Arab qaytarish, takrorlash; band mumtoz adabiyotda lirika



Download 61,9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi61,9 Kb.
#216502
Bog'liq
Tarjiʼband - Vikipediya



Tarjiʼband

Tarjiʼband (arab. — qaytarish, takrorlash;

band) — mumtoz adabiyotda lirika

janrlaridan. T. gʻazal kabi qofiyalanib, 5

baytdan 12 baytgacha boʻladi, har bandi

bir vaznda yozilib, bandlar oxirida boshqa

bir bayt takrorlanib keladi. Bandlar

takrorlanuvchi bayt — tarjiʼ vositasida

oʻzaro bogʻlanishi tufayli T. deb yuritiladi.

Barcha bandlarning oxiri oʻsha

takrorlanadigan bayt bilan mazmun

jixatidan uzviy boitanib keladi. T.da



takrorlanadigan ushbu bayt bayt boshi

deb aytiladi.

Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziy

"Funun ulbalogʻa" asarida T.ni 5 turga

ajratadi: 1) har bandning qofiyasi

boshqacha boʻladi, lekin bayt takrori

saqlanadi; 2) barcha bandlar bir qofiyada

aytilib, tarjiʼ bayti takrorlanmaydi, balki

har bandning oxirida boshqa bir bayt

keladi; 3) barcha bandlar, jumladan tarjiʼ

baytlar ham bir qofiyada yoziladi; 4) har

bir band alohida, shuningdek, tarjiʼ

baytlar ham gʻazal kabi qofiyalanadi

(1misrasida qofiya boʻlmaydi) va ularni

jam etsa, yaxlit gʻazal koʻrinishini oladi;



5) har bir bandning ham, tarjiʼ baytning

ham qofiyasi alohidaalohida boʻladi.

T. da shoirlar koʻpincha falsafiy

qarashlari, fikrmuloqazalarini

ifodalashgan. Bu jihatdan Saʼdiy, Hofiz,

Navoiy va Furqatlarning tasavvufiy

mazmundagi T.lari mashhur. Mas.,

Navoiy:Xarobot aro kirdim

oshuftaholMay istarga — ilgimda singan

safol.—bayti takrorlanib keladigan

mashhur T.ida oʻzining olam va odam

toʻgʻrisidagi falsafiy qarashlarini tasavvuf

taʼlimoti bilan bogʻlab aks ettiradi. Oʻzbek

adabiyotida T. janrining dastlabki

mukammal namunalarini Navoiy

yaratgan. "Xazoyin ulmaoniy"da 4 ta T.




mavjud boʻlib, ularning ikkitasi 10 band

(biri 10, ikkinchisi 11 baytdan), uchinchisi

8[11 (ikki band 12) baytdan], toʻrtinchisi 7

(8 baytdan) ni tashkil etadi. Ularning

barchasi falsafiy mazmunda.

Oʻzbek adabiyotida, shuningdek, Yusuf

Amiriy, Nodira, Ogahiy, Avaz, Uvaysiy,

Ravnaq, Furqat, Miriy va boshqalar T. lar

yozishgan. Zamonaviy shoirlardan

Habibiy, V. Saʼdulla, Chustiylar T.

yaratishgan. Lekin bu T. larda mehnat

nashidasi, vatanga va yorga muhabbat

tuygulari tarannum etilgan.

Ad.:Ayniy S, Asarlar, 8j., T., 1967; Adabiy

turlar va janrlar, 2j., 1992.



Ergash Ochilov.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.



Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.


  Soʻnggi tahrir 3 yillar avval Olaf Studt tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/index



.php?

title=Tarjiʼband&oldid=1990468



dan olindi



Download 61,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish