur modelga muvofiq u shudli shaxs bo‘lishi kerak. U istarasi issiqlik, ochiq ko‘ngillilik, oqillik va irodalilik kabi tizim tashkil etuvchi biologik sifatlarga ega bo‘lishi lozim. Menejer jismonan barkamol bo‘lishi kerak : sog‘lom tanda – sog‘lom aql deb bejiz aytilmagan. Ochiq ko‘ngillilikni menejer achinish va hamdardlik qilish kabi xislatlarda namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak. Menejer fikrlaydigan o‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va idroklay olishi lozim. Menejerda albatta mustahkam iroda bo‘lishi shart, chunki boshqaruv, bu hamisha hokimiyatdir. Menejerning madaniyatlilik darajasi - inson tafakkuri va badiiy ijodiyoti eng yaxshi natijalari darajasida bo‘lishlik xususidagi doimiy ehtiyoj, bu uning etika, estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bo‘yicha bilimlari. Boshqaruv faoliyatiga antropologik yondashish menejerni keng kulturologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarurligiga olib keladi.
Antropologik bilimlar menejerga o‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar bilan muloqotda bo‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini namoyon eta bilish va eng yaxshi kasbiy natijalarga erishish uchun zarurdir. Bular ayniqsa ta’lim, servis, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarida katta ahamiyat kasb etadi.
Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida va biznes bilan bog‘liq barcha biznes-maktablarda ixtisoslashtirilgan insonshunoslik fanlari o‘qitiladi: sanoat psixologiyasi, ishlab chiqarish sotsiologiyasi, tadbirkorlik odobi, ishbilarmonlik iqtidori va b. Ko‘pchilik universitetlarda shoirlar, rassomlar, madaniyat arboblarining ma’ruzalari rejalashtirilgan. Rahbarlarni insonshunoslik bo‘yicha tayyorlashda Yevropa Ma’muriy boshqaruv instituti (Fransiya)da, Boshqaruv xalqaro instituti (Shveytsariya) va Barselona oliy boshqaruv ta’lim institutida qiziqarli tajriba to‘plangan. Rahbarlar tayyorlash bo‘yicha Tokiodagi markaz jahonga ma’lum.
Menejerning insonshunoslik ma’lumoti, bu antropologik bilimlar tizimi bo‘lib, uning mentaliteti faoliyatinnig so‘zlar yordamida obraz yaratish negizi hisoblanadi. Quyidagilar mana shu negizga taaluqli : boshqaruv psixologiyasi, boshqaruv pedagogikasi, boshqaruv odobi, boshqaruv sotsiologiyasi, boshqaruv ritorikasi, boshqaruv ortobiotikasi, boshqaruv imijshunosligi.
Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu - o‘quvlar majmui, shu tufayli antropologik bo‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati)da amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyasidan to‘g‘ri foydalana bilishlik rahbarga faoliyatini yaxshi olib borishini kafolatlaydi.

Download 38,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish