Boshqaruv hisobi


Xo‘jalik yurituvchi subyektning



Download 1,19 Mb.
bet49/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Xo‘jalik yurituvchi subyektning


bozor segmentlari bo‘yicha rejalashtirilayotgan savdosi hajmi



Bozor segmentlari

O‘lchov birligi

Yil choraklari

Yillik hajm

I

II

III

IV

A mahsulot bo‘yicha:



















“X” xaridor

tonna

200

300

350

250

1100

“U” xaridor

tonna

150

200

250

200

800

va h.k.

-

-

-

-

-

-

Jami:

tonna

700

800

1000

1000

2500

V mahsulot bo‘yicha:



















“X” xaridor

tonna

100

150

150

150

550

“D” xaridor

tonna

1100

1200

1200

1200

4700

va h.k.



















Jami

tonna

3300

3700

4500

5000

16500

Hammasi

tonna

4000

4500

5500

6000

19000

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish dasturini tuzishda ma’lumotlarning shu tarzda shakllantirilishi sotilishi rejalashtirilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha nafaqat ular bo‘yicha






1 Амалий бошқарувҳисоби: Олий ўқув юртлари учун ўқув қўлланма /А.К.Ибрагимов, Б.А.Хасанов, Н.К.Ризаев – Т.: “Молия”, 2014. – 404 б, 227 б.
bozordagi umumiy hajmni nazorat qilish, balkim, shu tovarning xaridorlari bo‘yicha o‘zgarishini ham hisobga olib borish, kuzatish va shunga muvofiq tarzda o‘zgartirishlar kiritish imkonini yaratadi. Xususan, jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki X va Y iste’molchilar talabi yilning to‘rtinchi choragigacha o‘sib borgan, keyin esa kamaygan. Shuningdek, V tovarga bo‘lgan talab birinchi chorakdan keyin X va D xaridorlarda o‘sgan va yilning oxirigacha bir tekisda bo‘lgan, ya’ni o‘zgarmasdan qolgan. Bu holat xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga bozordagi talabning stabil darajada ekanligini ko‘rsatadi.
Bu kabi holatlarni chuqur tahlil qilish kelgusida sotish rejasini tuzishda yuqori samara beradi.
Mavsumiy tebranishlarga xos beqaror ishlab chiqarishda sotishlar rejasi, odatda, har oyga tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt mahsulot sotishining yillik rejasiga tovarlar va xizmatlarning quyidagi turlari kiritiladi: ichki bozorda mahsulot sotish hajmi, o‘zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar hajmi, tovarlarning eksportga jo‘natish hajmi, tayyor mahsulot zaxiralari, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ishlar va xizmatlar miqdori va h.k.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulot turlari bo‘yicha bozordagi ulushini baholashda quyidagi ko‘rinishdagi jadvaldan foydalaniladi.
Jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, u bir vaqtning o‘zida bozor sig‘imi va unda xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulotlari hissasini aks ettirishini kuzatish mumkin. Unga asoslanib, har bir tovar guruhi bo‘yicha kelgusida ishlab chiqarish hajmining optimal miqdorini belgilab olib, sotishlar hajmi imkoniyatlari taxminlashtiriladi, aniq bo‘lgan ishlab chiqarish va sotish hajmlari moddiy va qiymat ko‘rinishida dasturda ifodasini topish uchun taqdim qilinadi.

Tovar bozorida


xo‘jalik yurituvchi subyekt ulushi
(pul birligida)

Mahsulot turi



Ishlab chiqarish hajmi



Bozorga chiqarilgan mahsulot

Barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorga chiqarilgan mahsulotlarning umumiy hajmi



Bozorga yetkazib berilgan mahsulot ulushi, %da

A

4500

4000

45800

8.7

V

5000

4500

98500

4.6

S

150

140

350

40.0

D

500

495

65000

0.8



  1. §. Pul mablag‘lari byudjeti


Pul mablag‘lari harakati xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mablag‘lari aylanmasining samarasini belgilovchi, unga ta’sir o‘tkazuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Bosh byudjetni ishlab chiqish jarayonida avval barcha davriy byudjetlar, xususan, kapital xarajatlar byudjeti, kutilayotgan foyda va zarar to‘g‘risidagi byudjetlar va shu kabilar tuzilganidan so‘ng pul mablag‘lari byudjeti tuziladi.


Pul mablag‘lari byudjeti (yoki kutilayotgan pul aylanmalari) bu kelgusi davrda bo‘ladigan pul mablag‘lari tushumi va to‘lovlar rejasi bo‘lib, bosh byudjetda ko‘rsatilgan barcha kelgusi tadbirlar bilan bog‘liq pul aylanmalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Umuman olganda, bu byudjet davr yakunidagi pul mablag‘lari byudjetida kutilayotgan yakuniy saldo va byudjet tuzilayotgan yilning har bir oyining moliyaviy holatini ko‘rsatadi.
Ana shu byudjet ko‘rsatkichlari asosida, rahbar, o‘z xo‘jalik yurituvchi subyekti uchun eng ko‘p va eng kam pul mablag‘lari davrlarini rejalashtirishi mumkin.
Pul mablag‘lari hisobidagi katta saldo moliyaviy mablag‘lar to‘liq samara bilan ishlatilmaganligini bildiradi. Kichik saldo esa xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z vazifalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga qobil emasligini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, pul mablag‘larini rejalashtirishni puxta ishlab chiqish lozim.
Pul mablag‘lari byudjeti ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, u kutilayotgan buxgalteriya balansini yakunlash uchun byudjet davri oxiriga pul mablag‘lari hisob raqamidagi yakuniy qoldiqni ko‘rsatadi. Va ikkinchidan, byudjet davri ichida har bir oyning yakuniga byudjet mablag‘lari qoldig‘ining istiqbolini belgilab, moliyaviy resurslarning ortiqchaligini yoki yetishmasligi davrlarini aniqlaydi. Birinchi maqsad umumiy byudjetni tayyorlash jarayonida bu byudjetning o‘rnini ko‘rsatsa, ikkinchi maqsad umumiy byudjetni biznes faoliyatining barcha turlarida zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni boshqarish quroli sifatida e’tirof etadi. Boshqacha qilib aytganda, pul mablag‘larisiz hech qanday biznes amalga oshmaydi.
Pul mablag‘lari va to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarning boshqa manbalari ham mavjud.
Ko‘rib o‘tilgan misolda xo‘jalik yurituvchi subyektning keyingi yil uchun pul mablag‘larining asosini tovarlarni sotishdan tushgan tushum tashkil etmoqda. Aytish lozimki, sotuv vaqtida sotuvning 60 foizgacha bo‘lgan hajmi darhol to‘lash sharti bilan, sotuvning 2 foizidan esa tushum tushmaydi. Tovarlarni kredit hisobiga sotish hajmi 38 foizni tashkil etib, bu mablag‘lar keyingi oyda olinishi mumkin. Bu kabi barcha ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi.
Pul mablag‘lari byudjetini tayyorlashda xo‘jalik operatsiyalarining sodir bo‘lishi vaqtida emas, balki moliyaviy hisobotni tuzishning muhim tamoyili bo‘lgan amaldagi tushumlarning yoki pul mablag‘lari to‘lovining vaqtiga e’tibor qaratish lozim. Har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda joriy holat to‘g‘risida oldingi tajribalar va rahbariyat qarorlari asosida kredit hisobiga sotuvdan kutilayotgan pul mablag‘larining tushumi (foiz hisobida) aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy boyliklar sotib olish,
mehnatga haq to‘lash va boshqa xarajatlarni qoplash bo‘yicha to‘lov siyosatini ham hisobga olish zarur. Masalan, turli xildagi tijorat xarajatlari kabi ayrim xarajatlarning to‘lovi kredit hisobiga 30 va undan katta bo‘lgan muddatga, ko‘pgina hollarda mehnatga haq to‘lash xarajatlari ma’lum sabablarga ko‘ra uzoq muddatga cho‘zilmasligi lozim. Shuningdek, xarajatlarning ayrim moddalari, masalan amortizatsiya pul mablag‘larini talab qilmasligini hisobga olish kerak. Pul mablag‘lari byudjetining umumiy ko‘rinishi va ma’lumotlar manbai quyidagi jadvalda keltirilgan:

Pul mablag‘i byudjetining elementlari

Ma’lumotlar manbai

Pul mablag‘lari tushumi:

- naqd pulga sotuvdan

Sotuv byudjeti (naqdga)

- kreditga sotuvdan

Sotuv byudjeti (kreditga)

- boshqa aktivlar sotuvidan

Foyda va zararlar to‘g‘risidagi prognoz
hisoboti

- olingan qarzlar

Oldingi oylarning pul mablag‘lari byudjeti

Pul mablag‘lari to‘lovi:

- asosiy materiallar uchun

Xarid byudjeti

- yordamchi materiallar uchun

Umum ishlab chiqarish xarajatlari va
materiallar xaridi byudjetlari

- to‘g‘ri mehnat xarajatlariga

Ish haqi byudjeti

- umum ishlab chiqarish
xarajatlariga (UICHX)

UICHX byudjeti

- tijorat xarajatlariga

Tijorat xarajatlari byudjeti

- umumiy va ma’muriy xarajatlar
uchun

Umumiy va ma’muriy xarajatlar byudjeti

- kapital xarajatlar uchun

Kapital xarajatlar byudjeti

- foyda solig‘i to‘lovi uchun

«Moliyaviy natijalar» to‘g‘risidagi hisobot

- foizlar bo‘yicha to‘lovlar uchun

Foyda va zararlar to‘g‘risidagi prognoz
hisoboti

- qarzlarning qaytarilishiga

Kredit shartnomalari

Pul mablag‘lari byudjetini tuzish bo‘yicha illyustrativ misol.


Xo‘jalik yurituvchi subyektda jami 5 operator ishlaydi. Ularning har biri bir oyda 160 soatdan ishlaydi. Bulardan tashqari yana quyidagi ma’lumotlar mavjud:
(pul birligida)




joriy yil, haqiqiysi

kelgusi yilga
prognoz

noyabr

dekabr

yanvar

fevral

mart

Sotuv hajmi

25 400

35
000

25
000

20 000

40 000

Tijorat xarajatlari

4 500

5 000

4 000

4 000

5 000

Umumiy va ma’muriy boshqaruv xarajatlari

7 500

8 000

8 000

7 000

7 500

Material xarajatlari

2500

3500

2500

2500

4000

Umumishlab chiqarish xarajatlari

3200

3500

3000

2500

3500



Qo‘shimcha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 12 000 p.b.da bank krediti olgan.

  2. Yillik bank foizi 12% (foiz har oyda to‘lanadi).

  3. Kreditning 2000 p.b. kelgusi yilda to‘lanishi (fevralda) kerak.

  4. Joriy yilning foyda solig‘i summasi 4550 p.b. va u 15 martda to‘lanishi kerak bo‘ladi.

  5. Xodimlarning bir soatlik ish haqi miqdori 8.50 p.b. (har biriniki).



Pul tushumlari rejasi quyidagicha:

  1. Sotuv hajmining 60 foizi birdan kelib tushadi.

  2. 30 foizi sotilgandan keyingi birinchi oy mobaynida kelib tushadi.

  3. 10 foizi sotilgandan keyingi ikkinchi oy davomida kelib tushadi.

  4. Materiallar to‘lovi ular kelib tushgan oyda to‘lanadi.

  5. Tijorat va boshqa barcha xarajatlar kelgusi oyda to‘lanadi.



Pul mablag‘larining kelgusi yil boshiga qoldig‘i 13840 p.b.
Talab qilinadi:
Xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusi yil 1-kvartaliga pul mablag‘lari byudjetini tuzish lozim.

Yechimi:
Xo‘jalik yurituvchi subyekt pul mablag‘ining 1-kvartaldagi oylari bo‘yicha byudjeti








yanvar

fevral

mart

jami:

Mablag‘lar kirimi:













- xaridorlarga qo‘yilgan schetlar

28000

23000

32500

83500

bo‘yicha*













Mablag‘lar to‘lovi:













- materiallar sotib olishga

2500

2500

4000

9000

- ish haqi xarajatlariga

6800

6800

6800

20400

- umum ishlab chiqarish xarajati

3500

3000

2500

9000

- tijorat xarajatlari

5000

4000

4000

13000

- umumiy va ma’muriy boshqaruv

8000

8000

7000

23000

xarajatlari













- bank foizlari bo‘yicha

120

120

100

340

- kreditning qaytarilishi

-

2000




2000

- foyda solig‘i to‘lovi

-




4550

4550

Jami to‘lovlar

25920

26420

28950

81290

Mablag‘ning ko‘payishi (kamayishi)

2080

(3420)

3550

2210

Boshlang‘ich qoldiq

13840

15920

12500

13840

Oy oxiriga qoldiq

15920

12500

16050

16050

* - hisoblash izohi: - kliyentlarga qo‘yilgan schetlar bo‘yicha


tushadigan tushumlarning oylar bo‘yicha hisob-kitobi:




yanvar

fevral

mart




Joriy oy - 60%

15000

12000

24000

yanvardagi 25000 dan

Oldingi oy - 30%

10500

7500

6000

dekabrdagi 35000 dan

Undan oldingi - 10%

2500

3500

2500

noyabrdagi 25000 dan

Jami:

28000

23000

32500




Asosiy jadvaldagi ma’lumotlarning hisob-kitobi





Yanvar

Fevral

Mart

1 Material xarajatlari
(xarid qilingan oyda to‘lanadi)

2500

2500

4000

2 Ish haqi
(5 ishchi x 60 x 8.50)

6800


6800


6800


3 Umum ishlab chiqarish xarajatlari (kelgusi oyda to‘lanadi)

3500


3000


2500


4 Tijorat xarajatlari
(kelgusi oyda to‘lanadi)

5000


4000


4000


5 Umum ishlab-chiqarish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari (kelgusi oyda to‘lanadi)

8000


8000


7000


6 Bank foizlari to‘lovi yanvarda - 12000 dan 1 %
fevralda - 12000 dan 1 %
martda - 10000 dan 1 %

120

120

100

7 Kreditning qaytarilishi




2000




8 Soliq to‘lovi







4550

Xulosa:
yanvardagi naqd pul qoldig‘i - 15920 fevraldagi - 12500
martdagi - 16050
Bu o‘rtacha (yaxshi) holat, lekin xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati uchun juda katta emas.



  1. Download 1,19 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish