Boshqaruv hisobi


rasm Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish tizimidagi moliyaviy oqimi



Download 1,19 Mb.
bet120/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

rasm Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish tizimidagi moliyaviy oqimi


Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari strategik tahlili uslubiy majmuasi iqtisodiy tahlilning quyidagi maxsus usul va uslublaridan tashkil topadi: mutlaq qiymatlar usuli, nisbiy qiymatlar



usuli, taqqoslash, guruhlashtirish, jadvalli usul, balansli usul, zanjirli almashtirish usuli va sh.k.
Shunday qilib, xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatini aks ettiruvchi buxgalteriya o‘tkazmalarining barcha, nafaqat moliyaviy va pul oqimlarini aniqlashtirishda ba’zi ilmiy ishlarda ko‘rib chiqiladiganidek pul vositalari hisoblari bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkazmalar yig‘indisi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari shakllanishini aks ettiradi.
Moliyaviy pul oqimlari tahlili uch bosqichda amalga oshiriladi.

  1. Sof pul oqimlari tahlili (pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarining sof o‘sishi (kamayishi)).

  2. Alohida faoliyat turlaridan keladigan sof pul (sof pul mablag‘lari) oqimlari tahlili.

  3. Xususiy pul oqimlari tahlili.

Sof pul oqimlari tahlili xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat yo‘nalishlari kesimida (asosiy faoliyati, investitsion va moliyaviy faoliyatlar) olib boriladi: joriy faoliyatdan keladigan sof pul oqimi, investitsion faoliyatdan keladigan sof pul oqimi va moliyaviy faoliyatdan keladigan sof pul oqimi – va natijaviy sof pul oqimlari trend va vertikal tahlilini, uning asosiy qismlari trend tahlili, shuningdek omillarning (ya’ni, qismlarining) uning chetlashishiga ta’sir qilishini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir faoliyatidan (joriy, investitsion va moliyaviy) keladigan sof pul oqimlari tahlili ushbu faoliyat turlari bilan bog‘liq bo‘lgan jami pul oqimlari kelishi va ketishi kesimida olib boriladi. Har bir faoliyatdan keladigan jami pul oqimlari kelishi va ketishi tahlili jarayonida ularning alohida tarkibiy elementlariga (xususiy pul oqimlari) ajratiladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir faoliyatidan keladigan sof pul oqimlari tahlili sof pul oqimlarining trend va omiliy, shuningdek jami pul oqimlarining kelishi va ketishi trend va vertikal tahlilini o‘z ichiga oladi. Bunda jami pul
oqimlarining kelishi va jami pul oqimlarining ketish tuzilmalari alohida tahlil qilinishi uning xususiyatini ko‘rsatadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir faoliyati bilan bog‘liq va jami pul oqimlari kelishi va ketishini shakllantiradigan xususiy pul oqimlari, ya’ni pul oqimlarining kelishi va ketishi tahlili ularning eng asosiy: miqdor, davomiylik, davriylik, sinxronlilik, risk va tezlik tasniflarini tadqiq qilishga qaratilgan.
Moliyaviy pul oqimlari tahlili yakunida har bir tahlil bosqichida qilingan xususiy xulosalar birlashtiriladi va ular asosida umumiy xulosa chiqariladi, shuningdek zarurat tug‘ilganda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida moliyaviy pul oqimlarini optimallashtirishga qaratilgan kompleks tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning pulsiz moliyaviy oqimlari tahlili qoidaga binoan buxgalteriya balansi (pul mablag‘laridan tashqari), shuningdek ba’zi hollarda foyda va zararlar haqidagi hisobot moddalari bo‘yicha olib boriladi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Buxgalteriya balansi bo‘ycha jami sof moliyaviy oqim tahlili.

  2. Buxgalteriya balansi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqimlar matritsasining shakllanishi.

  3. Buxgalteriya balansi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqimlarning qiyosiy tahlili.

  4. Foyda va zarar hisoboti bo‘yicha moliyaviy oqimlar tahlili.

Buxgalteriya balansi bo‘yicha jami sof moliyaviy oqim, ya’ni buxgalteriya balansi umumiy qiymatining mutlaq chetlanishi tahlili, sof moliyaviy oqimning vertikal tahlili, sof moliyaviy oqimlar moddalari bo‘yicha tahlilining amalga oshirilishini, shuningdek buxgalteriya balansi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqimlar sifatida ko‘riladigan uning chetlanishiga ta’sir qiladigan omillarni aniqlashni nazarda tutadi. Bunda buxgalteriya balansi jami sof moliyaviy oqimining tahlili ikki tomonlama olib boriladi: balans aktivi miqdorining mutlaq o‘zgarishi
(aktivlarning sof oqimi) sifatida va balans passivi miqdorining mutlaq o‘zgarishi (passivlarning sof oqimi) sifatida.
Buxgalteriya balansi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqimlar matritsasining shakllanishi balansning aktivi hamda passivi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqimlarni bog‘lash, shu yo‘l bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlarining moliyalashtirish manbalarini aniqlash, shuningdek moliyalashtirish manbalari o‘zgarishining xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari o‘zgarishiga qanday tarzda ta’sir o‘tkazganligini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari tahlil jarayonida passivdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan buxgalteriya balansi aktivi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqim va aktivdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lmagan buxgalteriya balansi passiv moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqimlar ajratiladi.
Buxgalteriya balansi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy
oqimlarning qiyosiy tahlili xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati yo‘nalishlarini: mulkiy holati, moliyaviy barqarorlik darajasi, to‘lov qobiliyati va likvidlik darajasini baholash imkoniyatini beradi, balans moddalari bo‘yicha turli sof moliyaviy oqimlar o‘zaro taqqoslanadi, ularning o‘zgarishiga ta’sir qiladigan omillar ustida to‘xtalishga asos yaratiladi.
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot bo‘yicha moliyaviy oqimlar tahlili ham pul ham pulsiz qismlarni o‘z ichiga oluvchi o‘ziga xos moliyaviy oqimlar sifatida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy natijalar (soliqqacha bo‘lgan foyda, sotuvdan, operatsion moliyaviy natijadan, sotuvdan tashqari moliyaviy natijadan tushgan foyda va sof foyda) tahliliga qaratiladi. Tahlil jarayonida har bir moliyaviy natijadan pulli va pulsiz qismlarni ajratish hamda yuqorida ko‘rsatilgan algoritmlarga monand ularni alohida tahlil qilish kerak bo‘ladi. Tahlil jarayonida moliyaviy natijalarning o‘sishiga ta’sir etgan omillar (masalan, sotuvdan tushgan tushum) moliyaviy tushum oqimlari sifatida, moliyaviy natijalarning kamayishiga ta’sir etadigan omillar esa (masalan, soliq)
moliyaviy chiqim oqimlari sifatida ko‘rib chiqilishi maqsadga muvofiqdir.
Pulsiz moliyaviy oqimlar tahlili yakunida zarurat tug‘ilganda tahlilning aniq natijalari tomonidan aniqlanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida ularni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Shundan so‘ng, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida pullik va pulsiz moliyaviy oqimlarni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar uning moliyaviy oqimlarini optimallashtirish bo‘yicha yagona tavsiyalar majmuasiga birlashtiriladi.
Moliyaviy oqimlarni strategik rejalashtirish o‘z navbatida, moliya sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli, ya’ni strategik maqsadlariga erishishga yetaklaydigan uzoq muddatli moliyaviy rejalar ishlab chiqishiga qaratiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlarini strategik rejalashtirish natijasi – moliyaviy oqimlarning uzoq muddatli (5 yil va undan ortiq muddatga) harakatlanishi dasturini tuzish hisoblanadi. Moliyaviy strategiya xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanish strategiyasi (biznes-strategiya, korporativ strategiya) tarkibidagi substrategiyalardan biri sifatida ko‘riladi.
Shubhasizki, moliyaviy strategiya moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi tomonidan asosli ishlanmalar va avvalambor uning quyidagi jihatlari bo‘yicha ishlanmalarni talab qiladi:

  • moliyaviy strategiya umuman xo‘jalik yurituvchi subyektning bozor narxini ko‘tarilishiga qaratilgan bo‘lishi kerak;

  • moliyaviy strategiya ishlab chiqarish hajmining barqaror o‘sishini ta’minlashi kerak;

  • moliyaviy strategiya investitsion faollikning barqarorligini ta’minlashga olib borishi kerak;

  • moliyaviy strategiya investitsion faollikning barqarorligiga yordam berishi kerak;

  • moliyaviy strategiya kelishilgan bo‘lishi va albatta boshqa substrategiyalarga (ishlab chiqarish, marketing, kadrlar) zid bo‘lmasligi kerak;

  • moliyaviy strategiya xo‘jalik faoliyatiga manfaatdor shaxslar alohida guruhlari manfaatlarini inobatga olishi kerak.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ana shu moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi tomonidan batafsil ishlanma talab qiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy strategiya yo‘nalishlari oxir- oqibatda uning uzoq muddat davomida moliyaviy holati barqarorligini ta’minlashi, albatta moliyaviy jozibadorligini ta’minlashi, shuningdek uzoq muddatli istiqbolda moliyaviy qiyinchiliklar tug‘ilishini bartaraf etishi kerak.
Shuning uchun moliyaviy oqimlarning strategik rejalashtirilishi kamida xo‘jalik yurituvchi subyektning uzoq muddatli istiqbolida uning moliyaviy holatini baholovchi asosiy ko‘rsatkichlarining barqaror bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Moliyaviy oqimlar strategik boshqaruv hisobining roli bu o‘rinda moliya sohasida xo‘jalik yurituvchi subyektning harakat strategik vazifalari va strategik rejalarini aks ettiradigan ushbu ko‘rsatkichlarning (zarurat tug‘ilganda) adolatli tanlovida, asoslanishi va ishlab chiqishida namoyon bo‘ladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holatini baholash bo‘yicha tahliliy ko‘rsatkichlarni (moliyaviy koeffitsiyentlar) tanlab olish quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak, deb hisoblaymiz:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlarini strategik rejalashtirilishini samarali ta’minlashga xizmat qiladigan moliyaviy holatini har tomonlama baholashning ahamiyati;

  • moliyaviy koeffitsentlarning imkon qadar keng qamrovli bo‘lishi va shu bilan birgalikda ularning minimum miqdorda bo‘lishi;

  • balans tengligini hisobga olgan holda tengliklar tizimiga moslanishuvchan bo‘lishi.

Moliyaviy oqimlarni strategik rejalashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, moliyaviy koeffitsiyentlarning to‘rtta asosiy guruhlarini ajratish maqsadga muvofiqdir:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy holatini baholash;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy barqarorligini baholash;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov qobiliyati va likvidligini baholash;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning ish (biznes) faolligini baholash.

Moliyaviy oqimlarning strategik rejalashtirilishi asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holati barqarorligini 5 yil va undan ortiq muddatda, ya’ni uzoq muddatli istiqbolda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ularning maqsadli prognozlashtirilishi yotadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlarini prognozlashtirish uslubiyoti quyidagilarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

  1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini kompleks baholash maqsadida tanlab olingan moliyaviy koeffitsiyentlarning har birining mohiyati (masalan, moliyaviy holat reytingi orqali) va ahamiyati diapozoni belgilanadi.

  2. Buxgalteriya balansi, foyda va zarar hisoboti prognoz ma’lumotlari moliyaviy koeffitsiyentlar va balansli tenglamalardagi formulalardan tashkil topgan balans tenglamalar tizimini yechish orqali, moliyaviy koeffitsiyentlar va boshlang‘ich shartlar belgilagan ahamiyatlar – o‘zgarishlar ko‘zda tutilmagan yoki uning o‘zgarishlari oldindan aniqlangan foyda va zarar haqidagi hisobot yoki balans ko‘rsatkichlari asosida hisobga olinadi.

  3. Buxgalteriya balansi moddalari bo‘yicha sof moliyaviy oqimlar prognozi hisoblab chiqiladi.

  4. Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha moliyaviy oqimlarini bir-biri bilan bog‘lovchi tenglamalar tizimi yechimi orqali moliyaviy (kirim va chiqim) oqimlarning prognozi hisoblab chiqiladi.

  5. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari prognozi yakunlariga muvofiq uning moliyaviy strategiyasining shakllanishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Moliyaviy oqimlarni maqsadli prognozlashtirish jarayonida moliyaviy oqimlar strategiyasining bir necha variantlari ishlab chiqiladi hamda ushbu variantlarning eng maqbuli ko‘rsatilgan va har tomonlama asoslangan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga taqdim etiladi.
Moliyaviy oqimlarning strategik nazorati moliya sohasida qo‘yilgan strategik maqsadlarga erishishga bo‘lgan kuzatuv va nazoratdan hamda qaror qabul qilish jarayoniga qaytishni ta’minlashdan iborat. Bunday qaytishlar investitsion va moliyaviy qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish va zaruriyat tug‘ilganda maqsadlarni o‘zgartirish yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning maqsadlariga erishish yo‘liga qaytish uchun kerak bo‘lgan yo‘lni tanlash, maqsadlarni o‘zgartirish uchun zarurdir.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy oqimlarining strategik nazoratini ta’minlaydigan asosiy vosita - moliyaviy oqimlarning strategik rejalashtirilishini amalga oshirishda tanlab olingan moliyaviy koeffitsiyentlar hisoblanadi.
Bu bosqichda moliyaviy koeffitsiyentlarning haqiqiy miqdori ularning rejalashtirilgan darajasi bilan taqqoslanishini, ko‘rsatkichlarining har biri bo‘yicha chetlanishlarni aniqlash, chetlanishlarni keltirib chiqargan sabablarni tahlil qilish, moliyaviy oqimlarning uzoq muddatli rejasini tahlil qilish orqali kelib chiqqan chetlanishlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va mos ravishda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy strategiyasiga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish kabi muhim jarayonlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlarini boshqarishda strategik boshqaruv hisobining muhim qismi bo‘lgan aynan moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi bozor
iqtisodiyotining zamonaviy sharoitlariga adekvat va eng optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini beradigan samarali va tezkor axborot bazasini shakllantirish imkoniyatini yaratadi.



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish