Boshqaruv hisobi


-BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI VA BIZNESNING TARKIBI BO‘YICHA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH



Download 1,19 Mb.
bet101/198
Sana24.06.2022
Hajmi1,19 Mb.
#698090
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   198
Bog'liq
BOSHQARUV HISOBI nashriyot (4)

10-BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI VA BIZNESNING TARKIBI BO‘YICHA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH





  1. §. Investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish.

  2. §. Biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va boshqaruv samaradorligini baholash.

  3. §. Rivojlangan mamlakatlarning biznesni boshqarish tajribasi.



Mazuning maqsadi


Ushbu mavzu doirasida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy faoliyatlaridan biri – investitsiya, ya’ni kapital quyilmalar samarasini oshirish bo‘yicha tezkor va asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya faoliyati - u tomonidan erkin mablag‘ va aktivlarini daromad olish maqsadida iqtisodning turli tarmoqlariga ma’lum vaqtga joylashtirishi tushuniladi. Mavzu doirasida ana shu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni investitsiya jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan “alternativ xarajatlar”, murakkab foizlar va diskontlashtirish, shuningdek, sof keltirilgan qiymat tushunchalarining mohiyati yoritilgan.


Shuningdek, mavzu doirasida biznes tarkibini o‘zgartirish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish asoslari, boshqarish samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari, usullari ham atroflicha ko‘rib chiqilgan. Rivojlangan bozor munosabatlariga ega davlatlarda biznesni boshqarish borasidagi ijobiy tajribalar keltirilgan.

1-§. Investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Investitsiya loyihalari bo‘yicha boshqaruv qarorlari – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tomonidan kelgusida daromad olish maqsadida joriy davrda qilinishi mo‘ljallanayotgan xarajatlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishi tushuniladi. Oddiyroq tarzda ifoda qilinadigan bo‘lsa – xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qilinadigan barcha xarajatlar kelgusida daromad olish maqsadiga qaratilgan bo‘ladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiyalar yo‘naltiriladigan sohalariga ko‘ra ishlab chiqarish va moliyaviy investitsiyalarga bo‘linishi e’tirof etiladi.
Ishlab chiqarish sohasiga qilingan investitsiya xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining muayyan sohasi va turiga, real kapital o‘sishiga, ya’ni ishlab chiqarish vositalari, aylanma mablag‘lar qiymatining o‘sishiga, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini rivojlantirishga asosiy omil bo‘luvchi xarajatlardir.
Moliyaviy sohaga qilingan investitsiyalar esa qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy quyilmalarga qilingan xarajatlarni ifodalaydi. Bu xarajatlar bevosita moddiy kapitalni ko‘paytira olmaydi, ammo xo‘jalik yurituvchi subyektga qo‘shimcha foyda keltiradi. Qo‘shimcha foyda tarkibiga qimmatli qog‘ozlar kursining vaqtga qarab ijobiy o‘zgarishi yoki ijobiy valyuta tafovuti kiritiladi.
Investitsiya pul mablag‘larining biror-bir sohaga ma’lum muddatga sarflanishiga qarab, uzoq (1 yildan ortiq) va qisqa muddatli (1 yilgacha) investitsiyalarga bo‘linadi.
Investitsiya xarajatlari faqat kelgusida daromad keltirganligi bois investitsiya faoliyati xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli, xo‘jalik yurituvchi subyektlar oqilona investitsiya qarorlari qabul qilish uchun dastlab taklif etilayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashlari hamda ularning ko‘p mablag‘ talab qiladigan tomonlari haqida aniq ma’lumot olishga harakat qilishlari lozim.
Investitsiya loyihasi aniq, puxta o‘ylangan g‘oyaga, g‘oya esa o‘z navbatida aniq maqsadga ega bo‘lgan, maqsadni amalga oshirish uchun investitsiya qo‘yilishini talab qiladigan xarajat dasturidir.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkita sharti mavjud: loyihaga ma’lum miqdorda mablag‘lar sarflash zaruriyati, mablag‘larni sarflash va qoplash hamda foyda olish o‘rtasida muayyan vaqt mavjudligi.
Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • investitsiya g‘oyalarining shakllanishi, ya’ni g‘oyani tanlash va dastlabki asoslash, ekologik nuqtayi-nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish davomida qo‘yiladigan talablarga javob berish;

  • investitsiya imkoniyatlarini izlash, ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga yoki xizmat turiga bo‘ladigan talabni o‘rganish, loyiha ishtirokchilari tarkibi bo‘yicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash;

  • loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;

  • loyihaga oid talab qilinadigan hujjatlarni tayyorlash;

  • loyihalar savdolarida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rish;

  • loyihani amalga oshirish bo‘yicha investorlar bilan muloqotlar;

  • investitsiya loyihalari bo‘yicha yakuniy hujjatlarini tayyorlash;

  • talab qilinadigan qurilish - montaj ishlarini bajarish;

  • obyektni tajribadan o‘tkazish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar darajasi va investitsiya obyektini loyiha quvvatiga yetkazish.

Har bir jismoniy yoki yuridik shaxs qimmatli qog‘ozlar bozorida taklif qilinayotgan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilib, daromad olishi mumkin. Umuman risk qilishni xohlamaydiganlar esa, davlat tomonidan muomalaga chiqariladigan qimmatli qog‘ozlarga o‘z mablag‘larini sarflashi, shunga muvofiq uzoq yillar uzluksiz tarzdagi daromadga ega bo‘lishlari ham mumkin. Ikkinchi variant – bu qimmatli qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘ladigan turli xil xo‘jalik yurituvchi subyektlar, kompaniya va korporatsiyalarning qimmatli qog‘ozlari, shu jumladan aksiyalarini sotib olish masalasi. Mabodo, qimmatli qog‘ozlar
bozoridan oddiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari xarid qilinadigan bo‘lsa, ular bo‘yicha daromad davlatning qimmatli qog‘ozlari kabi muntazam tarzda hamda bir xil hajmda bo‘lmasdan, yillar kesimida turli xil bo‘ladi. Chunki, ularning har yilgi faoliyati natijalari har xil bo‘ladi va ana shu natijalariga ko‘ra qimmatli qog‘ozlariga daromad hisoblab berishadi. Odatda, investorlar sarflayotgan mablag‘lari bo‘yicha risk qilishni yoqtirishmaydi va shunga muvofiq tarzda imkon qadar riskdan qochishadi. Lekin, yuqori miqdorda daromad olish istagi ham barcha uchun begona emas. Daromad miqdori qancha o‘sib borsa, risk darajasi ham shuncha oshib boraveradi.
Faraz qilaylik, davlat tomonidan muomalaga chiqarilgan birinchi darajali obligatsiyalar bo‘yicha yillik daromad miqdori 10% teng. Shunday holatda, qimmatli qog‘ozlar bozoridagi aksiyalar bo‘yicha taklif qilinayotgan yillik daromad miqdori 10% dan yuqori bo‘lsagina ularni sotib olish mumkin bo‘ladi. Farazimizni davom ettiraylik, fond birjasida xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan taklif qilinayotgan aksiyalar bo‘yicha kutilayotgan yillik o‘rtacha daromad miqdori 15%. E’tibor beriladigan bo‘lsa, bu yerda faqat kutilayotgan daromad miqdori haqida mulohaza yuritilishi mumkin, chunki, davlat obligatsiyalariga to‘lanadigan muntazam tarzdagi va aniq miqdordagi daromad kabi bu yerda ishonch bilan shuncha daromad olaman deb, oldindan hisob-kitob qilib bo‘lmaydi. Kutilayotgan ana shu daromad miqdori ba’zi yillari ko‘proq va aksincha, ba’zi yillari kamroq bo‘lishi mumkin.
Davlat tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar uchun belgilangan daromad miqdorining muntazam va aniq miqdorda hamda uzluksiz tarzda to‘lab borilishi tufayli – shu yo‘nalishga qilingan kapital quyilmalar miqdorini kapital quyilmalar bo‘yicha alternativ xarajatlar, deb hisoblashadi. Chunki, shu sohaga sarflagan kapital quyilmalar miqdori shartnomadagi muddat davomida xo‘jalik yurituvchi subyekt oborotidan chiqariladi, ularni ana shu xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqa sohaga investitsiya qila olmaydi, aniqrog‘i,
ma’lum bir muddatga (odatda, uzoq muddatga) u shu xo‘jalik yurituvchi subyekt tasarrufidan chiqariladi.
Investitsiyalar bo‘yicha alternativ xarajatlarni – foyda me’yorining minimal miqdori, investitsiya kapitali qiymati, diskontlashtirish stavkasi, shuningdek investitsiya foizi stavkasi deb ham nomlashadi.

FOYDA
Fond birjasida muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarning alternativ xarajatlari miqdori, ya’ni foyda me’yorining minimal miqdori to‘g‘risida ular bo‘yicha olinishi mumkin bo‘lgan daromad miqdoriga qarab hisoblash mumkin bo‘ladi. Risk xavfi qancha yuqori bo‘lsa, shunga muvofiq tarzda foyda miqdori ham shuncha yuqori bo‘ladi. Quyidagi rasmda investitsiyalar bo‘yicha risk xavfi oshib borishi bilan, investitsiya qilingan kapital bo‘yicha olinadigan foyda miqdori ham oshib borishi aniq tasvirlangan (rasm).


Rasmdan ko‘rinib turibdiki, investitsiyalar bo‘yicha foyda me’yorining minimal miqdori, davlat tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha e’lon qilingan miqdorga - 10% teng. Shunga muvofiq tarzda, xo‘jalik yurituvchi subyekt 10% teng va undan yuqori bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishi kerak. Shu holatda investitsiya bo‘yicha risk xavfi “nol”ga teng deb hisoblanadi. Mabodo, investitsiya loyihasi 10% dan kam miqdorda daromad keltiradigan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt bunday loyihaga investitsiya qilishi kerak emas.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqadiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari oldida investitsiya loyihalari bo‘yicha qaror qabul qilishlariga bir necha omillar ta’sir etadi. Xususan, kapital quyilmalarni amalga oshirish bo‘yicha tayyorlanayotgan investitsiya loyihalarining daromadlilik darajasini hisoblash va ularni qimmatli qog‘ozlar bozori tomonidan taklif etilayotgan loyihalar bilan taqqoslash, loyihalar bilan bog‘liq bo‘lgan risk xavfini hisoblash. Xuddi ana shu muhim tadbir, ya’ni loyihalarni taqqoslash – pul mablag‘lari bo‘yicha diskontlashtirilgan tushum tahlili orqali amalga oshiriladi. Bu tahlil murakkab foizlarni hisoblash tahlilining teskari tamoyiliga asoslangan tahlil usulidir. Diskontlashtirilgan tushum tahlili usulining ishlash mexanizmini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, xo‘jalik yurituvchi subyekt har yili 10% daromad keltiradigan qimmatli qog‘ozlarga jami 100 000 pul birligini 5 yil muddatga investitsiya qilmoqda. Olinishi mumkin bo‘lgan daromad har yili qayta reinvestitsiya qilinadigan bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektning 5 yil yakuni bo‘yicha oladigan kapitali miqdori 161 051 p.b. tashkil qiladi (jadval).
Jadval

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   198




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish