Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet57/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Xarajatlar bazasi

miqdori (p.b.da)

ustama (foizda)

sotish bahosi (p.b.da)

1

To‘g‘ri shartli o‘zgaruvchan xarajatlar

1000

120

2200

2

To‘g‘ri shartli doimiy xarajatlar

500







3

Jami to‘g‘ri xarajatlar

1500

50

2250

4

Egri xarajatlar

400







5

Jami xarajatlar

1900

25

2375




Yuqori texnologiyalarni joriy qilish xarajatlari

80










Barcha xarajatlar

1980

15

2277

Transfert baho siyosati masalasi bo‘yicha nazariyachi iqtisodchilar o‘rtasida uni shakllantirishga nisbatan ikki muqobil yondashuv - xarajatlar va qiymat yondashuvlari keng qo‘llaniladi.
Mahsulotni sotishda baho darajasini sotishning va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning taxminiy hajmi belgilaydi. Shu bilan birga, boshqaruv hisobi e’tirof etadiki, mahsulot birligini ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘zgarishi bevosita ishlab chiqarish miqyosiga bog‘liq. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi bilan bir buyumga to‘g‘ri keladigan doimiy xarajatlar summasi va ishlab chiqarishga sarflanadigan o‘rtacha xarajatlar hajmi ham o‘sadi. Binobarin, tadbirkor menejer transfert bahoni belgilayotganda xarajatlar usuli asosida yoki raqobatchilar tomonidan baho bo‘yicha qabul qilingan qarorlar ta’siri ostida passiv baho belgilash yo‘lini tanlamasligi lozim.
Eng oqilona yondashuv - transfert bahoni shakllantirishga nisbatan faol yondashuv usuli bo‘lib, bunda transfert bahoni boshqarish orqali sotishlarning zarur hajmiga mos keluvchi o‘rtacha xarajatlar hajmiga erishiladi, bu esa xo‘jalik yurituvchi subyektni foydalilikning kutilayotgan darajasiga olib chiqadi.
Transfert bahoni shakllantirishga faol yondashuv mantiqiga o‘xshash masalalarni quyidagicha ta’riflash mumkin: “Eng past bahoda sotiladigan tovarlar miqdorini katta miqdordagi foyda olish uchun qanchagacha oshirishimiz kerak?” yoki “Sotiladigan mahsulotlarning qancha miqdorini ko‘proq foyda olish uchun yuqoriroq bahoda sotish kerak?”.
Aynan mana shunday yondashuv “zaif” bozorlarda (ya’ni, talab pasayib boruvchi bozorlarda) yoki “kuchli” bozorlarda (ya’ni, talab ortib boruvchi bozorlarda juda yuqori baholar xarajat yondashuvining jiddiy kamchiligini chetlab o‘tish imkonini beradi). Shuni ta’kidlash joizki, transfert bahoni shakllantirishga xarajatli yondashuvdan voz kechish xo‘jalik yurituvchi subyekt menejerlariga oson bo‘lmaydi, chunki ular ishlab chiqarishga yangi mahsulot uchun investitsiya qilish va bahoni shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilinguncha, kutilayotgan foydani aniqlashlari lozim.
Loyihalashtirilayotgan yangi mahsulot zamonaviy texnik darajaga mos keluvchi o‘lchamlar va xususiyatlarga ega bo‘lishi, konstruktorlik xizmatlari, texnologlar, moliya-iqtisodiy bo‘lim va buxgalteriyada texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Shu bosqichning o‘zida baho aniqlanadi, u xarajatlarning o‘rnini to‘ldirishi va investitsiyalarni zaruriy darajada qoplashi kerak. Shundan so‘ng marketologlar (agar shunday mutaxassislar bor bo‘lsa) mahsulot sotish hajmini aniqlaydilar. Ular mahsulot sotishni tashkil etish, mahsulot xossasi va sifatiga xaridorlarni ishontirishga intiladilar. Agar bunday “targ‘ibot” natijalari ijobiy natija bermasa, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati odatda bahoni pasaytirish taklifi hisobiga vaziyatni saqlab qolishga harakat qiladi. Bunday sharoitda, odatda, xaridorlar bozorda ustunlik qiladigan vaziyat yuzaga keladi. Bunda aynan ular o‘z shartlarini qo‘yadilar va bahoni yanada pasaytirishga erishadilar.
Transfert bahoni shakllantirishga xarajatli yondashuvni mo‘ljal qilib muvaffaqiyatga erishish g‘oyat mushkul. Bunday sharoitda transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymatli yondashuvga ko‘proq e’tibor berish lozim.
Transfert bahoga nisbatan qiymatli yondashuvning vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyekt mijozlarining rag‘batlantirilishidan iborat emas. Bunday natijaga bahoga katta chegirmalar berish hisobiga ham erishish mumkin, lekin qiymatli yondashuv xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun sotishlar hajmini tobora avj olishi hisobiga emas, balki “qiymat - xarajatlar” nisbatining mutanosibligiga erishish hisobiga foyda olishni ta’minlashi kerak.
Transfert bahoning shakllanishi mehnat bozorida raqobatda bo‘lgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar ta’siriga ham bog‘liq. Shu bois, xo‘jalik yurituvchi subyektning baho siyosati buxgalterlar, moliyachilar, marketologlar, menejerlar va bozorni o‘rganuvchi axborot xizmatchilarining doimiy hamkorligi natijasida tug‘iladi va takomillashadi. Bunday sharoitda baho siyosatini shakllantirish xo‘jalik yurituvchi subyektga foyda, xaridorga esa ko‘proq naf keltirishi lozim.

    1. Download 1,19 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish