A
|
B
|
Bir donasining bahosi
|
20
|
30
|
Bir donaning o‘zgaruvchan xarajati
|
14
|
18
|
Bir donaning marjinal foydasi
|
6
|
12
|
Marjinal foyda darajasi, foizda
|
30
(6:20)x100
|
40
(12:30)x100
|
Misolda «B» mahsulot ko‘proq foyda keltirishi ko‘rinib turibdi.
Faraz qilaylik, yillik ishlab chiqarish hajmi 1000 mashina-soat bo‘lib, bir soatda «A» mahsulotdan 4 dona va «B» mahsulotdan 1 dona ishlab chiqarish mumkin. U holda:
Ishlab chiqarish
|
|
|
Qimmatbaho jihozlar sotib olish zaruriyati
|
|
|
Мahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zgaruvchan xarajatlar
|
|
|
Sotib olish
|
|
|
Mahsulotni (qism, detalni) sotib olish bahosi
|
|
|
|
Shu tadbir natijasida bo‘shagan jihozlarni ijaraga berishdan tushadigan tushumlar
|
|
|
Mahsulot turi
|
A
|
B
|
Bir soatda ishlab chiqiladigan mahsulot soni
|
4
|
1
|
Bir dona mahsulotga to‘g‘ri kelayotgan marjinal
foyda (oldingi jadvaldagi)
|
6
|
12
|
Bir soatga to‘g‘ri keladigan marjinal foyda
|
24
|
12
|
1000 soatga to‘g‘ri keladigan marjinal foyda
|
24 000
|
12 000
|
Qaror: Ko‘rinib turibdiki, «B» mahsuloti emas, «A» mahsulotni ishlab chiqarishni joriy qilish lozim.
Ishlab chiqarish bo‘linmalari rahbariyati ko‘pincha u yoki bu mahsulotni o‘zi ishlab chiqarish yoki chetdan ayrim qismlarini, yoki barchasini to‘liq sotib olish muammosiga duch keladilar. Bu hamma ishlab chiqarish uchun umumiy katta muammodir, chunki bu yig‘uv operatsiyalarini bajarishni talab qiladi. “Sotib olish yoki ishlab chiqarish” qarorining asosiy muammosi – bu bunday qarorga relevant barcha xarajat va daromad elementlarini belgilashdan iboratdir.
Mahsulotlarni butlash uchun yig‘uv operatsiyalari talab qilinadigan “sotib olish yoki ishlab chiqarish” qarorini tanlash nafaqat ularni tayyorlashdagi tannarx va xarid narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqqoslash, balki, asosan bunday holatda bo‘sh qoladigan uskuna va boshqa ishlab chiqarish resurslaridan muqobil foydalanishini chuqur tahlil qilishga asoslangan bo‘lishi talab qilinadi.
Misol: Xo‘jalik yurituvchi subyekt tayyorlayotgan detali bo‘yicha quyidagi ma’lumot mavjud:
|
KO‘RSATKICHLAR
|
Detal tannarxi (p.b.da)
|
Jami 10000 detalga
|
bir dona detalga
|
1.
|
To‘g‘ri material xarajati
|
15000
|
1.5
|
2.
|
To‘g‘ri ish haqi xarajatlari
|
120000
|
12.0
|
3.
|
O‘zgaruvchan umumishlab chiqarish xarajatlari
|
60000
|
6.0
|
4.
|
Doimiy umumishlab chiqarish xarajatlari
|
75000
|
7.5
|
|
Jami xarajatlar
|
270000
|
27.0
|
Shunday detalni 24.0 p.b.da sotib olishga taklif bor, ya’ni sotib olish imkoniyati bor.
Faraz qilaylik, 75000 p.b.dagi doimiy umumishlabchiqarish xarajatlarining 45000 p.b.dagisi qanaqangi qaror qabul qilinishidan qat’i nazar o‘zgarmaydi. Bular, bor jihozlarning amortizatsiyasi, mol-mulk solig‘i, sug‘urta to‘lovlari, tsex boshqaruv apparati xodimlarining ish haqi va h.k. Shu holda har bir mahsulotga to‘g‘ri keladigan norelevant xarajatlar 4,5 p.b.ga teng (45000:10000).
|
RELEVANTLI KO‘RSATKICHLAR
|
Xarajatlar:
|
jami
|
bir dona detalga
|
ishlab
chiqarish
|
sotib
olish
|
ishlab
chiqarish
|
sotib
olish
|
1.
|
Sotib olish xarajatlari
|
|
240000
|
|
24
|
2.
|
To‘g‘ri material xarajatlari
|
15000
|
|
1.5
|
|
3.
|
To‘g‘ri ish haqi xarajatlari
|
120000
|
|
12.0
|
|
4.
|
O‘zgaruvchan umumishlabchiqarish xarajatlari
|
60000
|
|
6.0
|
|
5.
|
Doimiy umumishlabchiqarish xarajatlari
|
30000
|
|
3.0
|
|
Jami xarajatlar
|
225000
|
240000
|
22,5
|
24,0
|
Farqi: ishlab chiqarish
Foydasiga
|
15000
|
|
1.5
|
|
Jadvaldagi holatda detalni sotib olish qarori qabul qilinadigan bo‘lsa, bo‘shagan ishlab chiqarish hajmidan foydalanilmaydi, deb faraz qilingan.
Lekin, amaliyotda turli variantlar vujudga kelishi mumkin, masalan detalni sotib olish natijasida bo‘sh holatga kelayotgan jihozlarda yuqori miqdorda foyda keltiradigan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni bozorga taklif etish. Shu bilan birga qayd etish lozimki, aksariyat holatlarda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘sh bo‘ladigan jihozlardan foydalanish imkoni bo‘lmasa, shunday holatlarda detalni o‘zlari ishlab chiqishni ma’qul, deb hisoblashadi.
Faraz qilaylik, detalni sotib olish qarori qabul qilinadigan bo‘lsa, unda detalni ishlab chiqarish jarayonidan bo‘shagan jihozni ishlatishning ikki varianti mavjud:
Boshqa, marjinal foydasi 28 000 bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin;
8000 p.b.ga ijaraga berilishi mumkin.
Misol va farazlar natijasida vujudga kelgan ana shu to‘rtta variantning barchasini tahlil qilib, solishtirib ko‘rilsa, quyidagi jadval ma’lumotlariga ega bo‘linadi:
(bir dona detal uchun)
V A R I A N T L A R
|
|
Ko‘rsatkichlar
|
Ishlab chiqarish
|
Sotib olish
(bunda bo‘shagan jihozdan foydalanilmaydi)
|
Sotib olish (bo‘shagan jihozdan boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi)
|
Sotib olish (bo‘shagan jihozni ijaraga berish)
|
1.
|
Ijaraga berishdan olinadigan daromad
|
|
|
|
0.8
|
2.
|
Boshqa mahsulot ishlab chiqarishdan ko‘riladigan
|
|
|
2.8
|
|
|
marjinal foyda
|
|
|
|
|
3.
|
Detal xarajati
|
22.5
|
24.0
|
24.0
|
24.0
|
4.
|
Sof relevant xarajat
|
22.5
|
24.0
|
21.2
|
23.2
|
Mavjud variantlarni solishtirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu detalni sotib olib, o‘zi ishlab chiqarmaganligi uchun bo‘shab qolgan jihozlarda boshqa mahsulot ishlab chiqarib xaridorlarga realizatsiya qilishi eng samarali variantdir. Chunki, ushbu holatda xo‘jalik yurituvchi subyekt mavjud variantlar ichida eng kam (21.2) xarajat qiladi va shunga muvofiq uning oladigan foydasi miqdori eng yuqori darajada bo‘ladi.
Foyda bermayotgan segment taqdirini hal qilish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish (segment faoliyatini tugatish kerakmi yoki…?) uchun eng avvalo uning moliyaviy natijalari bo‘yicha ikkita hisobot (foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot) tayyorlanishi kerak bo‘ladi: birinchisi barcha elementlarni («to‘liq tannarx usuli») hisobga olgan holda va ikkinchisi «marjinal» usuldan foydalangan holda.
Yuqoridagi mavzular doirasida ko‘rib chiqilganidek bu yondashuv
sotish hajmi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo‘llaniladigan yondashuvga o‘xshaydi. Ammo, u holatda sotilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmining turi va optimal miqdori bo‘yicha boshqaruv qarori qabul qilinishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, ayni holatda esa foyda bermayotgan segment faoliyatini tugatish bo‘yicha xulosaga kelish talab qilinyapti. Aniqroq ifodalanadigan bo‘lsa oldingi vaziyatda maqsad – imkon qadar foyda miqdorini ko‘paytirish bo‘lgan bo‘lsa,
keyingi holatda – segment faoliyatini tugatish yoki uni ma’lum bir shartlarda olib qolishdir.
An’anaga muvofiq misol tarzida ushbu vaziyat bo‘yicha xulosalarimizni shakllantiramiz. Quyidagi jadvalda xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha segmentlari, shu jumladan keyingi taqdiri bo‘yicha qaror qabul qilish talab qilinayotgan «S» segmenti faoliyatini ifoda etuvchi foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotlari ko‘rsatkichlari aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |