To‘lanadigan xarajatlarni rejalashtirish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusi oy uchun pul mablag‘lari byudjetini tuzdi. Unda tovarlar zaxirasi bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Oy boshidagi zaxira
|
180 000
|
Oy davomida sotilishi mumkin bo‘lgan tovarlar tannarxi
|
900 000
|
Oy oxiriga qolishi mo‘ljallanayotgan zaxira
|
160 000
|
Oy boshlanguncha xarid qilingan tovarlar uchun shu oyda to‘lanadigan mablag‘lar
|
210 000
|
Hisobot oyida shu oyda xarid qilingan tovarlar uchun to‘lovlar
|
80 foiz
|
Talab qilinadi:
Xarid qilinayotgan tovarlar uchun shu hisobot oyida qancha mablag‘ to‘lanishi lozimligini toping.
Pul mablag‘lari byudjetining elementlari Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
|
1-variant
|
2-variant
|
Pul mablag‘larining boshlang‘ich qoldig‘i
|
4 200
|
3 700
|
Tushimi kutilayotgan pul mablag‘lari
|
98 000
|
73 600
|
Kutilayotgan to‘lovlar
|
89 000
|
80 800
|
Oy oxiriga qolishi kutilayotgan qoldiq
|
8 000
|
9 500
|
Talab qilinadi:
Xo‘jalik yurituvchi subyekt qancha mablag‘ni qarzga olishi lozimligini yoki qarzlari va to‘lovlarni to‘lash uchun o‘z mablag‘i yetishi mumkinligini toping. Har ikkala variantni ham mustaqil ishlang.
Ishlab chiqarish byudjetini tayyorlash
Xo‘jalik yurituvchi subyekt darvozalar ishlab chiqaradi. Kelgusi yil uchun sotuv hajmi bo‘yicha istiqbol reja quyidagicha, (donada):
Yanvar
|
50 000
|
iyul
|
40 000
|
Fevral
|
40 000
|
avgust
|
50 000
|
Mart
|
60 000
|
sentabr
|
60 000
|
Aprel
|
70 000
|
oktabr
|
70 000
|
May
|
60 000
|
noyabr
|
80 000
|
Iyun
|
50 000
|
dekabr
|
60 000
|
Kelgusi yil yanvar oyi uchun sotuv hajmining istiqbol rejasi – 60 000 dona eshik. Shu yil yanvar oyi boshiga bo‘lgan qoldiq – 15 000 dona. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tovar (eshik) zaxirasi bo‘yicha quyidagi tamoyilga amal qiladi: minimal zaxira miqdori 15 000 donadan kam bo‘lmasligi va maksimal miqdori – kelgusi oyda sotilishi rejalashtirilgan miqdorning yarmisiga teng bo‘lishi lozim. Maksimal ishlab chiqarish quvvati – bir oyga 65 000 dona eshik.
Talab qilinadi:
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib kelgusi yil uchun, har oydagisini alohida ko‘rsatgan holda, ishlab chiqarish byudjetini tuzing.
Kelgusi yilning 31-dekabr kuniga qoladigan oxirgi qoldiq miqdori qanchaga teng bo‘ladi?
4. Materiallar xaridi byudjeti
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yog‘och eshiklar ishlab chiqaradi. Kelgusi yil uchun sotuv hajmi bo‘yicha dastlabki besh oylik istiqbol reja quyidagicha (donada):
Iyun
|
50 000
|
Yanvar
|
10 800
|
Fevral
|
15 600
|
Mart
|
12 200
|
Aprel
|
10 400
|
May
|
9 800
|
Har oyning oxiridagi tayyor mahsulot qoldig‘i, kelgusi oyda sotilishi belgilangan miqdorning 25 foiz hajmida bo‘lishi lozim. Yanvar oyining dastlabki kunida ombordagi shu mahsulot qoldig‘i 2 700 dona bo‘lgan. Oy oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish qolmaydi. Bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikki xildagi materiallardan quyidagicha miqdorda kerak bo‘ladi:
Har oyning oxiridagi materiallar qoldig‘i, kelgusi oyda ishlatilishi belgilangan miqdorning yarmisi hajmida bo‘lishi lozim.
Talab qilinadi:
Kelgusi yilning I-kvartalidagi har bir oy uchun xarid qilinishi lozim bo‘lgan materiallar miqdorini toping – materiallar xaridi byudjetini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |