Tashkiliy-boshqaruv strukturasi haqida tushuncha va uning
turlari
6
1.2
1.3
Boshqaruv faoliyatida tashkiliy tuzilmalarning afzalliklari hamda kamchiliklari
Tashkiliy tuzilmalarni loyixalashtirishning o’ziga xos xususiyatlari
1- bob bo’yicha xulosa
12
20
2-BOB.
KORXONABOSHQARUVSTRUKTURASIVA UNIBOSHQARISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATI
TAHLILI
28
2.1
“Auto Plast Parts” qo’shma korxonasining tashkiliy-tarkibiy tuzilishi va uning faoliyatida boshqarishning holati tahlili
TIDA KORXONALAR BOSHQARUV STRUKTURANI TAKOMILLASHTIRISH 45
Tashkiliy tuzilmani tashkilot strategiyasiga moslashtirishning zamonaviy usullari 45
Tashkiliy tuzilmalarni tashkilotga moslashtirish faoliyati istiqbollari 52
Xalqaro bozorlarda ishtirok etadigan korxonalarni tashkiliy jihatlari 57
3- bob bo’yicha xulosa 66
XULOSA VA TAKLIFLAR 68 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 71 ILOVALAR 73 KIRISH Bitiruvmalakaviyishimavzusiningdolzarbligi. Har bir korxonaning tashkiliy tuzilmasi o’ziga xosdir, u oldingi tashkiliy tuzilmalarni inobatga olib, rahbarlar topshiriqlarni taqsimlashni oldingi siyosatini va ichki muhitini aks ettiradi. Bundan tashqari har bir strategiya alohida omillarga va faoliyatga asoslanadi. Shu sababli tashkiliy tuzilmaga individual yondashuv maqsadga muvofiq.
Kompaniya menejerlari tashkiliy tuzilmaning asosiy elementlari bilan shtab funktsiyalarini bir-biriga muvofiqlashtirish to’g’risida qaror qabul qilish jarayonida tovar qiymatini yaratadigan asosiy va yordamchi funktsiyalarning strategik bog’liqliklarini inobatga olishlari zarur. Boshqaruv funktsiyalarining turlarini operatsiyalar ketma-ketligini inobatga olib, muvofiqlashtirish mumkin ya’ni: xizmat ko’rsatiladigan iste’molchilar toifalarini, tovar sotish kanallarini, texnik ko’nikmalarni va bilimlarni va boshqa shu kabilarni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda bugungi kunda “…yangi boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan qat’iy choralar ko’rishimiz zarur1.
Shuningdek, “Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o’tgan taraqqiyot yo’lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori konyukturasi keskin o’zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgan davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ruyobga chiqarishni taqozo etmoqda”2.
Bu bevosita korxonalar boshqaruv strukturasi va ular faoliyatini zamon talabiga mos ravishda takomillashtirish bo’yicha tadqiqotlar olib borish zaruriyatini tug’diradi.
1 Sh.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. “O’zbekiston” NMIU nashriyoti, 2017 y. 42 bet.
2 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o’rganish bo’yicha ilmiy-uslubiy risola[matn] o’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim vazirligi, TDIU.-T.: “Ma’naviyat” nashriyoti, 2017-53 bet.
Korxona va tashkilotlar hamda boshqa muassasalarda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish samadorligini ta’minlash, ularning boshqaruv jarayonining samarasini ta’minlovchi samarali tashkiliy tuzilmani tanlash va shakllantirish nuqtai nazaridan kelib chiqib, bitiruv malakaviy ishda to’g’ri tashkil etilgan boshqaruv strukturasida boshqarish masalalarini tadqiq etish, uni rivojlanishi bilan bog’liq shart-sharoitlarni o’rganish o’ta muhim bo’lib ushbu ishning dolzarbligidan dalolat beradi.