VIII bob
MENEJMENTNING
GENDER JIHATLARI
8-bobning
qisqacha
mazmuni
Mazkur bobda mehnat bozori va biznes
qatlamda ayollarning tutgan o„rni, zamonaviy
menejmentdagi gender farqlanishlar, boshqaruv
faoliyatiga ayollarning kirib kelishiga to„siq
bo„ladigan omillar; mehnat bozoridagi
resotsializatsiya jarayoniga ayollarning
yondashuvi mazmuni bilan tanishasiz.
185
GENDER TUSHUNCHASINING TASNIFI
Ilmiy adabiyotlardagi gender g„oyasi to„g„risidagi mavjud qarashlarni tahlil
qilish natijasida, gender jinslar o„rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni yangicha
tushunish, yangicha idrok etish, degan nuqtai nazarning ahamiyatli ekanligini
alohida qayd etish lozim. Shu nuqtai nazardan, gender g„oyasi tarkibi va
shakllanish bosqichlarini o„rganish katta ahamiyatga ega:
- jins (sex) biologik kategoriya sifatida – mavjud genlar va jinsiy a‟zolar
birligi, tug„ilishgacha, o„smirlik va katta yoshlilarga xos bo„lgan gormonal
to„plam;
- jins (sex) ijtimoiy kategoriya sifatida u inson tug„ilishida belgilangan;
- jins (sex gender) o„xshashlik – o„zini mazkur jinsga tegishli ekanligini
anglash;
- jins (gender) jarayon sifatida – o„rgatish, o„rganish, rolni qabul qilish,
muayyan gender maqomiga mos keladigan xatti-harakatlarni o„zlashtirish;
- jins (gender) maqom va tuzilma sifatida – individning gender maqomini
jinslararo belgilangan munosabatlar qismi sifatida, ayniqsa, hukmronlik va
bo„ysunishning tarkibi sifatida ko„rinishiga barham berish.
Dastavval, feministik ruhdagi, keyinchalik esa kengroq ko„lamdagi gender
tadqiqotlarda gender ta‟limotini shakllantirish texnologiyalariga, ya‟ni u yoki bu
jamiyatdagi munosabatlar modelini belgilovchi gender me‟yorlarini o„rganish va
o„zlashtirishga alohida e‟tibor qaratilgan.
Gender g„oyasi tushunchasiga oid mavjud nuqtai nazarlarni tizimlashtirish
va tartibga keltirishga intilish rossiyalik olimlar O. Voronina, T. Klimenkova,
M. Malisheva va boshqalarning tadqiqotlarda berilgan.
62
Ushbu masala bo„yicha G„arbdagi yondashuvlarning umumlashtirilgan bir
ko„rinishi – O. Voronina tomonidan taklif etilgan model diqqatga sazovordir.
- Gender ijtimoiy-demokgrafik kategoriya sifatida;
- Gender ijtimoiy-qurilma sifatida;
62
Воронина О.А. Основы гендерной теории и методологии / Теория и методология гендерных
исследований: Курс лекций. – Москва: МЦГИ-МВШСЭН, 2000.
186
- Gender sub‟yektivlik sifatida;
- Gender tarmoq (network) sifatida;
- Gender texnologiya sifatida;
- Gender madaniy istiora sifatida.
“Gender g„oyaviy tuzilma sifatida”gi muammolar qatorida, masalan, jinsiy
hukmronlik tizimi orqali tashkil etilgan va nazorat imkoniyati erkaklarga berilgan
genderni erkaklar hukmronligining bir ko„rinishi, deb belgilovchi feministik tahlil
yo„nalishlaridan birida keltirilgan. Unda nazorat ayollarni ob‟yektga aylantirish
orqali amalga oshiriladi. Mazkur qarash tarafdorlarining qayd etishicha,
erkaklarning nuqtai nazarida gender faqat xotin-qizlariga xos, erkaklar bunday
jinsiy o„ziga xoslikdan xoli, chunki ular butun imkoniyatni ifodalaydi. Ushbu
g„oya qadimiy bir bid‟atda o„z ifodasini topgan, ya‟ni go„yoki jins, jinsiylik –
xotin-qizlarga taalluqli imtiyoz hamda “ayollarga xoslik afsonasi” mavzui ana
shundan kelib chiqqan.
63
Postmodernizm falsafasida gender madaniy istiora sifatida anglanadi hamda
predmet tahlilining yana bir muhim samarali jihatini belgilaydi. Bunday yondashuv
genderning madaniy-ramziy tabiatini ifodalaydi. Mavjud madaniy-ramziy gender
har doim ham aniq qadriyatlar yo„nalishi va maqsadlarni ifodalayvermaydi.
Feminlikni va maskulinlikni ijtimoiy-madaniy aniqlikda shakllantiradi, erkaklik va
ayollikning butun ontologiyasi bilan belgilab berilgan madaniy-ramziy
iyerarxiyasini ifodalaydi. Ontologik ibtido sifatida erkaklik va ayollikning boshqa
asosiy kategoriyalarga singishib ketgani, ularning dastlabki tabiiy-biologik
ma‟nolarini ham o„zgartirib yuboradi. Jins madaniy istioraga aylanadi, ushbu
istiora esa nafaqat tavsiflash vazifasini o„taydi, balki ijtimoiy borliqni ham
ta‟riflashga qodir. Tahlilning ushbu ko„rinishi asosan Lyusi Irrigare, Xelen Sisu,
Yuliya Kristiyeva g„oyalari ta‟sirida kuzatiladigan fransuzcha poststrukturalistik
an‟ana tomonidan rivojlantiriladi.
64
Turli loyihalar, dasturlar, rivojlanishning tarmoq va makrosiyosatning jinslar
63
Фридан, Б. Загадки женственности / пер. с англ. – М.: Прогресс, 1994. – С. 17.
64
Сиксу Э. Хохот медузы // Гендерные исследования. – №3 (2/1999): ХЦГИ. – М., 1999. – С.71–88.;
Irigaray Z / This sex is not one// gunew (ed).
187
tengligiga ta‟sirini o„rganish gender tengligiga erishishning yana bir muhim
jihatidir. O„tgan asrning 80-yillarida rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi
shuni ko„rsatdiki, makroiqtisodiy va tarmoq siyosatini ishlab chiqish chog„ida
jinslar o„rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish istiqbollarini hisobga olish
muhimdir. Ana shu omillarning gender tengligiga ta‟sirini o„rganish amalga
oshiriladigan loyihalar, dasturlar va davlat siyosati ayollarning mustaqilligi,
ularning erkaklar bilan teng tanlash imkoniyatlarini qay darajada ta‟minlashiga
baho berishni talab qiladi. Gender tengligi muammosi ham makro ham mezo va
mikrodarajalarda ko„rib chiqilishi mumkin. Bunda gender andozalarini o„zgartirish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Gender andozalari – shu kungacha ayol va erkak munosabatlarida mavjud
bo„lib kelgan va ko„pchilik tomonidan odat sifatida qabul qilinadigan qoidalarni
o„z ichiga oladi. Bunday qoidalar axloq va odob normalarini, ijtimoiy fikr, ehtiyoj
va talablarni ifodalaydi. Bu andozalarga asoslanib yashash gender tengsizligini
keltirib chiqaradi. Gender tengsizligini aniqlash erkaklar va ayollarning iqtisodiyot
hamda jamiyatdagi nisbiy maqomini o„rganishni taqozo etadi. Bunda quyidagi
jihatlarni ajratib ko„rsatish mumkin:
- xususiy resurslardan bahramand bo„lish;
- o„z mehnati va daromadini tasarruf etish imkoniyati;
- ayollarning o„z taqdiriga taalluqli masalalar bo„yicha mustaqil qarorlar
qabul qilish imkoniyati;
- ko„chib yurish erkinligi;
- siyosiy sohaning ochiqligi va unga kirib borish;
- nomoddiy resurslardan bahramand bo„lish va ularni nazorat qilish;
- huquqiy maqom va huquqiy tuzilmalarga kirish.
Gender tengligiga erishishda erkaklar va ayollarning yer, kapital, uskunalar,
ko„chmas mulk, bank kreditlari kabi ishlab chiqarish resurslaridan bahramand
bo„lishlarida va ularni nazorat qilishda teng imkoniyatlar mavjudligi muhim
ahamiyatga egadir. Qashshoqlik va mahrumliklar, jinsidan qat‟iy nazar barcha
qashshoqlarga xos bo„lsa, ko„pchilik rivojlanayotgan mamlakatlarda ayollarning
188
an‟anaviy tarkib topgan gender bo„ysunuvi ayollarni ana shu ne‟matlardan
bahramand bo„lishdan mahrum etadi, ularni nihoyatda nochor ahvolga solib
qo„yadi.
Erkaklar va ayollarning qonun tomonidan kafolatlangan ijtimoiy
resurslardan teng barhamand bo„lishlari gender tengligini ta‟minlashda muhim
ahamiyatga molik yana bir jihatdir. Bilim olish, sog„liqni saqlash, iqtisodiy
xizmatlar, ijtimoiy himoya kabi va boshqa huquqlargina emas, balki mana shu
resurslardan bahramand bo„lishning ijtimoiy-iqtisodiy shartsharoitlari ham shular
jumlasiga kiradi. Ushbu ijtimoiy resurslardan erkaklar va ayollarning teng
bahramand bo„lishlarini ta‟minlash ham jamiyatda gender rivojlanishi siyosatining
muhim vazifasi hisoblanadi.
Xotin-qizlar rolini faollashtirish shunday jarayon bo„lishi mumkinki, u
xotin-qizlarning mustaqilligini ta‟minlash, amalda tanlash tengligiga erishish
uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida tashqaridan rag„batlantiriladi. Bu narsa
davlat va jamiyat tomonidan maxsus dasturlar va loyihalar ishlab chiqilib amalga
oshirilishini, davlat o„tkazayotgan ijtimoiyiqtisodiy siyosatining jamiyatda xotin-
qizlar ahvoliga ta‟sirini hisobga olishni, ya‟ni ayollarga nisbatan hukumatning
himoya siyosati o„tkazilishini taqozo etadi. Uy-ro„zg„orda va jamiyatda ayollarning
mavjud holati, iqtisodiy, qonunchilik va ijtimoiy muhit e‟tiborga olingan taqdirda
bunday siyosat chora-tadbirlarning samaradorligi oshadi. Ijtimoiy muhit mavjud
urfodatlarni, an‟analarni, psixologiyani, diniy e‟tiqodlarni va shu kabilarni qamrab
oladi. Gender munosabatlari sohasidagi siyosat, chora-tadbirlarning samaradorligi
jamiyatda jinslar o„rtasidagi o„zaro munosabatlarning iqtisodiy, huquqiy va boshqa
jihatlari o„rganilishini talab qilishi ravshan. Shuning uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |