4-BOB. BOSHQARUV HISOBIDA XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA BYUDJETLASHTIRISH
§. Rejalashtirish asoslari va dasturi.
§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni shakllantirish.
§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi.
§. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari. 5-§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi.
§. Pul mablag‘lari byudjeti.
§. Sotish hajmini rejalashtirish.
8. a) illyustrativ misol
b) o‘z-o‘zini tekshirish bo‘yicha savollar (test savollari)
v) muammolar va vazifalar
g) vaziyatli masalalar
Mavzuning maqsadi
Ushbu mavzuda boshqaruv jarayonining asosiy funksiyasi bo‘lgan rejalashtirish va boshqaruv nazoratini o‘rnatishda (ta’minlash) muhim bo‘lgan rejalashtirish jarayoning asosiy ikki tamoyili to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Birinchisi - qabul qilingan strategiyani amalga oshirish uchun mo‘ljallanayotgan o‘rta va uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish bo‘yicha maxsus dasturlar tayyorlash.
Ikkinchisi - tegishli byudjet (smeta)larni ishlab chiqish. Sababi, har bir reja asosli bo‘lishi, u amalga oshishi uchun bo‘lsa, real iqtisodiy ta’minoti belgilangan bo‘lishi shart. Shundagina boshqaruv qarorlari asosli, maqsadli va amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
Tegishli byudjetlarni tuzish muhim vazifa bo‘lganligi uchun, mavzuda e’tibor shu byudjet turlarini tuzishga ham qaratiladi.
1-§. Rejalashtirish asoslari va dasturi
Mamlakat iqtisodining bozor munosabatlariga o‘tishi bilan mikro va makro darajalarda rejalashtirishning o‘rni pasaymaydi, balki yanada oshadi. Xususan, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvi jarayonida nazorat qanchalik muhim hisoblansa, rejalashtirish ham undan kam bo‘lmagan muhim funksiyani bajaradi.
Umumiy holda, rejalashtirish deyilganda – kelgusida aniq bir ishlarni bajarish uchun sodir etiladigan xarakatlarni oldindan belgilab- aniqlab olish tushuniladi.
Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida rejalashtirishning bir necha turlaridan foydalanishlari kuzatiladi. Rejalashtirishning bir necha turlarga bo‘linishidagi asosiy mezon – bu vaqt ko‘rsatkichidir. Shu nuqtayi nazardan xulosa qilish mumkinki, rejalashtirish borasidagi asosiy maqsad – bu uzoq muddatlarga mo‘ljallangan muhim harakatlar yo‘nalishini oldindan belgilab olishdir. Shu bilan birgalikda alohida qayd qilish lozimki, rejalashtirish jarayonida ikkita muhim bo‘lgan tadbirlar bor. Bular:
Dasturlar ishlab chiqish;
Tegishli byudjetlarni shakllantirish.
Rejalashtirish natijasida ko‘zda tutilayotgan uzoq muddatli strategik maqsadga erishish uchun bir necha dasturlar ishlab chiqiladi. Masalan, stol va stullar ishlab chiqarish va kelgusida uni yuqori miqdorda foyda olib sotish maqsadi belgilanishida, quyidagi dasturlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir: ishlab chiqarishning uskuna va materiallar bilan ta’minoti dasturi; ishlab chiqarishning malakali ishchi kuchi bilan ta’minoti; ishlab chiqilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishning optimal dasturi va sh.k.
Ana shu har bir dastur ishlashi, ya’ni dastur doirasida belgilangan tadbirlar bajarilishi ma’lum miqdordagi mablag‘ bilan ta’minlanishni ta’lab qiladi. Shunga muvofiq, dasturlar bo‘yicha tegishli byudjetlarni ishlab chiqish va shakllantirish – rejalashtirishdagi muhim bir omildir.
Dasturlar tuzish, yuqorida qayd qilinganidek rejalashtirish jaryonining muhim detallashgan qismlari hisoblanadi.
An’anaviy tarzda byudjet ikki qismdan iborat bo‘lib, uning dastlab daromad qismi shakllanishi ta’minlanadi, so‘ngra shakllangan
mablag‘larning xarajat qilinish moddalari belgilanadi. Dasturlar bo‘yicha tegishli byudjetlarni tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida boshqaruvning bir tizim asosiga solinishini ta’minlab qolmasdan, kelgusida operativ tarzda har bir dastur bajarilishini kuzatish, tegishli o‘zgarishlarni zudlik bilan kiritish, chetlanishlarni aniq hisoblash, turli omillar ta’sirini hisoblash, taqqoslama tahlillar qilish va umuman olganda, ongli tarzda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarida boshqaruv madaniyati shakllanishini ta’minlaydi.
Dasturlar – xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z rejalariga erishish maqsadida amalga oshirishni mo‘ljallashtirgan tadbirlari yig‘indisidir
Ammo, ta’kidlash joizki, rejalashtirilgan maqsadga erishish borasidagi belgilangan tadbirlar bo‘yicha dasturlar tuzish amaliyotiga barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham yetarlicha e’tibor qilinmaydi. Ba’zi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bunga zaruriyat sezilmasa, b’zi birlarida esa ana shu xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari uchun tegishli iqtisodiy bilimlarning yetishmasligi, xuddi shuningdek xafsalasizlik va yana bir qator omillar sababchi bo‘ladi.
Shu bilan birgalikda, dasturlar tuziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning barchasida ham bu jarayonga jiddiy yondashilgan, dasturlar bekami-ko‘st tuzilgan, uning bajarilish vaqti aniq va real belgilangan deb bo‘lmaydi. Aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, juda ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tegishli dasturlar tuzish jarayoniga juda ham e’tiborsiz qaraladi.
O‘z biznesining taraqqiyotidan umidvor bo‘lgan, uning kelajakda kengayishini astoydil xohlagan biznes xodimlari uchun, ular dasturlash jarayonida e’tiborga olishlari lozim bo‘lgan quyidagi tadbirlar ketma- ketligini taklif qilamiz.
Ishlab chiqarish juda yaxshi davom etayotgan bo‘lsa ham, albatta joriy dasturlar qayta ko‘rilishi lozim. Sababi, xaridor va buyurtmachilarning talabi o‘zgaradi, iqtisodiy sharoitlar o‘zgaradi, ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgaradi.
Eng avvalo dasturlar tuzish quyidagi uchta uzviy qismlardan iborat ekanligiga alohida e’tiborni qaratish lozim:
Joriy dasturlar
Taklif qilinayotgan yangi dasturlar
Yangi dasturlar hamisha puxta o‘rganilishi lozim va har bir rahbar yangi dasturlarni qabul qiluvchi va uni puxta o‘rganuvchi bo‘lishi zarur.
Yangi dastur samarasini tahlil qilishda juda keng miqyosda foydalaniladigan usul - «samara / xarajat» usulidir.
Dasturlarni muvofiqlashtirish
Ma’qul bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy reja va maqsadlarini amalga oshirish imkoniga to‘g‘ri tushadigan dasturlarni tanlab olish va o‘zaro muvofiqlashtirish
Ishlab chiqarish darajasi uzoq vaqt mobaynida stabil bo‘lib kelayotganligiga qaramasdan amaldagi dastur ko‘rsatkichlarini hamisha qayta ko‘rib turish va tegishli o‘zgartirishlarni kiritib borish talab qilinadi. Chunki xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida o‘zgarish bo‘lmagani bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning shu mahsuloti sotiladigan tashqi muhitda (bozorda) o‘zgarishlar tez ro‘y beradi. Xususan, yangi texnologiyalar juda tez o‘zlashtiriladi, bozordagi raqobat muhiti o‘zgaradi, iste’molchilar talabi darajasi va sh.k. Ana shunday o‘zgarishlarni o‘z vaqtida hisobga olish va ular ta’sirida amaldagi dasturga o‘zgartirishlar kiritish juda muhimdir.
Zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamisha yangi dasturlarni qabul qila oladigan, ya’ni taklif qilinayotgan dastur loyihalariga nisbatan ijobiy yondashishi lozim. Yangi tavsiya qilinayotgan dasturning afzalligini ko‘rsatuvchi parametrlarning har birini batafsil o‘rganib chiqishi, yangi imkoniyatlar ochilishi shubhasiz
bo‘lganda, uni boshqa dasturlar bilan kompleks holda tahlil qilib chiqishi va operativ tarzda tegishli boshqaruv qarorini qabul qila bilishi lozim.
Bozor munosabatlari rivojlangan demokratik mamlakatlarda aynan mana shu vaziyatda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari samarali foydalanib keladigan tahlil usuli bor. Bu “samara / xarajat” usuli deb yuritiladi. Bu usulning mohiyati shundaki, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masala bo‘yicha mavjud barcha ma’lumotlarni shaxsan o‘zi o‘rganib, shu dasturni qabul qilish qancha xarajat talab qilishi va uni realizatsiya qilish qancha daromad keltirishiga o‘zi iqror bo‘lishi, olinishi mumkin bo‘lgan real daromad miqdorini amaldagi dastur ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashi lozimdir.
Nima uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masalani shaxsan o‘zi o‘rganib chiqib, shaxsan o‘zi qaror qabul qilishi lozim? – degan o‘rinli savol tug‘iladi. Sababi, aynan rahbar hisobga olishi lozim bo‘lgan juda ko‘p omillar vujudga keladi-ki, ularning ko‘plarini bevosita miqdor jihatdan o‘lchash imkoni bo‘lmaganligi uchun, mutaxassislar ularni e’tibordan chetda qoldirishadi, ya’ni hisobga olishmaydi. Masalan, yangi dasturni qabul qilish xo‘jalik yurituvchi subyekt imidjini ko‘tarishi, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishi, mehnat sharoitini yaxshilashi, ma’lumotlar ishonchlilik darajasini oshirishi va shu kabi bevosita miqdor jihatdan o‘lchab bo‘lmaydigan samaralarni berishi mumkin.
Juda ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlar mana shu masala borasidagi amaliyotlarida dasturlarni muvofiqlashtirish tadbirini ko‘p amalga oshirishadi. Buning uchun ular dastavval amaldagi dastur va taklif qilinayotgan loyihalar o‘rtasidagi farqli tomonlarni o‘rganishadi, so‘ngra taqqoslab ko‘rishadi va nihoyat ikkalasidagi eng ma’qul ko‘rsatkichlar doirasida muvofiqlashtirilgan dastur parametrlarini shakllantiradi. Muvofiqlashtirilgan dasurlar odatda uzoq muddatga, 2-3 yil, ba’zi vaqtlarda 5-10 yillarga mo‘ljallanadi va shunga muvofiq u oldindan tayyorlanadi. Muvofiqlashtirilgan dasturning muhim tomoni shundaki, unga asosan byudjet shakllanishi mumkin bo‘ladi. Aniqrog‘i, kelgusida
bo‘ladigan barcha tadbirlar aniq belgilangan bo‘ladi va bu o‘z navbatida endilikda ana shu tadbirlarning amalga oshirilish xarajatlarini sarf-hisob qilish va u xarajatlarni qoplash manbalarini belgilash imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |