Boshqaruv samaradorligi ta’lim muassasalarida va tashkilotlarda hayojanlanish va nizolarni boshqarish


Pedagogik boshqaruv uslublarining mazmuni, mohiyati va tuzilishi



Download 47,52 Kb.
bet6/10
Sana29.12.2021
Hajmi47,52 Kb.
#79588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Boshqaruv nazariyasi kurs ishi 2

Pedagogik boshqaruv uslublarining mazmuni, mohiyati va tuzilishi

Boshqarish ijtimoiy-gumanitar fanlarning muhim muammolaridan hisoblanadi. Uning nazariy asoslarini hamda ijtimoiy munosabatlar tizimidagi ahamiyati va o‘rnini aniqlash, ijtimoiy muammolarni yechishdagi yo‘naltiruvchilik imkoniyatini belgilash mustaqillik sharoitida juda dolzarb masala hisoblanadi. Chunki mamlakatimiz bozor munosabatlari hamda u bilan bog‘liq ko‘p mulkchilik sharoitida rivojlanishi boshqarish oldiga yangi muammolarni qo‘ymoqda. Bunday sharoitda boshqarishning ilmiy asoslangan yo‘naltiruvchi ta‘siri ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning o‘ziga xos rivojlanish asosi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa ijtimoiy hayotning hamma sohalarini erkinlashtirish va liberalashtirish boshqarishni ahamiyatini pasaytirmaydi, balki o‘ziga xos mexanizmlarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Boshqarish ijtimoiy hodisa sifatida murakkab jarayondir. Shuning uchun unga har tomonlama yaxlit, tizimli yondashish lozim.

Bunda tadqiqotning mantiqiy-gnoseologik, tarixiy va sotsiologik (ijtimoiy) tomonlarini yaxlitlikda qarash muhimdir. Shu asosda uning amal qilish mexanizmlarini ochish, moddiy va ma‘naviy, ob‘ekt va sub‘ekt munosabatlari tarzida tahlil qilish imkoniyati ochiladi.

Boshqarishga gnoseologik jihatdan yondashish uni inson bilimlarining tarixiy taraqqiyotining bosqichi, bilishning qonunlari tarzida hamda ijtimoiy tajribaning ma‘lum shakli ekanligini anglab, boshqariladigan ob‘ektni o‘zgartirish, uni taraqqiyoti uchun sharoit yaratishni ifodalaydi. Shu bilan birga bunday yondashuv boshqarishni hozirgi zamon fanining dolzab muammosi sifatida fanlar tizimida o‘rnivazifalari, shakl va metodlari, tuzilishini, prinsiplarini, tarixiy burilish davrlarida metodologiyasini o‘zgarishiga olib keladi.

Tarixiylik boshqarishni vujudga kelishi, shakllanishi bosqichlari va rivojlanishini tarixiy jarayon sifatida qarash asosida uning tarixiy tiplarini hozirgi holati bilan solishtirb takomillashtirishni ta‘minlaydi. Masalan. Hozirgi vaqtda boshqarishning Kibernetik avtomatlashtirilgan tizimi mantiqiy-matematik, modellashtirish, modem, elektron-pochta, aloqa vositalari, axborot vositalari, internet va kompyuterlardan keng foydalanish kabi shakllari mavjud. Ma‘lum ma‘noda bulardan imkoniyat doirasida ta‘lim tizimini boshqarishda foydalanilmoqda.

Boshqarishning sotsiologik asnoda qarash uning o‘rni va ahamiyatini ma‘lum ijtimoiy tizimda tahlil qilish, amal qiluvchi mexanizmlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar dialektikasini ochish asosida optimal boshqarish usul va vositalari, metodlarining oshish imkoniyatini beradi. Shu asosda boshqarishning ta‘sirchanligini oshirish, uning ilmiy asoslangan shakllaridan o‘z-o‘zini boshqarish, tartibga solishning ob‘ektiv asoslarini o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun zamin hozirlaydi. Bu esa o‘z navbatida boshqariladigan ob‘ektga ilmiy asoslangan ta‘sir etib, rivojlanish imkoniyatlaridan kengrok foydalanishga asos bo‘ladi. Shu bilan birga boshqarishga sotsiologik yondashish uni ijtimoiy hodisa, inson faoliyatining ma‘lum shakllaridan biri va ayni vaqtda ijtimoiy munosabatlarning ham o‘ziga xos (boshqarishida) shakli sifatida qarashni taqozo qiladi.

Boshqarish oqibatida ma‘lum tizim o‘z yaxlitligini saqlab qolmasdan balki faoliyatini takomillashtiradi. Bundan boshqarish xususiyati tizimning tabiati bilan hamda uning mavjudligi va rivojlanish qonuniyatlari, yashash sharoiti bilan bog‘liqdir. Boshqarish jamiyat va uning yashash muhiti bilan xilma-xil aloqadorligini, yaxlitligini ta‘minlaydi. Chunki ijtimoiy tizimlar o‘z rivojlanish jarayonida doimiy ravishda tashqi ta‘sir ostida bo‘ladi.

Bu ta‘sir tizim uchun ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Shunda boshqarish salbiy ta‘sirlarini zararlantirish, ijobiylarini kuchaytirib, tizimni o‘z funksiyasini boshqarishi, o‘z holatini mustahkamlab, yaxlitligini ta‘minlaydi. Boshqarish mexanizmidan foydalanib tizimda bo‘ladigan o‘zgarishlarni hisobga olib ma‘lum yaxlitlik kiritish mumkin. Shu o‘zgarishlar asosida tizimni ma‘lum muhitga oddiy moslashtirish emas, balki uning rivojlanish qonuniyatlarini ochish uchun foydalanishdir. Boshqarish muammolarini tadqiq qilish uni ijtimoiy hodisalarni farqini aniqlab, inson faoliyatining o‘ziga xos sohasi ekanligini ko‘rsatishdir.

U inson ongli faoliyatining shunchaki oddiy bir ko‘rinishi emas, balki ma‘lum qarorlar ishlab chiqish, ma‘lum sohani tashkil qilish asosida uni faoliyatini tartibga solib, rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishdir.

Bundan tashqari inson faoliyatining o‘ziga xos shakli sifatida ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan kishilar faoliyatini, ularning birgalikdagi mehnatini o‘zaro muvofiqlashtirish vositasi hamdir.

Kishilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil etish oldinni ko‘ra bilish, rejalashtirish, qaror qabul qilish, uni ijrosini boshqarish asosida harakatlarni tartibga solishni taqozo qiladi.

Bunda boshqarish tashkil qiluvchi faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi. Tashkil etish bir qancha vosita, usullarni o‘z ichiga olib, ular orqali boshqariladigan tizimga ta‘sir ko‘rsatadi. Boshqarish bu jihatdan ijtimoiy faoliyat sifatida o‘z ob‘ekt va sub‘ektiga ega. Bunda sub‘ekt boshqarish funksiyalarini bajara turib, ob‘ektga ta‘sir ko‘rsatadi.

Boshqarish ob‘ekti munosabatlardan iborat bo‘lib, tizim xarakteri yoki turidan kelib chiqib inson-tabiat, inson-texnika, inson-inson tarzida bo‘lishi mumkin. Aniqroq qilib aytsak, tizimlar bo‘lishi mumkin: Tabiat, texnika, ijtimoiy. Har uchalasida ham munosabatlar inson bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Ijtimoiy munosabatlar aloqa tarzida namoyon bo‘ladi.

Jamiyatdagi boshqariladigan sohalar tarixiy tarzda namoyon bo‘lib, bosqichma-bosqich bo‘lishi mumkin. Jamiyat taraqqiyotining har bir tarixiy davrida boshqarish o‘ziga xos bo‘lib, o‘z ob‘ekt va sub‘ektiga ega bo‘ladi. Bu jihatdan olganda boshqarish bilish jarayoni bilan bog‘liqdir. Boshqarish uchun tizimning xususiyati, tuzilishi, munosabat va shakllarini bilish demakdir. Bilim va boshqarish o‘zaro bir-birini taqozo qiladi. Boshqariladigan ob‘ektni inson qancha

chuqur bilsa, uni muvoffaqiyatli rivojlanish ob‘ektning turli xususiyatlari haqida axborot to‘plash muhimdir. Axborot boshqarishda juda muhim vazifani bajaradi. Axborot ob‘ektning mavjudlik qonuniyatlarini ochish uchun asos bo‘ladi. Axborot-qarash, fikr-mulohaza, hukm tariqasida ob‘ektni turli tomondan xarakterlaydi. Bunda sub‘ekt boshqarish ta‘sirini ob‘ektga axborotning qaror tarzida ko‘rsatilishi mumkin. Axborot orqali sub‘ekt boshqariladigan ob‘ektga faqat tashqi ta‘sir qilish orqali emas, balki uni ichki va o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmlarini ham ochishi yoki undan foydalanish mumkin.

Insoniyat tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday jamiyat boshqarishga muhtoj. Jamiyatni boshqarishga ehtiyoj yoki bu jarayonni jadallashtirish uning burilishi davrlarida ayniqsa kuchayadi. Chunonchi, uning inqilobiy davrlarida, ya‘ni bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqasi kelganda boshqarishga ehtiyoj har qachongidan ko‘ra kuchayadi. Buning boisi shuki, yangi ijtimoiy tuzum tezlik bilan ijtimoiy hayotning hamma sohalariga, kishilarning fikr o‘ylariga o‘z ta‘sirini, yangi talablarni tezroq singdirish asosida o‘z hukmronligini iqtisodiy, siyokiy jihatdan mustahkamlashni istaydi.

Bu ehtiyoj jamiyatning hamma lahzalarini yangicha tashkil etish va boshqarishni taqozo qiladi. Bunda boshqarishning tub mohiyati va mazmuni yo‘nalishini, g‘oyaviy asosini yangi mafkura-eski aqida va metodlarni butunlay inkor qilib, yangi g‘oyaviy asosda jamiyatni boshqarish asoslarini tashkil etishni taqazo qiladi. Biz mohiyat e‘tibori bilan hozirgi vaqtda shunday vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz.

Bu jarayonlarni larzalarsiz, xato va depinishlarsiz amalga oshirishda yangi jamiyat asoslanadigan g‘oya va mafkura asosiy rol o‘ynaydi. Mustaqil Respublikamizni yangi yo‘ldan rivojlanishini g‘oyaviy-nazariy asosini I.Karimov ishlab chiqgan "O‘zbek modeli" hamda ayniqsa, uning asosida yotuvchi 5 ta prinsip mamlakatimiz iqtisodiy, siyokiy va ma‘naviy hayotini larzalarsiz evalyutsion rivojlanishini ta‘minlamoqda. Bu o‘z navbatida butun jamiyatni yoki uning tarkibiy qismi pedagogik tizimga ham daxldordir.

Uni muvoffaqiyatli rivojlanish ob‘ektning turli xususiyatlari haqida axborot to‘plash muhimdir. Axborot boshqarishda juda muhim vazifani bajaradi. Axborot ob‘ektning mavjudlik qonuniyatlarini ochish uchun asos bo‘ladi. Axborot-qarash, fikr-mulohaza, hukm tariqasida ob‘ektni turli tomondan xarakterlaydi. Bunda sub‘ekt boshqarish ta‘sirini ob‘ektga axborotning qaror tarzida ko‘rsatilishi mumkin. Axborot orqali sub‘ekt boshqariladigan ob‘ektga faqat tashqi ta‘sir qilish orqali emas, balki uni ichki va o‘z-o‘zini tartibga solish mexanizmlarini ham ochishi yoki undan foydalanish mumkin.

Insoniyat tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, har qanday jamiyat boshqarishga muhtoj. Jamiyatni boshqarishga ehtiyoj yoki bu jarayonni jadallashtirish uning burilishi davrlarida ayniqsa kuchayadi. Chunonchi, uning inqilobiy davrlarida, ya‘ni bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqasi kelganda boshqarishga ehtiyoj har qachongidan ko‘ra kuchayadi. Buning boisi shuki, yangi ijtimoiy tuzum tezlik bilan ijtimoiy hayotning hamma sohalariga, kishilarning fikr o‘ylariga o‘z ta‘sirini, yangi talablarni tezroq singdirish asosida o‘z hukmronligini iqtisodiy, siyokiy jihatdan mustahkamlashni istaydi.

Bu ehtiyoj jamiyatning hamma lahzalarini yangicha tashkil etish va boshqarishni taqozo qiladi. Bunda boshqarishning tub mohiyati va mazmuni yo‘nalishini, g‘oyaviy asosini yangi mafkura-eski aqida va metodlarni butunlay inkor qilib, yangi g‘oyaviy asosda jamiyatni boshqarish asoslarini tashkil etishni taqazo qiladi. Biz mohiyat e‘tibori bilan hozirgi vaqtda shunday vaziyatni boshdan kechirmoqdamiz.

Bu jarayonlarni larzalarsiz, xato va depinishlarsiz amalga oshirishda yangi jamiyat asoslanadigan g‘oya va mafkura asosiy rol o‘ynaydi. Mustaqil Respublikamizni yangi yo‘ldan rivojlanishini g‘oyaviy-nazariy asosini I.Karimov ishlab chiqgan "O‘zbek modeli" hamda ayniqsa, uning asosida yotuvchi 5 ta prinsip mamlakatimiz iqtisodiy, siyokiy va ma‘naviy hayotini larzalarsiz evalyutsion rivojlanishini ta‘minlamoqda. Bu o‘z navbatida butun jamiyatni yoki uning tarkibiy qismi pedagogik tizimga ham daxldordir.

Boshqabosh maqsadi mehnatkashlarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini to‘laroq qondirish uchun ishlab chiqarishni barcha jamiyat a‘zolari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni yanada takomillashtirishdir. Shu bilan birga davlat va jamiyat boshqaruvini yaxlitligini ta‘minlab, jamiyat rivojlanishi, undagi ijtimoiy munosabatlar yuksalishi asosida davlat boshqaradigan sohalarni jamoat tashkilotlari zimmasiga yuklashdir.

Bunda har ikkila boshqaruv shakli ham jamiyat a‘zolari manfaatlarini ko‘zlamog‘i lozim. Bu juda qiyin, shu bilan birga ancha vaqt, ya‘ni jamiyat taraqqiyotining ma‘lum bosqichida amalga oshiriladigan muammoni yechishda mamlakatimiz uzluksiz ta‘lim tizimi juda katta xizmat qilmog‘i lozim.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan ta‘lim milliy modeli muhim rol o‘ynaydi. Prezident I.Karimov "Tafakkur" jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblari "Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalk millatni-millat qilishiga xizmat etsin",-deb nomlanuvchi asarida bu masalaga alohida to‘xtaladi. "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va ularda ko‘zda tutilgan" vazifalar to‘liq amalga oshgan taqdirda, -deb ko‘rsatdi Prezident,-ular birinchidan, ijtimoiy-siyokiy iqlimga ijobiy ta‘sir qiladi va mamlakatimizda mavjud muhit butunlay Fikrini davom ettirib I.Karimov ta‘kidladi"..... biz fuqarolik jamiyati ko‘rishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

Bu sohada dastlabki, ammo muxim qadamlar qo‘yildi. Ishonchim komilki vaqt-soati kelib, bugungi o‘tish davri uchun zarur bo‘lgan kuchli davlat funksiyalari va alomatlari asta-sekinlik bilan tadrijiy ravishda kuchli jamiyat zimmasiga o‘tadi".

Hozirgi kunda boshqarish eng avvalo kishilarning iqtisodiy va moddiy, ijtimoiy faoliyatini ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilmog‘i zarurdir. Buning boisi shuki, jamiyatimizning rivojlanishi ko‘p jihatdan kishilarning yuksak aqliy imkoniyatlariga, yuksak ongi, ma‘naviy dunyoki, umummadaniyatiga bog‘liqdir. Bu esa ta‘lim-tarbiya, ilm-fan, madaniy-ma‘rifiy, maishiy xizmat sohalarini ilmiy asosda boshqarish zaruriyatini keltirib chiqaradi. E‘tirof etish lozimki, jamiyat hayotini turli sohalarini boshqarish ma‘naviy sohani boshqarish saviyasi bilan belgilanadi. Chunki uning maqsadi, ilm-ma‘rifatli har tomonlama komil insonlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Shu bilan birga bu sohani boshqarish ancha murakkab hamdir.

Boshqaruv jamiyatning umumiy xususiyati va funksiyasidir. U jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichiga shaklan va mazmunan o‘zgarsada umumiy xususiyat sifatida mavjud bo‘ladi. Chunki jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham turli sohalar rivojini tartibga solish, kishilar faoliyatini yechilishi lozim bo‘lgan vazifalarga yo‘naltirish muhimdir.

Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni yechishda kishilar oldida uyushqoqlik, tartib-intizom, o‘zaro mehnat taqsimoti, mehnat qurollari va vositalaridan unumli foydalanish kabi muhim muammolar ko‘ndalang turadi. Shuning uchun har bir kishi o‘zining jamiyatidagi va jamoadagi o‘rnini bilishi, qat‘iy mehnat intizomiga, qonunlarga rioya qilishi zarurdir. jamiyat hayotini, uning rivojini boshqaruvsiz, muayyan tartiblarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.

Bundan kelib chiqadiki, har qanday mehnat, ijtimoiy faoliyat yakka yoki jamiyat miqyokida bo‘lsin idora qilinishi lozim. Bunda boshqaruvchi kishilar faoliyatini, ishlarni o‘zaro muvofiqlashtirishi, ishlab chiqarish jarayonlarini izchil va yaxlitligini ta‘minlashi muhimdir. Shu narsani alohida ta‘kidlash lozimki, jamiyat taraqqiyoti qancha tezlashsa, boshqarish shuncha zarur bo‘ladi.

Yana bir sozanda muzika asbobini chalganda o‘zini-o‘zi idora qiladi. Lekin bir necha muzika asbobini birlashtirgan orkestr faoliyatini dirijer tartibga soladi. Boshqarish uchun eng avvalo g‘oya (mafkura) undan keyin esa mohir boshqaruvchi rahbarning bo‘lishi shart.

Inson ijtimoiy mavjudotdir. U ijtimoiy mavjudot sifatida boshqa kishilar bilan ma‘lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Bu ijtimoiy munosabatlar tizimida inson ma‘lum jamoada faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun uning yurish-turishi, xulq-atvorini ham tartibga solish zarurati tug‘iladi. Uning xulq-atvori ijtimoiy munosabatlarning hosilasi bo‘lib, ularni ham boshqarish lozim.

Mustaqil Respublikamiz ijtimoiy hayotning hamma sohalarida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. Bu jarayonlarni amalga oshirishda ta‘lim-tarbiya, yangi insonni tarbiyalash asosiy tezlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Yangicha fikrlovchi erkin, mustaqil, ijobiy insonni shakllantirish mamlakatimizdagi uzluksiz ta‘limning bosh vazifasi sifatida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hamma sohalarini harakatga keltiruvchi kuch inson hisoblanadi. Uni jamiyat talablari asosida tarbiyalash uzluksiz ta‘lim yoki pedagogik tizimda amalga oshiriladi. Shuning uchun pedagogik tizimni takomillashtirish muammosi dolzarb bo‘lmoqda. Uni takomillashtirishning muhim tomonlaridan biri-boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilishdir.

Pedagogik tizim eng avvalo ta‘lim-tarbiya muassasalari majmuini o‘z ichiga oladi. Madomiki shunday ekan, uning rahbari zimmasiga Mustaqil Respublikamizning bo‘lajak fuqarolarini o‘qitish, tarbiyalash, ularni mustaqillik ideallari ruhida tarbiyalash, kasb-hunar o‘rgatish kabi juda murakkab va mas‘uliyatli vazifa yuklanadi. Bu murakkab jarayonni boshqarish turli-tuman qonun va qarorlarni, farmon va ko‘rsatmalarni chuqur bilish hamda ularni amalga oshirishni tashkil etishni talab qiladi. O‘z navbatida rahbarning o‘zi ham yuqoridagi qarorlarni amalga oshirish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish, ularni bajarilishini tashkil etish, nazorat qilishni mohirona amalga oshirishi lozim.

Pedagogik tizimni boshqarishda ma‘lum andozalarga yopishib olish, shablonlashtirishga olib keladi. Doimo mahalliy xususiyatlarni hisobga olgan holda ishga o‘zgartirish kiritish, xilma-xil usul va mazmun qo‘llash ijobiy ta‘sir qiladi.

Boshqarishni takomillashtirishda faqat yuqoridan ko‘rsatma kutmay, joylarda tashabbus, ilg‘or tajribalardan keng foydalanish umumiy maqsadga erishish uchun foydalidir.

Boshqarishdagi to‘plangan tajriba shuni ko‘rsatadiki, jamoadagi tashabbus, ilg‘or tajribalarga, uning ijodiy faolligiga suyanish muvaffaqiyat garovi bo‘la oladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohoti ham pedagogik tizimni boshqarishni tubdan yaxshilashni taqozo qiladi. Buning yorqin ifodasi sifatida "Ta‘lim to‘g‘risida"gi Qonunning yangi nusxasi, ya‘ni mamlakatning bozor munosabatlari sharoitida rivojlanishini hisobga olgan holda ishlab chiqilib, qabul qilinishi ham tasdiqlaydi. Bu hujjat ta‘lim hamma bo‘g‘inlarining uzviy bog‘liqligini yaxlit rivojlanishini ta‘minlashning huquqiy asosini barpo qilishda ta‘lim-tarbiya, yangi insonni tarbiyalashda asosiy tezlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Bundan tashqari uzluksiz ta‘lim tizimini boshqarishni takomillashtirishda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ham juda muhim talablar qo‘yadi. Uning 4-6 bandida chunonchi "Uzluksiz ta‘lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta‘lim muassasalari tarkibi jihatidan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib boriladi", -deyiladi.


Shuning uchun ta‘lim muassasasi rahbari faqat rahbar emas. U eng yaxshi o‘qituvchi- murabbiy va bosh tarbiyachi hamdir. Bu lavozim unga juda katta mas‘uliyat yuklaydi. Bu esa keyingi vaqtda pedagogik tizimni boshqarishga qiziqishni ancha oshirdi.

Download 47,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish