Boshqaruv malakasi
– kasbiy mahorat va hayotiy tajribaga asoslanadigan
boshqaruv jarayonidagi ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Boshqaruv muloqoti
– rahbarning xodimlarni ma‟lum tomonga yo„naltirish
maqsadidagi o„zaro ma‟lumot almashinuvi jarayonidir.
Boshqaruv psixologiyasi
– boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga
oshirish davomida boshqaruv sub‟yekti va ob‟yekti o„rtasida yuzaga keluvchi
munosabatni talqin etadi.
Boshqaruv usullari
– o„zining tavsifiga ko„ra iqtisodiy, tashkiliy-ma‟muriy,
ijtimoiy-psixologik bo„lishi mumkin.
Iqtisodiy usullar
– xodimlar va mehnat
jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo„lib, davlat, jamoat va har bir
xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog„lanishiga imkon yaratadi.
Tashkiliy-ma’muriy boshqaruv usullari
– yakkaboshchilik munosabatlari, intizom
va mas‟uliyatga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |