Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining asosiy nomoliyaviy ko‘rsatkichlari
Blok nomi
|
Nazoratdagi ko‘rsatkichlar
|
Xo‘jalik yurituvchi subyektning bozor faolligi darajasini ifodalovchi
|
Ishlab chiqiladigan mahsulot (ish, xizmat) bahosi, ularni xaridorlarga uzluksiz yetkazib berish darajasi, iste’molchining talablari qondirilishi darajasi, sifat va baho darajasi, xo‘jalik yurituvchi subyektning shu tovar turi bo‘yicha ichki va tashqi bozorda egallab turgan darajasi, bozordagi shu tovar bo‘yicha raqobat darajasi va sh.k.
|
Ichki faoliyat faolligi darajasini ifodalovchi
|
Uskunalarni o‘z vaqtida diagnostikadan o‘tkazish, ehtiyot qismlarni to‘liq va sifatli yetkazib berish, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatning darajasi va sh.k.
|
Xodimlarning intellektual
|
Xo‘jalik yurituvchi subyekt menejerlari va mutaxassislarining malakasi, tayyorgarligi, ko‘nikmalari,
|
salohiyatini ifodalovchi
|
zamonaviy informatsion va kommunikatsion texnologiyalarni hamda chet tillarini bilish darajasi, ichki va tashqi bozor mexanizmini tushunish va unda xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘rnini belgilay olish, unda samarali faoliyat olib bora olish ko‘nikmalari va sh.k.
|
va sh.k.
|
|
ko‘rsatiladigan xizmat sifatini ochib beradigan ko‘rsatkichlar, iste’molchilarning taklif qilinayotgan tovar (ish, xizmat)dan qoniqish darajasi, bozor ulushi hajmi va boshqalarni birlashtiruvchi – bozor faolligi ko‘rsatkichlari;
ichki texnologik, tashkiliy, axborot biznes-jarayonlarning xususiyati va yo‘naltirilganligini ochib beradigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan – ichki xo‘jalik faoliyati faolligi darajasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar;
innovatsion va investitsiya faolligi ko‘rsatkichlari bo‘lib xizmat qiladigan ko‘rsatkichlar, shuningdek kadrlar bilan ishlashni o‘z ichiga olgan – rivojlanish qobiliyati ko‘rsatkichlari va shu kabilar.
SSKM tizimi faolligining asosiy sharti nafaqat u yoki bu ko‘rsatkichlar tanlovi, balki tahliliy tizimdagi turli elementlar o‘rtasida o‘zaro ichki kelishuvining mavjudligi hisoblanadi, chunki undagi sabab- natijaviy bog‘liqlik murakkab xususiyatga ega, har doim ham tekis emas. SSKM tizimining o‘ziga xos xususiyati uning dinamikligi va egiluvchanligidir. Chunki, tanlangan strategiyani amalga oshirish jarayonida oldindan aniqlangan strategik maqsad va vazifalarga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, ularga tegishli bo‘lgan SSKM bloklari tarkibi ham ular o‘rtasidagi aloqalar xususiyati kabi qayta ko‘rib
chiqilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning strategik boshqaruv hisoboti mas’uliyat markazlarida shakllanadigan biznes-rejalar va joriy byudjetlar shakllanishi hamda bajarilishini inobatga olingan holda tuzilishi kerak.
Ushbu tizimdagi asosiy manba, ya’ni hisobot shakli sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining asosiy
ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan “strategik prognoz balansi” shaklini tuzish kerak bo‘ladi. U yalpi ko‘rinishda tuziladi hamda yaqin strategik istiqbolda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini baholash imkonini beradigan tahliliy ko‘rsatkichlarni umumlashtiradi.
Strategik boshqaruv hisobi vositasi sifatida tanlab olingan strategik prognoz balansi xo‘jalik yurituvchi subyektning strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha joriy faoliyatni tartibga solish imkoniyatini beradi. Bunday tartibga solish jarayoni nazorat ko‘rsatkichlarini rejalashtirilgan va haqiqiy erishilgan miqdorlarni taqqoslash yo‘li bilan qayta aloqa tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi.
9-rasm strategik prognoz balansini shakllantirishning asosiy bosqichlarini kuzatish va alohida bosqichlar orasidagi ichki o‘zaro aloqalarni aniq ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Chetlashish alohida mas’uliyat markazlari darajasidagi kabi butun xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha, shuningdek o‘rta tarmoq ko‘rsatkichlariga nisbatan ham belgilanadi.
Shunday qilib, boshqaruvning strategik va operativ darajalari orasidagi doimiy moslik ushlab turiladi va joriy operativ va strategik prognozlar va rejalarning muhim moslashuvi ta’minlanadi.
Strategik boshqaruvning amalga oshirilishi strategik prognoz balansi tahlili shakllanish jarayonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uch funksional maydon orqali ifodalanadi:
strategik qarorlar qabul qilish va yangi vazifalarni shakllantirish;
strategik prognoz balansida belgilangan moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar va SSKM kuzatish yo‘li orqali belgilangan strategiyaga erishish holatini doimiy va uzluksiz tarzda monitoring qilib borish;
strategik yo‘nalishlarning o‘zgarishini va tanlangan strategiyani qayta ko‘rib chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |