Boshlang‘ish ta’lim pedagogikasida ta’lim qonuniyatlari va qoidalari va prinsiplari. Boshlang‘ich ta’lim metodlari va vositalari. Reja



Download 392,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana28.04.2022
Hajmi392,29 Kb.
#586724
1   2   3   4
Bog'liq
innovatsiya 6

Ta’limning ko

rsatmalilik qoidasi 
“Xotirada dalili bor hamma narsalarni yaxshiroq, tezroq va o‘ngay eslab qoladi” 
degan A.R.Beruniy. “Birdaniga ko‘p sezgilar yordamida idrok etish mumkin 
bo‘lgan narsalarni iloji boricha bir necha sezgilar ishtirokida idrok etish lozim”, 
deb ko‘rsatgan Ya.A. Komenskiy. Mashhur pedagog K.D.Ushinskiyning quyidagi 
fikri ta’limda qimmatlidir. “Siz bolaga qandaydir bir nechta noma’lum so‘zni 
o‘rgating, u bu so‘zlarni bilib olguncha uzoq vaqt ketadi va behuda bosh qotiradi, 
lekin suratlar vositasida o‘rgatilganda, yigirma so‘zni o‘quvchi hash-pash 
deguncha o‘rganib oladi”. Ko‘rsatmalilik qoidasi ta’limning yetakchi qonun - 
qoidalarini ham amalga oshirishda juda muhim didaktik masalalarni o‘z ichiga 
oladi, ayniqsa:


1. Bayon qilayotgan temaning harakteriga mos keladigan ko’rsatma 
materiallardan to‘g‘ri foydalanish.
2. Ta’limda qo‘llaniliyotgan ko‘rsatma materiallar o‘quvchilarning yaqqol va 
kokret obrazli idrok qilishini ta’minlashi.
3. Ko‘rsatma materiallar orqali o‘quvchilar obyektiv borliqdagi narsa, xodisa 
va voqyealar bilan, ularning xususiyati, belgilari va bir - biri bilan bog‘lanish 
vositalari bilan tanishadilar.
4. Ko‘rsatma materiallarining ko‘rsatmali bo‘lishi ilmiy bilimlarni 
mustahkamlashini ta’minlab qolmay, o‘quvchilar diqqatining barqarorligini 
oshiradi, ijodiy tashabbuslarining rivojlanishiga yordam beradi. 
5. Ko‘rsatma qurollar o‘tilayotgan mavzuning hajmi, harakteri, mazmuni va 
sinf o‘quvchilarining saviyasiga qarab xilma - xil bo‘lishi mumkin. Maktabda 
qo‘llaniladigan ko‘rsatma materiallarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1. Buyum va 
narsalarni aslicha tabiiy holicha ko‘rsatuvchi materiallar: o‘simliklar, hayvonlar, 
gerbariylar. 2. Tasviriy ko‘rgazma qurollar: rasm, surat, fotosurat, kinofilm
diafilm. a) Simvolik tasvirlanishni ko‘rsatuvchi materiallar: geografiya va tarix 
qartalari. b) Sxematik materiallar: sxema, tablisa, diagramma. O‘qituvchining 
ta’limni muammoli tashkil etishda ko‘rsatmalarining o‘rni va amaliy ahamiyati 
beqiyosdir. Ammo ba’zi o‘qituvchilar ta’limda ko‘rsatmalilikdan foydalanishda 
nuqsonlarga yo’l qo‘yishadi. Masalan, tayyorlangan ko‘rsatmali qurollardan aniq 
ta’limiy maqsadni nazarda tutmaydi. Yoki ko‘rsatiladigan rasm sxema va boshqa 
tasviriy materiallar kichkina barcha o‘quvchilar yaxshi ko‘rib idrok qila 
olishmaydi. Shuning uchun ko‘rsatmali materiallar chiroyli, chizmalari aniq va 
o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda ta’limni muammoli 
o‘zlashtirishga amaliy yordam bermog‘i darkor. Darsda ta’limning ko‘rsatmali 
tashkil etilishi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan materiallarning qiziqarli, 
tez va ongli o‘zlashtirishga hamda mustaqilligini rivojlantirishda muhim rol 
o‘ynaydi.
6. Bilimni puxta va mustahkam o‘zlashtirish qoidasi. A.R.Beruniy o‘qitish 
jarayonida bolalarga tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan 
ta’limni qattiq qoralaydi. Puxta o‘zlashtirishning harakterli belgisi bilimni 
mustahkam esga (xotirada) saqlab qolinishdadir. Puxta o‘zlashtirish uchun 
qaytarish (takrorlash) va mashq g‘oyat katta ahamiyatga ega. Qaytarishda faqat 
ilgari o‘zlashtirilgan materiallargina esga tushurilmay, o‘zlashtirgan bilimlarning 
noaniq, tumanli bo‘lib qolgan tomonlari oydinlashadi va to‘ldiriladi. O‘tilgan 
materialni qaytarish-xotirada qayta tiklash bir necha yo‘l bilan olib boriladi. 
Qaytarishning ahamiyati haqida A.R.Beruniy “Bilim takrorlash va qaytarish 
mevasidir”. Qaytarish turlari darsning qaysi bosqichida qo‘llanishi mumkinligi va 
o‘tilayotgan mavzuning harakteriga bog‘liqdir. O‘tilgan mavzularni asosiy va 
markaziy masalalar yuzasidan qaytarishning ahamiyati katta. Odatda bunday 
takrorlashlar bir qancha mayda temachalarni o‘tib bo‘lgach, temachalar o‘rtasidagi 
bog‘lanishlarni aniqlash, umumlashtirish maqsadida qaytariladi. Kudalik 
takrorlash. Har kuni har bir dars yuzasidan olib boriladigan takrorlashdir. 
Takrorlashning ikkinchi turi maxsus takrorlashdir. Odatda bunday takrorlash katta 
temalarni o‘tib bo‘lgach, shuningdek, ma’lum bir chorak ichida o‘tilgan materiallar 


yuzasidan olib boriladi. Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi o‘quv yili 
oxirida alohida ajratilgan soatlarda o‘tkaziladi.
7. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini 
xisobga 
olish 
va 
tushunarli 
qilib 
o‘qitish 
qoidasi.
Ta’lim jarayonida har bir sinf o‘quvchilariga xos umumiy xususiyatlarni ham shu 
sinfdagi har qaysi o‘quvchining individual xususiyatini xisobga olgan holda ish 
ko‘rish muhim didaktik ahamiyatga egadir. Ibn Sino, Beruniy o‘qitish jarayonida 
bo‘lgan tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga asoslangan ta’limni qattiq 
qoralaydi. Beruniy yozadi: “Tushunish yodlashdan yaxshiroq va afzaldir”. Beruniy 
pedagogik g‘oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash 
zarurligidir. “Bilimning shunday bo‘lishi kerakki, u yalang‘ochligingda ham 
o‘zingda qolsin, bilimingni hammomdagi qo‘llik ham yuvolmasin”. Bilimlarning 
o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi ta’limda samarador bo‘lish uchun Beruniy 
quyidagilarga amal qilishni tavsiya etadi: - sezgi organlarning ma’lumotlariga 
ko‘ra... bilishni davom ettirish; - fanni o‘rganayotganda fikrlash, xotiralab esga 
olish zarur; - o‘rganiyotgan ilmlarni to‘la bilib olish uchun, o‘sha ilmni tashkil etib 
turgan elementlarini puxta o‘rganib chiqish; - bilishda oddiydan murakkabga, 
ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, osondan qiyinga, dalillardan 
xulosalarga qarab borish; - uzoq o‘tmishga oid bilimlarni o‘rganishda shu ilm, fan 
tarixini o‘rganish; - hodisalarni, fan asoslarini bir-birlariga taqqoslashtirib, 
solishtirib har tomonlama chog‘ishtirb o‘rganish va h.k. O‘quvchilarga ta’lim 
berishda bayon qilinayotgan bilim bolalarga tushunarli bo‘lish kerak. Shu 
bilimlarning tushunarli bo‘lishi uchun ularning yosh va individual xususiyatlari 
hisobga olinadi. Ana shuning uchun ham yangi bilimlarni bayon qilish, o‘tilgan 
materialni mustahkamlash, uyga vazifa toptirish ham, mustaqil ish va qo‘shimcha 
mashg‘ulotlar o‘tkazish paytida bolalarning yosh va individual xususiyatlarga amal 
qilinadi. O‘qitishning bolalarga tushunarli bo‘lishi qoidasida ta’limning ikki 
tomoniga e’tibor beriladi. 1. O‘quv materiallarining harakteri-mazmuni va hajmi 
shu sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi. 2. Sinf uchun 
belgilangan bilim hajmi shu sinf o‘quvchilarining saviyalariga mos bo‘lishi. 
Darsda berilayotgan bilimlarning bolalar tomonidan puxta o‘qib olinishga erishish 
uchun mustahkam rejaga amal qilinishi, mazmuni va hajmi to‘g‘ri belgilangan 
bo‘lishi, materiallardan lo‘nda xulosalar chiqarishi materiallarning ishonchli 
bo‘lishi uchun fakt, misol, dalillar keltirish – ko‘rsatmali qurollardan foydalanish, 
nutqning ravon va tushunarli bo‘lishi, materiallarning turmush bilan, 
o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog‘lab olib borish talab qilinadi. 
Ta’limni tushunarli bo‘lish qoidasi o‘quv ishlarini osonlashtirib, soddalashtirib 
yuborishni rad etadi. Mashhur pedagog Burxoniddin Zarnudjiy “O‘quvchiga 
ta’lim yo‘lida qo‘llanma” asarida “Har biringiz muruvvatni egallashga hayrixohlik 
bilan intiling, biroq bulardan eng dolzarbi, bu - kishilarda bilimlarni takrorlashdir. 
Sen bilimlarni faqat mana shu olti holatda, o‘zlashtirishining zarur bo‘ladi”. Bular: 
aql - farosatlilik, kuchli istak, chidamlilik, ozgina yeyimlik va ichimlik, o‘qituvchi 
ta’limi va bilim olish uchun yetarli vaqt. Klassik pedagogik namoyondalar 
ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi yuzasidan bir qator qoidalarni ishlab 
chiqqanlar. Ular “didaktik qoidalar” deb yuritiladi: 1. Osondan qiyinga qarab orish. 


2. Ma’lumdan noma’lumga borish. 3. Soddadan murakkabga borish. 4. Yaqindan 
uzoqqa qarab borish. Ya.A.Komenskiy mazkur qoidaga ta’raf berib bunday deb 
yozgan edi: “O‘quv materiallarini shunday taqsimlab chiqish lozimki, avval bola 
juda yaqin va aniq narsalarni, so‘ngra uncha uzoq bo‘lmagan narsalarni, keyin 
uzoqroq va nihoyat, eng uzoq narsalarni bilib olsin”.

Download 392,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish