1-bob bo’yicha xulosa
Menejmentning tarkibiy tuzilishi deganda, boshqaruv bo’g’inlari va bosqichlari miqdori va tarkibi tushuniladi. Menejment tashkiliy tuzilishining oddiy va tushunarli bo’lishi uning ish qobiliyati yuqori bo’lishini kafolatlaydi, ya'ni boshqaruv tashkiliy tuzilmasida bosqich va bo’g’inlar qancha kam bo’lsa, boshqaruv shunchalik samarali bo’ladi.
Boshqaruv bo’g’inlari - bu bitta yoki bir-qancha vazifalarni bajaruvch mustaqil tarkibiy unsurlardir. Tuzilma elementlari, ularning bo’linmalari va boshqaruv apparatida ishlovchilardir.
Tashkilotda odatda bir xil soxadagi mutaxassislar mutaxassisligi bir bo‘lgan bo‘linmalarga (bo‘limlarga) birlashtiriladi, masalan marketing bo‘limi, rejalashtirish bo‘limi, buhgalteriya va sh.k. shunday qilib, tashkilotni boshqarishning umumiy masalalari o‘rta zvenodan boshlab funktsional mezon bo‘yicha bo‘linadi. Shuning uchun boshqaruvning funktsional tuzilmasi degan nom kelib chiqqan. Funktsional boshqaruv chiziqli boshqaruv bilan yonma-yon bo‘lib ish bajaruvchilar uchun ikki tomonlama bo‘ysunishga olib keladi.
Boshqaruvning tashkiliy strukturalarini tashkil qilish ishlab chiqarishni tashkil qilish va tipiga eng yaxshi mos keluvchi boshqaruv apparatini yaratishdan va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning har bir zvenosining ishlab chiqarish- texnik, xo’jalik ijtimoiy va moliyaviy faoliyatini boshqarish bo'yicha hamma funksiyalarni bajarilishining zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu muammolarning yechimi boshqaruvni isloh qilish boshqaruv ishlari va funksiyalarini ratsional taqsimlash boshqaruvning aniq maqsad va vazifalarini belgilash bo’yicha bir qator tadbirlarni o’tkazish orqali amalga oshiriladi.
Buyruqbozlik, bo‘lar-bo‘lmasga buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalar chiqara berish ishga naf keltirmaydi. Boshqarish sifati buyruqlarning ko‘pligi bilan belgilanmaydi. Yaxshi tashkil etgan boshqaruv jarayonlari o‘rtatilgan tartib va ana’nalar tufayli normal beriladi.
Maqsad boshqaruv nazariyasining asosiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Boshqaruv maqsadlarini shakllantirish boshqaruvning boshlang’ich, unga erishish esa yakuniy bosqich hisoblanadi. Boshqarish maqsadi boshqaruv ob'ekti va uning aloxida parametrlarining istalgan holatidir. Aniq bir korxona uchun boshqaruv maqsadi aniq bir mahsulot turini eng kam resurslar xarajatini sarflagan holda kerakli miqdorda va yuqori sifatda chiqarishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |