Qattiq jismlarda diffuziya jarayoni juda sekin ketadi. Masalan, silliqlangan qo’rg’oshin plastinka bilan oltin plastinkani ustma – ust qo’yib, ularning ustiga yuk qo’yilgan. Uy temperaturasi (taxminan 200 C) sharoitida 5 yildan keyin qorgoshin plastinka bilan oltin plastinka zarralari bir-biriga 1 sm gacha ko’chib, singib ketgan. Bunda oltin bilan oltin qotishmasidan iborat bir jinsli qatlam hosil bo’lgan.
Diffuziya temperaturaga bog’liq. Berilgan moddalarning temperaturasi ortishi bilan molekulalarning xaotik harakati tezlashishi natijasida diffuziya hodisasi tezlashadi.
Broun harakati.Molekulalarning tartibsiz harakatda ekanligi 1827 yilda ingliz botanigi R.Broun (1733-1858) tomonidan tajriba asosida aniqlangan.
Suvda erimaydigan mayda zarralar (gummegut poroshog’i yoki tosh kukuni) ni suvga aralashtirib, ular mikroskop orqali qaralganda zarralarning tartibsiz harakat qilishi kuzatilgan.
molekula
2-rasm a) b)
Bu zarralarning harakatga kelishiga asosiy sabab, suvning qo’shni molekulalari tartibsiz ravishda unga urilib son – sanoqsiz turtki impuls berishi natijasidir. Suyuqlik molekulalarining zarraga beradigan impulslari bir-birini muvozanatlay olmaydi. Bu harakat olimning sharafiga Broun harakatideyiladi.
Broun harakatining molekulyar – kinetik nazariyasini 1905 yilda A.Eynshteyn (1879-1955) yaratgan. Fransuz fizigi J.Perren broun harakatini mukammal o’rganib, zarraning teng vaqtlar oraligida o’tgan masofaning rasmini olgan. (2 rasm b) Suyuqlik temperaturasining ortishi zarraning Broun harakatini tezlashtiradi, bu esa temperaturaning ortishi bilan molekulalar tezligi ham ortganligini bildiradi.
Shunday qilib, Broun harakati molekulalarning tartibsiz harakat qilishidan tashqari molekulalarning mavjud ekanligini ham isbotladi.
Atom va molekulalar juda kichik zarralar bo’lgani uchun ularni ko’z bilan ko’rish mumkin emas. Biroq hozirgi zamon elektron mikroskoplari yordamida ba’zi yirik molekulalarni, masalan, diametri bo’lgan oqsil molekulalarini ko’rish mumkin. Elektron mikroskoplar yoramida molekula, hatto ayrim atomlarni ko’rish mumkinligi molekula va atomlarning mavjud ekanligini to’la tasdiqlaydi.
Molekulalararo masofa mavjud ekanligining tasdig’i gaz hajmining o’zgaruvchanligidir. Haqiqatdan ham gaz siqilganda uning hajmi faqat masofaning qisqarishi hisobigagina o’zaro yaqinlashishi mumkin.
Qattiq jismlarning o’z shaklini saqlay olish xususiyati molekulalar orasidagi o’zaro itarishish va tortishish kuchlari mavjudligini bildiradi. Molekulalar orasidagi tortishish kuchlari jismning chozilishiga, itarishish kuchlari esa siqilishiga to’sqinlik qiladi.