Elektron raqamli imzo (ERI) tushunchasi. Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” gi 2003 yil 11dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo Elektron raqamli imzo – xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot – kommunikatsiyatizimlari orqali uzatilayotgan xujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
ERIdan nafaqat hujjatning haqiqiyligini tasdiqlash maqsadida foydalaniladi, balki u bizga yuborilayotgan hujjatning to‘laligining nazoratini amalga oshirishni ta’minlaydi.
hujjatdagi biror bir ma’lumot bilib – bilmasdan yo‘qotilgan bo‘lsa, hujjat haqiqiy emas deb belgilanadi.
hujjatni o‘zgartirishlar kiritishdan va noqonuniyligidan himoyalaydi.
O‘zi qo‘ygan qo‘lning haqiqiyligidan bosh tortishning mumkin emasligi: chunki bunday qo‘lni faqat yopiq kalit egasigina amalga oshirishi mumkin.Hujjatga egaliq huquqini tasdiqlaydi: chunki u yopiq kalitga ega.
Elektron imzo tuzishning bir necha usuli mavjud bo‘lib, ular
Simmetrik shifrlash asosida;
Asimmetrik shifrlash asosida tuziladi.
Bulardan tashqari elektron imzoning boshqa turlari (guruh imzosi, ishonchli imzo va h.k.) ham mavjud bo‘lib, ular ERI yordamida yechiladigan masalalar xilma-xilligidan kelib chiqqan hisoblanadi.
Amaliyotda ma’lumki, ba’zi paytlarda hujjatlar katta hajmga ega bo‘ladi. Bunday hollarda imzo va muhr hujjatning har bir betiga qo‘yilmasdan, balki uning xeshiga qo‘yiladi. Xesh – bu hujjatning qisqartirilgan ko‘rinishini ifodalovchi shaklidir. Xeshni tekshirish uchun esa kriptografik xesh – funktsiyadan foydalaniladi. Shuni inobatga olish kerakki, ERIda xesh – funktsiyadan foydalanish majburiy emas.
Elektron raqamli imzo tuzishning simmetrik chizmasi asimmetrik chizmaga qaraganda kam ishlatiladi, chunki simmetrik shifrlarga asoslangan imzoning samarali algoritmini hayotga tadbiq etisholmadi. Raqamli imzoning asimmetrik chizmasi esa xisob-kitobi murakkab masalalarga mo‘ljallangan xisoblanadi.
ERIning asimmetrik chizmasi ochiq kalitli kriptotizimlarga tegishli hisoblanadi. Bunda imzolash yopiq kalit yordamida, tekshirish esa ochiq kalit yordamida amalga oshiriladi (14.2 – rasm).