Boshqaruv hisobi


§. Baho siyosatida transfert bahoning tutgan o‘rni va mazmuni. Transfert bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari



Download 1,19 Mb.
bet56/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

§. Baho siyosatida transfert bahoning tutgan o‘rni va mazmuni. Transfert bahoni aniqlash tartibi va tamoyillari


Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlariga bahoni shakllantirishda e’tibor qaratishi kerak bo‘ladigan bir qator muhim masalalar mavjud. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan bozorga chiqarilsa, u holda bahoni belgilashga yondashuv boshqacha bo‘ladi va xuddi shunday mahsulot uning segmentlari o‘rtasida oldi-berdi qilinsa, unga bahoni belgilashga mutlaqo boshqacha yondashiladi. Ushbu savol doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektning bir segmenti tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot boshqa segmentiga qayta ishlash yoki foydalanish uchun berilayotgan holatda bahoni shakllantirishga bo‘ladigan yondashuvlar mohiyatini ko‘rib chiqamiz.


Xo‘jalik yurituvchi subyektning bir segmentidan boshqa segmentiga mahsulot ayirboshlashda transfert baholardan foydalaniladi. Transfert baho xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida bir javobgarlik markazi (segmenti)dan boshqa javobgarlik markazi (segmenti)ga o‘tkaziladigan mahsulot (materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar) yoki xizmatlar hajmini aniqlash uchun foydalaniladigan
bahodir.
Transfert bahoni aniqlash ishlab chiqarishni tashkil etishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan shakllariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarishi markazlashtirilgan holda tashkil etilgan sharoitda javobgarlik markazlari o‘rtasida mahsulot va xizmatlar almashinuvi ko‘proq haqiqiy (normativ) tannarx asosida amalga oshiriladi.
Aksincha holatda, ya’ni markazlashtirilmagan holda tashkil etilgan ishlab chiqarishlarda javobgarlik markazlari nisbatan mustaqil bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi uzatuv (topshirish) bahosi har bir bo‘linma foydasining aniq va ishonchli ko‘rsatkichini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan holda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi uzatuv (topshirish) bahosini tanlash nafaqat bo‘linma faoliyati natijalarini aniqlash uchun, balki “qanday qilib ishlab chiqarish va sotib olish”, “sotish va bundan keyin ishlov berish” kabi savollar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish shuningdek, ishlab chiqarishning muqobil variantlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida transfert bahoni belgilash quyidagi asosiy talablarga tayanadi:

  • ishlab chiqarish xo‘jalik yurituvchi subyektining pirovard maqsadiga erishishini va alohida bo‘linmalar maqsadini xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy maqsadi bilan uyg‘un holda birikib ketishini ta’minlash;

  • boshqaruvning turli darajalarida menejerlar uchun moslashuvchan va bir xilda bo‘lish;

  • markazlashtirilmagan holda boshqarish sharoitida sotuvchi va xaridor bo‘linmalar rahbarlariga ularning mustaqilligini saqlab qolish kafolatini ta’minlashi kerak;

  • ichki va tashqi bozorlarning o‘zgaruvchan sharoitlarini tez ilg‘ab olish, foydani samarali sohalarga yo‘naltirish imkonini berishi kerak bo‘ladi;

  • amaldagi qonunlar talablari asosida shakllantirilishi va ularga mos kelishi kerak.

Rivojlangan bozor munosabatlari shakllangan davlatlar amaliyotida bir xo‘jalik yurituvchi subyekt doirasida ishlab chiqilgan mahsulotlar uning bir bo‘limidan boshqasiga o‘tkazilish jarayonida transfert baholarning quyidagi 5 turining biridan foydalanish orqali amalga oshiriladi:

      1. Bozor baholari darajasidan kelib chiqib belgilangan transfert bahoda. Transfert bahoni belgilashga bu usulda yondashish hisob- kitoblar uchun albatta qulay. Lekin, yakuniy mahsulot tashqi bozorga chiqarilayotgan vaqtda uning bahosi xuddi shu kabi tovarlarga nisbatan juda katta bo‘lishi va pirovard natijada raqobatbardosh bo‘lmay qolishi mumkin.

      2. Marjinal xarajatlar asosida shakllangan transfert bahoda. Bu usul buxgalterlar nuqtayi nazaridan eng ma’quli deb hisoblanadi. Chunki, o‘zgaruvchan to‘g‘ri xarajatlarni hisobga olish va umumishlab chiqarish xarajatlarini hisoblab taqsimlash unchalik murakkab ish bo‘lmasdan yakuniy hisob-kitoblar aniq chiqishiga erishiladi. Bundan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida mahsulot yakuniy tayyor tovar holiga keltirilib u tashqi bozorga taklif qilingan vaqtda uning qiymati eng past darajada bo‘lishiga erishiladi.

      3. To‘liq xarajatlar asosida shakllangan transfert bahoda.

      4. Xarajatlar - plus” usuli asosida shakllangan trasfert bahoda.

      5. Muloqat va kelishuvlar asosida shakllangan transfert bahoda.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga baho belgilashda asos sifatida hamma vaqt ham tannarx, ya’ni, xarajatlar olingan. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi eng sinalgan va ishonchli yondashuvdir. Uning asosida real kategoriya yotadi, bu - mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishga va sotishga sarflangan haqiqiy xarajatlar kategoriyasi orqali ifodalanadi hamda buxgalteriyada dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Buning ustiga, ma’lum darajada bu yondashuvning nufuzi uni iqtisodiy nazariyada qo‘llab-quvvatlanishi bilan bog‘liq, chunki, mahsulotlar o‘rtasida xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlash, tannarxni shakllantirish va boshqarish bahoni xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun naflilik nuqtayi nazaridan daromad olish manbaiga aylantiradi.
Yuqorida qayd etilganidek, jahon amaliyotida transfert bahoni belgilash usuli sifatida juda keng va samarali qo‘llanilib kelinadigani - “xarajatlar - plus” usuli ham mavjud. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobini tashkil qilish va muvaffaqiyatli yuritish uchun ham alohida e’tiborga olinadigan usul – “xarajatlar - plus” usulidir.
Shu bilan birgalikda e’tirof etish joizki, turli xil xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z mahsulotlariga baho belgilash jarayonida aynan ana shu “xarajat” ko‘rsatkichining ham turli elementlarini baza sifatida olib, unga nisbatan turli xil miqdordagi qo‘shimchalarni (ustamalarni) qo‘shish orqali bahoni belgilaydilar. Bu fikr-mulohazalarni quyidagi misolda ko‘rib chiqish mumkin.
Misol:Xarajat elementlari va ustamalar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:







Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish