Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet47/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

Umumiy va boshqaruv xarajatlari byudjeti. Bu byudjet ishlab chiqarish va sotuv xarajatlaridan farqli ravishda tegishli bandlarga ajratilgan joriy operatsion xarajatlar rejasi bo‘lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning kelgusidagi umumiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Bu byudjetning ishlab chiqilishi pul mablag‘lari byudjetini
tayyorlashda va uni nazorat qilishda ishlatiladigan ma’lumotni aniqlashda yordam beradi. Shuningdek, bu ma’lumot rejalashtirilgan davr uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijasini aniqlash uchun ham ishlatiladi. Bu byudjetning aksariyat bandlari doimiy xarajatlardan iborat.
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi kutilayotgan hisobot. Tayyorlangan davriy byudjetlarga asoslanib xo‘jalik yurituvchi subyektning bosh menejeri yoki byudjetni tuzish bo‘yicha mutaxassis xomashyo va materiallar, mehnat sarfi va umumishlab chiqarish xarajatlari byudjetlaridan foydalangan holda sotilgan mahsulot tannarxi istiqbolini ishlab chiqishni boshlashi mumkin. Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi. Kutilayotgan daromadlar va mahsulot sotish tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanib hamda ularga tijorat, umumiy va boshqaruv xarajatlaridan olingan ma’lumotlarni qo‘shib, foyda va zararlar to‘g‘risidagi kutilayotgan hisobotni ishlab chiqish mumkin.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu hisobotni tuzish operativ byudjetni ishlab chiqishda eng yakuniy qadam hisoblanadi.
Moliyaviy byudjet. Moliyaviy byudjet bu moliyaviy mablag‘larning kutilayotgan manbalari va ulardan kelgusi davrda foydalanish yo‘nalishlarini o‘zida aks ettiruvchi rejadir. Moliyaviy byudjet foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot byudjeti bilan birgalikda kapital xarajatlar byudjeti, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari byudjeti va ularning asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Kapital xarajatlar byudjeti. Kapital quyilmalar ehtiyojini aniqlash va ular uchun investitsion resurslarni jalb qilish boshqaruv hisobining kompleks vazifasi hisoblanadi. Bunday qaror qabul qilish uchun tanlangan mezon asosida investitsion rentabellikni aniqlash bilan bog‘liq qanday uzoq muddatli aktivlarni sotib olish yoki qurish masalasini hal
qilish muammosi mavjud. Uzoq muddatli kapital quyilmalarga oid ma’lumot sotib olish yoki qurilish xarajatlariga, shuningdek, kreditlar uchun foiz to‘loviga, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotga, kutilayotgan buxgalteriya balansiga, asosiy vositalar va boshqa uzoq muddatli aktivlar hisob raqamidagi qoldiqni o‘zgartirib, pul mablag‘lari byudjetiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu borada kapital xarajatlar bo‘yicha barcha qarorlar rejalashtirilishi va umumiy byudjetga kiritilishi lozim.
Barcha joriy byudjetlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Kutilayotgan sotuv byudjetni tuzish jarayonida dastlabki qadam hisoblanadi. Undan keyin tijorat xarajatlari byudjeti ishlab chiqiladi. Shuningdek, xomashyo materiallarini xarid qilish va undan foydalanish byudjeti, mehnat byudjeti va umumishlab chiqarish byudjetlari asosida tuziladigan ishlab chiqarish byudjeti kutilayotgan sotuv hajmiga bog‘liq. Ko‘p hollarda umumiy va boshqaruv xarajatlari hamda kapital quyilmalar byudjeti boshqaruvning yuqori darajalari qabul qilinadi. Lekin bu ma’lumotning asosiy qismi xo‘jalik yurituvchi subyektning bo‘linmalari darajasida qayta ishlanadi va davriy byudjetga qo‘shiladi.
Pul mablag‘lari byudjeti. Bu byudjet xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyatini rejalashtirish jarayonida eng asosiy byudjetlardan biri hisobalanadi.
Kutilayotgan moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot. Umumiy byudjetni tayyorlashdagi yakuniy qadam kutilayotgan moliyaviy holat yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt uchun buxgalteriya balansi loyihasini ishlab chiqish hisoblanadi.
Pul mablag‘lari byudjeti tayyorlangandan so‘ng, byudjet davri yakuni bo‘yicha kutilayotgan pul mablag‘lari qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotga ega bo‘lib va sof foyda hamda zarur bo‘lgan kapital quyilmalari summasini aniqlagan holda asosiy byudjet tuzish jarayonining yakuniy mahsuli bo‘lgan kutilayotgan buxgalteriya balansini tayyorlash imkoniyati tug‘iladi.
Aynan shu nuqtada boshqaruv taklif etilayotgan umumiy byudjetni qabul qilish yoki ushbu rejani o‘zgartirish hamda byudjetning ayrim qismarini qayta ko‘rib chiqish borasidagi yakuniy qarorga kelishi lozim.
Byudjetning bajarilishi bo‘yicha barcha ma’suliyatni ushbu byudjetni tuzish bo‘yicha ijrochi, ya’ni buxgalter o‘z zimmasiga oladi. Rivojlangan bozor iqtisodiga ega mamlakatlarda bu masalani bevosita moliyaviy menedjer bajaradi. Ushbu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi ikkita muhim holatni keltirib chiqaradi.
Birinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha mas’ul shaxslari tomonidan o‘z maqsadlarini aniq bilishi va kutilayotgan holatlar to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun sharoit yaratiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatiga jalb etilgan har bir xodim ulardan nima kutilayotganligini bilishlari, o‘z maqsadlariga qanday erishishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatmalarga ega bo‘lishlari zarur.
Ikkinchidan, rahbariyat tomonidan ana shu byudjet ko‘rsatkichlarining bajarilishi asosida xodimlarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilishi kerak. Byudjetni tuzish jarayoni qanchalik qiyin bo‘lmasin, u faqatgina yuqori turgan rahbar yakuniy natijaga erishishga haqiqatdan ham qiziqsa, o‘rta va past darajadagi rahbarlar bunga ishonch hosil qilsagina hamda barcha bajarilgan ishlar uchun rag‘batlantirish tizimi kiritilsa bu narsa amalga oshishi mumkin.
Byudjetning bajarilishini baholash amalda erishilgan natijalarning rejalashtirilgan byudjetdan chetlanishi tahliliga asoslanadi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish