1. Biznesning tijorat to‘lov qobiliyatini va uning rivojlanish istiqbollarini baholash maqsadida makromuhit tashqi omillari parametrlarining monitoring tizimini keyingi o‘rnatish bilan auditorlik yoki konsalting firmasi tomonidan yoki ichki audit xizmati tomonidan marketing auditini o‘tkazish. 2. Tashqi makromuhit va ichki mikromuhit monitoring tizimini o‘rnatish. 3. Rejalashtirish va byudjetlashtirish tizimini o‘rnatish. 4. Strategik boshqaruv hisobi tizimida foydalaniladigan uslubiyotlar tanlovi. 5. Ichki va strategik tahlildan foydalangan holda strategiyani amalga oshirish natijalari tahlili. 6. Boshqaruv obyektlarining kesimida strategik audit va boshqaruv auditini o‘tkazishni taxmin qiladigan ichki nazorat tizimi doirasida boshqaruv auditini amalga oshirish uslubiyatlarini
taklif etgan.
V.E. Kerimov [6]
Jarayonma-jarayon va tezkor yondashuvlar orqali strategik
hisobni tashkil qilish uslubiyati ishlab chiqilgan.
S.P. Suvorova [12]
1. Boshqaruv hisobi (BH)ning tashkiliy-funksional xususiyatlari tahlili: BH tizimining umumiy tasnif va holati tahlili, BH tashkiliy tuzilmasining tahlili, mas’uliyat markazlari bo‘yicha BHni yurituvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisob siyosati tahlili, ularning faoliyat turlari hisobi tahlili, BHning kadrlar ta’minoti tahlili. 2. Strategik boshqaruv hisobi (SBH)ni mustaqil tizim sifatida tashkil etishning texnik-iqtisodiy asoslanganligi (TIA): SBHning mustaqil tizim sifatidagi TIA ishlanmasi, xo‘jalik yurituvchi subyektning SBH to‘g‘risidagi boshqaruv qarorining qabul qilinishi, SBHning mustaqil tizim sifatida tartibga solinishi.
3. SBHning tarkibiy tuzilmasi: xo‘jalik yurituvchi subyektning SBH tuzilmasi, SBHning kadrlar ta’minoti, SBHning texnik ta’minoti, SBH ko‘rsatkichlari kompleksining shakllanishi. 4. SBH faoliyati modelining shakllanishi: SBH faoliyati modeli ishlanmasi, SBHning korxona menejmenti bilan o‘zaro bog‘liqlik ko‘rsatkichlari va shakllari tanlovi, mas’uliyat markazlari bo‘yicha axborot oqimining shakllanishi, SBH haqidagi tartibning tasdiqlanishi. 5. SBH monitoringi: SBHning haqiqiy holati bahosi, SBH ma’lumotini optimallashtirish va himoyalash, strategik maqsad va vazifalarga erishish maqsadida tahlil va nazorat qilish, SBHni avtomatlashtirish.
I.V. Yarkova [17]
1. Strategik xarajatlar hisobini tashkil qilish. 2. Strategik tahlilni o‘tkazish. 3. Maqsadli muvozanatlangan ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish. 4. Byudjetlashtirish tizimiga maqsadli muvozanatlangan ko‘rsatkichlarni kiritish (moslashtirish). 5. Strategik byudjetlashtirish tizimini
shakllantirish.
T.N. Muzika [7]
Strategik hisobning buxgalteriya modelini shakllantirish.
Strategik hisobning axborot maydonini aniqlash va shakllantirish. 3. Strategik hisob doirasida qo‘llaniladigan mexanizmlarni aniqlash. 4. Strategik hisob doirasida qo‘llaniladigan algoritmlarni aniqlash. 5. Strategik boshqaruv tizimida natijali ko‘rsatkichlarni aniqlash. 6. Strategik nazorat. 7. Strategik tahlil.
Strategik boshqaruv hisobini tashkil etishda eng avvalo har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘ziga xos tomonlarini e’tiborga olib, uning ichki tartibini, kerak bo‘lsa qonun-qoidalarini ishlab chiqish zarur. Bu jarayonda, eng avvalo, strategik boshqaruv hisobining har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida tartibga solishning quyidagi beshta darajasini albatta e’tiborga olish kerak: konseptual asoslarni qamrab olgan birinchi daraja; umumiy hujjatlarni o‘z ichiga olgan ikkinchi daraja; ishchi hujjatlarni o‘z ichiga olgan uchinchi daraja; strategik hisobotni shakllantirish tartibini tartibga soluvchi hujjatlarni o‘z ichiga oluvchi to‘rtinchi daraja; strategik boshqaruv hisobi uslubiyatini qo‘llash xususiyatlariga bag‘ishlangan maxsus standartlarni o‘z ichiga olgan beshinchi daraja.