Anglangan kompetentlik bosqichi
: Kompetentlikni anglanishi uchun
shaxs biron-bir (rasmiy yoki norasmiy) o„qishda tahsil olishi lozim. Bu bosqichda
u, asosan, o„qituvchining xatti-harakatlarini o„zlashtiradi (agar uning xotirasi
bunga imkon bersa). Har lahzada shaxs qilayotgan ishini anglaydi yoki “nima
bilishi haqida biladi”. Masalan, kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan va
haydovchilik guvohnomasi olgan 18 yoshli yigit (haydovchi) yo„lga chiqishdan
oldin mashinani to„g„ri boshqarish haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi va o„ziga-
o„zi quyidagilarni pichirlaydi yoki xayolidan o„tkazadi: “Hozir yonni yoki orqani
ko„rsatuvchi oynalarga qarayman, oldimdan chiqqan jonli to„siqqa signal beraman,
borishim zarur bo„lgan ob‟yektni joylashishi ko„ra yoki harakat trayektoriyasi
bo„yicha o„ngga-chapga burilaman va hokazo”.
(4)
Do'stlaringiz bilan baham: |