Boshqaruv hisobi



Download 1,19 Mb.
bet118/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

T/r

Tasnif belgisi

Tasnif turi

1

Pul mablag‘lariga bo‘lgan munosabat bo‘yicha

    1. Moliyaviy pul oqimi

    2. Pulsiz moliyaviy oqimi

2

Harakat yo‘nalishlari bo‘yicha

    1. Moliyaviy kirim

    2. Moliyaviy chiqim

3

Moliyaviy faoliyatga ta’siri bo‘yicha

    1. Ijobiy moliyaviy oqim

    2. Salbiy moliyaviy oqim

4

Moliyaviy oqimning hajmi bo‘yicha

    1. Umumiy yoki miqdoriy moliyaviy oqim

    2. Sof moliyaviy oqim

5

Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining qaysi turlariga taalluqligiga qarab

    1. Joriy (asosiy) faoliyatdan keladigan moliyaviy oqim

    2. Investitsion faoliyatdan keladigan moliyaviy oqim

    3. Moliyaviy faoliyatdan keladigan moliyaviy oqim

6

Faoliyatga bo‘lgan munosabati bo‘yicha

    1. Tashqi moliyaviy oqim

    2. Ichki moliyaviy oqim

7

Moliyaviy-xo‘jalik jarayonlariga xizmat ko‘rsatish ko‘lami bo‘yicha

    1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning butun moliyaviy oqimi

    2. Xo‘jalik yurituvchi subyektning alohida tarkibiy tuzilmalari moliyaviy oqimi

    3. Alohida moliyaviy faoliyatning moliyaviy oqimi

8

Davomiyligi

    1. Qisqa muddatli moliyaviy oqim

    2. O‘rta muddatli moliyaviy oqim







8.3. Uzoq muddatli moliyaviy oqim

9

Davriyligi

    1. Davriy moliyaviy oqim

    2. Nodavriy moliyaviy oqim

10

Sinxronlik

    1. Sinxron moliyaviy oqim

    2. Asinxron moliyaviy oqim

11

Xavf (risk)

    1. Xavfli moliyaviy oqim

    2. Xavfsiz moliyaviy oqim

12

Tezlik

    1. Tezkor moliyaviy oqim

    2. Sekin moliyaviy oqim

13

Xajm yetarliligi bo‘yicha

    1. Ortiqcha moliyaviy oqim

    2. Optimal moliyaviy oqim

    3. Defitsit moliyaviy oqim

14

Yuzaga kelishini oldindan bilish bo‘yicha

    1. To‘laligicha oldindan prognoz qilinadigan moliyaviy oqim

    2. Qisman oldindan prognoz qilinadigan moliyaviy oqim

    3. Oldindan prognoz qilib bo‘lmaydigan moliyaviy oqim

15

Boshqaruv jarayonida nazorat qilish imkoniyati

    1. Tartibga solingan moliyaviy oqim

    2. Tartibga solinmagan moliyaviy oqim

16

Hisobot davriga nisbatan vaqti bo‘yicha

    1. Joriy davr moliyaviy oqimi

    2. Kelgusi davr moliyaviy oqimi

17

Muhimliligi darajasiga qarab

    1. Ustuvor moliyaviy oqim

    2. Ikkinchi darajali moliyaviy oqim

Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida qator davlatlarda yirik kompaniyalarning moliyaviy-iqtisodiy inqirozga uchrayotgani tufayli zamonaviy sharoitlarda har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlarini optimal boshqarishni ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu muhim vazifani esa samarali tarzda tashkil qilingan moliyaviy oqimlar boshqaruv hisobining nafaqat operativ-taktik, balki uni strategik darajada tashkil qilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi.


Samarali tarzda tashkil qilingan moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi uning moliyaviy oqimini boshqarish bo‘yicha samarali
tarzdagi moliyaviy qarorlarni qabul qilish asoslarini yaratadi – mulkdorlarning asosiy maqsadiga yetaklovchi eng samarali boshqaruv qarorlarining qabul qilinishini ta’minlaydi.
Agarda xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan bo‘lsa, u holda moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish maqsadida tuzilayotgan dastur ko‘rsatkichlarini asoslab beruvchi eng asosiy va muhim vositaga aylanadi.
Boshqacha qilib aytganda, moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi - bu xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy strategiyasini asoslab beruvchi vositadir.
Moliyaviy oqimlarning strategik boshqaruv hisobi doirasida moliyaviy oqimlarga va oqibatda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi nafaqat ichki, balki tashqi omillarning batafsil tahlili amalga oshirilishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari strategik boshqaruvi hisobi mohiyatini uning quyidagi vositalari orqali baholash mumkin:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini baholovchi nisbiy ko‘rsatkichlari (koeffitsiyentlari) tizimi;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari klassifikatsiyasi;

  • xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari matematik modeli.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini baholovchi nisbiy ko‘rsatkichlar (koeffitsiyentlar) tizimi – bu xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy strategiyasini uning moliyaviy-xo‘jalik operativ faoliyati bilan bog‘lab turuvchi moliyaviy oqimlar strategik boshqaruv hisobi vositasidir. Boshqacha qilib aytganda, bu tizim xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy strategiyasini muayyan maqsad va ko‘rsatkichlarga aylantirish imkoniyatini beradi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini baholash bo‘yicha nisbiy ko‘rsatkichlar (koeffitsiyentlar) tizimi orqali uning barcha yo‘nalishlarini: mulkiy ahvoli, moliyaviy barqarorlik darajasi, to‘lov qobiliyati va likvidlik darajasi, ish faolligi va shu kabilarni qamrab olishi lozim.
Uning yakuniy maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini obyektiv baholash va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlashga xizmat qilishi kerak.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy ahvolini baholash ko‘rsatkichlari uning aktivlari tarkibi, tuzilishi va dinamikasini ifodalaydi.
Moliyaviy barqarorlikni baholash ko‘rsatkichlari xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivlari va passivlarining tarkibi, ularning tarkibiy tuzilishi va dinamikasini aks ettiradi va uning qarz orqali moliyalashtirish manbalaridan mustaqilligini ifodalaydi.
To‘lov qobiliyati va likvidlik darajasi ko‘rsatkichlari xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha majburiyatlari uchun to‘lash qobiliyatini hamda qisqa muddatli majburiyatlarni to‘lash imkoniyatlarini, shuningdek ko‘zda tutilmagan xarajatlar vujudga kelgan taqdirda ular bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini ifodalaydi.
Ishbilarmonlik faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari xo‘jalik yurituvchi subyekt resurslaridan foydalanish intensivligini (kapitalning aylanish koeffitsiyenti), faoliyat samaradorligi va xo‘jalik yurituvchi subyekt resurslaridan foydalanishni (rentabellik koeffitsiyenti) va xo‘jalik yurituvchi subyektning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi (bozor faoliyati koeffitsiyenti) holatini ifodalaydi.
Bunda har bir ajratib ko‘rsatilgan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini barcha yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks baholash, shuningdek har bir yo‘nalishni uning tashkiliy qism elementlari kesimida, maqsad va vazifalarini, ayrim ko‘rsatkich va harakatlarini ko‘rib chiqish lozim.
Odatda, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy holatining barcha yo‘nalishlari bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi va shunga muvofiq, uning bir yo‘nalishini baholash uchun shakllantirilgan ko‘rsatkichlardan boshqa yo‘nalish holatini baholash uchun ham foydalanish mumkin.
Shu bilan bir qatorda e’tirof etish kerakki, moliyaviy holatni ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biriga haddan tashqari e’tiborni kuchaytirib yuborish kerak emas, chunki u boshqa yo‘nalishlar orasidagi munosabatlarning buzulishiga olib kelishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatini baholash jarayoni keng ko‘lamli bo‘lishi kerak, ya’ni, moliyaviy holatni baholash nisbiy ko‘rsatkichlarini (koeffitsiyentlari) uning kompleks baholashga qaratilgan modellari bilan bog‘lash maqsadga muvofiq (misol uchun, rentabellikning eng muhim ko‘rsatkichlari omilli modellari bilan yoki bankrot bo‘lish ehtimolini oldindan prognoz qilishning iqtisodiy-statistik omillari bilan).
Moliyaviy oqimlar strategik boshqaruv hisobining ikkinchi vositasi
– bu yetarlicha ko‘p sonli, muhimlari jadvalda keltirilgan belgilar bo‘yicha amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari va uning matematik modeli qurilishi asosida yotgan klassifikatsiyasidir.
Moliyaviy oqimlar strategik boshqaruv hisobining uchinchi vositasi – bu xo‘jalik yurituvchi subyektning qiymat ifodasidagi moliyaviy va moddiy resurslar harakatini aks ettiradigan moliyaviy oqimlarning matematik modelidir (3-rasm).
Ushbu model xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlari va ularning o‘zaro bog‘liqligini tasvirlaydigan tenglamalar tizimini o‘zida aks ettiradi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy va xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish va moliyaviy oqimlarini optimallashtirish imkoniyatlarini belgilaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy oqimlar strategik boshqaruv hisobi jarayoni nafaqat moliyaviy oqimlar hisoblarini, balki quyida keltirilgan uchta elementlarni ham o‘z ichiga oladi (2-rasm):

  • moliyaviy oqimlarning strategik tahlili (MOST);

  • moliyaviy oqimlarni strategik rejalashtirish (MOSR);

  • moliyaviy oqimlarning strategik nazorati (MOSN).


MOST



Qayd etish kerakki, moliyaviy oqimlar strategik boshqaruv hisobining ana shu rasmdagi elementlaridan birini boshqalaridan ajratish qiyin.




Tashqi omillar









Ichki omillar va moliyaviy

MOSR

MOSN



ko‘rsatkichlar
Tashqi omillar








Tashqi omillar



Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish