KOMPETENTSIYA VA KOMPETENTLIK TUSHUNCHALARI Zamonaviy fanda xodimlarni boshqarish nazariyasi va amaliyotini tahlil
qilishda
kompetentsiya
tushunchasiga
muhim
ahamiyat
berilmoqda.
Kompetentsiya – xodimning kompaniya kutayotgan darajada va belgilangan
tarkibda ishlab chiqarish xulqini muntazam ravishda namoyish qilishga tayyorlik
qobiliyati. Kompetentsiyalar tizimini yaratishda tashkilot xodimlarning faoliyatiga
taalluqli muhim mezonlar majmuasini standart talablarga asosan tuzadi.
Shuningdek, kompetentsiya xodimlarning tashkilotda ham professional, ham
ijtimoiy jihatdan tengligi xususida guvohlik beradi.
XX asrning 90-yillarida mutaxassislarga malakaviy talablarni quyuvchi
Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy
qayta tayyorlashda “tayanch kompetentsiya”lar degan tushunchani fanga kiritdi.
Tayanch kompetentsiyalar turli xil kasbiy birlashmalarda mutaxassislarning
ijtimoiy-professional jihatdan ta‟minlanishi hamda faoliyatga moslashishida
xodimlarning xizmat vazifalaridan kelib chiqib o„ziga xos xarakter kasb etadi.