Qadriyatlar - eng qimmatli ma’naviy boylik bo`lib, inson uni haqoratlanishi va tahqirlanishidan himoya qiladi, saqdaydi. Odatda qadriyatlarning umuminsoniy, biron ijtimoiy guruh qadriyatlari va shaxsiy turlari farqlanadi. Umuminsoniy qadriyatlar inson qaerda yashashidan, boyligidan, mansabidan va boshqa xususiyatlaridan qat’iy nazar, doim ardoqlanadigan mazmundir, masalan - tinchlik, hayot, ozodlik, birdamlik, mas’uliyat, oriyat.
Ijtimoiy guruh qadriyatlari bir guruh insonlar uchun qadrli va boshqa bir guruh tomonidan e’tiborsiz ma’naviy boylik bo`lib, milliylik, yoshlik va keksalik, oilaviy, siyosiy, hududiy orientirlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |