Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi


Muhammad Tarag’ay Ulug’bek



Download 0,85 Mb.
bet98/109
Sana22.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#401195
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109
Bog'liq
majmua

Muhammad Tarag’ay Ulug’bek


Ulug’bek 1394 yilning 22 martida Eronning g’arbidagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U SHohruh Mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay ismi berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan «Ulug’bek» deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug’bek bo’lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi.

Ulug’bekning otasi SHohruh Amir Temurning uchinchi o’g’li bo’lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, ilm-fanga qiziqqon shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o’z davrining oqila, bilimdon ayollaridan hisoblanardi.

...«Taqdir bu ulug’ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo’lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi».

Ulug’bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o’tdi. Garchi Ulug’bek tug’ilganda bir oz zaif bo’lgan bo’lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi.

Amir Temur nabirasi Ulug’bekning o’tkir zehnli, aqlu farosatli bo’lganligi uchun juda sevardi. «Ko’zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug’bek Mirzo nozik bo’lib o’sdi. Buning ustiga ko’p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o’tkazar, davlat ishlariga rag’bati yo’q ko’rinar edi.

Ulug’bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug’ullanib, sevimli nabirasiga o’quv-yozuvni o’rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so’ylab bergani uning hayotida o’ziga xos maktab bo’ldi.

1405—1411 yillarda, o’sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo’lib tayinlangan. Otabegi Ulug’bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o’rgatgan.

O’rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblarda ma’lum bo’lishicha,

saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo’llanmalar asosida tayyorlangan. SHulardan biri SHahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo’lgan «Suluk ul-muluk» (Podshohlarga qo’llanma) kitobidir.

Ulug’bek ham an’anaga ko’ra mazkur kitobni mukammal o’rganar va unda ko’rsatilgan davlatni idora qilish san’ati — turli lavozim egalarini tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, mansabdorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarni egallaydi.

Ulug’bek yoshligidan ko’p kitoblarni mutolaa qiladigan bo’lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi.

U bobsining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko’p vaqtini o’tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarda yulduzlarning o’rni va harakatini kuzatish bilan mashg’ul bo’lar edi.

Taniqli olim Bo’riboy Ahmedovning ma’lumotlariga ko’ra mavlono Badriddin Samarqandda bo’lgan vaqtda Ulug’bekni Ko’ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma»sini ko’rsatadi. SHu yerda mavlono Badriddin Ulug’bekka alloma al-Farg’oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya» («YUlduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritkichlari harakatining asosini (bir-biriga) qo’shuvchi kitob»)ni ko’rsatadilar.

SHunday qilib, Ulug’bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va O’trorda «Ziji Malikshohi» bilan tanishdi.

Fanga bo’lgan zo’r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug’bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo’ldi.

Zo’r qobiliyat, o’tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to’plash shunga olib keldiki, Ulug’bekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulug’bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o’z ustida muntazam ravishda ishlashi natijasida o’zining ko’pgina zamondoshlaridan o’zib ketdi. SHunday qilib, oldin o’tgan ajdodlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlarning madaniy merosi Ulug’bek bilimlarining asosiy manbai bo’ldi.

1411 yilda 17 yoshli Ulug’bek Mirzo Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib tayinlanishi Temuriylar xonadonida Ulug’bekning mavqei naqadar yuksak ekanligidan dalolat beradi. Ulug’bek hokim bo’lgach, bobosidan farqli o’laroq harbiy yurishlar bilan qiziqmadi. Aksincha, u o’rta asrlardagi boshqa hokimlardan o’zgacha yo’l tutdi, ko’proq ilm-fanga moyil edi.

Haqiqatan ham Qozizoda 1360 yillarda tug’ilgan bo’lib, 20—25 yoshlarida, ya’ni Ulug’bek tug’ilmasdanoq Temur saroyiga o’tadi. Natijada Ulug’bek umrining ilK davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy — falakiyotshunos va riyoziyotchilar ta’sirida ulg’ayadi. SHu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yigirma yoshlarida u o’z davrining yirik olimlaridan biri bo’lib shakllandi. U hokim bo’lgan paytidagi olamshumul o’zgarishlar butun o’rta asr madaniyati tarixida betakror voqea bo’lib qoldi.

Ulug’bek ixlosmandlaridan G’iyosiddin Jamshid Koshiy 1417 yili Samarqanddan Koshondagi o’z otasiga yozgan maktubida Ulug’bekning faoliyati va bilimini quyidagicha ta’riflaydi:

«Allohga va uning ne’matlariga shukronalar bo’lsinkim, yetti iqlimning farmonbardori, islom podshohi Ulug’bek donishmand kishidurlar. Men bu narsani odob rasmi yuzasidan aytayotganim yo’q. Haqiqat shuki, avvalo u kishim Qur’oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. Tafsirlarni va mufassirlarning har bir oyat haqidagi so’zlarini aqlda saqlaydilar va yoddan biladilar, arabchada g’oyat yaxshi yozadilar. SHuningdek, u kishim fiqhdan habardorlar: mantiq ma’nolarining bayoni va usullaridan ham xabardorlar».

U kishi riyoziyot (matematika) fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan va shunday jiddiy mahorat ko’rsatganlarki, har qanday sonni tezlik bilan qo’shish va ko’paytirish iqtidoriga ega bo’lganlar. Inson bino bo’lganidan beri shu kungacha hali hech kimsa u qadar aniq va tez hisoblay olmagan. Ulug’bek, Samarqand, Buxoro va G’ijduvonda uchta madrasa barpo etdi.

Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda qurib bitkaziladi. Tez orada Ulug’bek madrasaga mudarris va olimlarni to’play boshlaydi va shu tariqa uning falakiyotshunoslik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi olimlar edi. Qozizodaning maslahati bilan Ulug’bek otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G’iyosiddin Jamshid Koshiyni chaqirtirdi. SHunday qilib, Movarounnahrning turli shaharlaridan va Xurosondan to’plangan olimlar soni 1417 yilga kelib 100 dan ortib ketdi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, rassomlar, me’morlar bor edi. Lekin yulduzshunoslik va riyoziyot sohasidagi olimlar sharafliroq va obro’liroq edi. Ular orasida Qozizoda va Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar.

1420 yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishi bo’ldi. Manbalarda qayd etilishicha, «madrasa binosi bitishiga yaqinlashganda, bu yerga to’plangan adabiyot, san’at va fan namoyandalari Ulug’bekdan madrasaga kimni mudarris etib tayinlamoqchisiz, deb so’rashganda, Ulug’bek, barcha fanlardan xabardor biror odamni qidirib topaman, deb javob bergan. SHu yerda g’ishtlar orasida oddiy kiyimda o’tirgan mavlono Muhammad Ulug’bekning bu gapini eshitib qolgan va shu onda o’rnidan turib, bu vazifaga men loyiqman, degan. SHundan keyin Ulug’bek uni imtixon qilib, uning chinakam bilimdon odam ekanligiga ishonch hosil qilgan va uni hammomda yuvintirib, yaxshi kiyintirish to’g’risida buyruq bergan. Madrasaning ochilish kunida mavlono Muhammad mudarris sifatida ma’ruza o’qigan; mavlono Muhammadning olimlardan 90 kishi ishtirokida qilgan ma’ruzasini Ulug’bek bilan Qozizoda Rumiydan boshqa hech kim tushuna olmagan. CHunki bu ma’ruza haddan tashqari ilmiy jihatdan kuchli va murakkab masalalarni o’z ichiga olgan edi.»

Bu yerda tilga olingan Qozizoda Rumiy (Salohiddin Musa bin Mahmud) mashhur matematik va astronomdir. U Ulug’bek madrasasining dastlabki mudarrislaridan biri edi. G’oyat bilimli bu olimni zamondoshlari «O’z davrining Aflotuni» deb ataganlar.

Ulug’bek asarlarining sharhchisi, Qozizoda va Ulug’bekning iste’dodli shogirdi, samarqandlik matematik va astronom Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchidir. U «O’z davrining Ptolomeyi» deb nom olgan. Ali Qushchi ilmiy ishda Ulug’bekning eng yaqin yordamchilaridan biri edi. Ulug’bek maktabi namoyandasi sifatida Ulug’bek asarining sharxchisi, astronom CHalabiy nomi ham diqqatga sazovordir.

Madrasada boshqa mudarrislar bilan bir qatorda, Ulug’bekning o’zi ham astronomiya bo’yicha ma’ruzalar o’qir edi. Uchinchi darajali algebraik tenglamaga olib kelgan bir gradus yoyning sinusini aniqlash — Ulug’bek va uning maktabi erishgan ajoyib va eng muhim muvaffaqiyatlardan biri bo’ldi.

Ulug’bek atrofida to’plangan Samarqand olimlari katta ahamiyat bergan eng muhim ilmiy yo’nalishlardan biri falakiyotshunoslik fani edi. SHuni ham aytish kerakki, musulmon mamlakatlarida va umuman islom madaniyatida aniq fanlar, ayniqsa falakiyotshunoslik va riyoziyot muhim o’rin tutadi. CHunki, musulmon kishi qayerda bo’lishidan qat’iy nazar erta tongdan oqshomgacha qadar uning uchun besh vaqt namoz farzdir. Namoz yuzni qiblaga — Makkadagi Ka’ba yo’nalishiga qarab o’qiladi. Namozning vaqtlari esa har bir jo’g’rofik kenglikda ham Quyoshning yerdan balandligiga qarab belgilanadi. Undan tashqari, islomda qabul qilingan hijriy yil hisobi 354 kunni tashkil qiluvchi 12 qamariy oydan iborat bo’lib, yangi oy — hilolni masjid minorasidan yoki rasadxona tepasidan ko’z bilan ko’rib aniqlangan. SHuning uchun musulmon kishining hayoti falakiyotshunoslik, riyoziyot, jo’g’rofiya, hunarmandchilik va me’morchilikka aloqador quyidagi masalalarni hal qilish bilan bog’liq bo’lgan:

1) joyning jo’g’rofik yo’nalishlarini aniqlash;

2) mahalliy meridian bilan qibla yo’nalishini ko’rsatuvchi katta doira orasidagi burchakni aniqlash;

3) jo’g’rofik yo’nalishlarni hisoblash uchun aniq riyoziy (trigonometrik) hisoblash qoidalari va usullarini bilish;

4) jo’g’rofik yo’nalish asosida Quyosh balandligini aniqlash qoidalarini bilish;

5) quyosh, Oy, sayyoralar va boshqa yoritgichlarning kecha-kunduzning istalgan vaqtidagi holatlarini aniqlaydigan sferik astronomiyaning aniq qoidalarini bilish;

6) turli shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun geodezik o’lchashlarni bajarish;

7) turli vaqt o’lchash asboblarini yasash;

8) yerning ma’mur qismi haqida aniq tasavvurga ega bo’lish uchun xaritalar tuzish;

9) xaritalar tuzish uchun riyoziyotga taalluqli ko’rinish holatlarini bilish;

10) falakiyotshunoslik, jo’g’rofiya va geodeziyaga taalluqli hisoblarni bajarish uchun yuksak aniqlikdagi riyoziy hisoblash usullarini bilish;

11) yoritkichlarni kuzatish ob-havo bilan bog’liq bo’lganligi uchun meteorologiya va geofizikadan ma’lumotga ega bo’lish;

12) masjid, madrasa va rasadxonalar barpo etish uchun me’morchilik san’ati va an’analaridan xabardor bo’lish.

YUqorida ko’rsatilgan va bu ro’yxatga kirmagan boshqa ko’plab masalalar shunchalik chambarchas bog’lanib ketganki, ularni hal qilish uchun olim va hunarmandlarning katta jamoa va guruhlari kerak edi. Ana shuning uchun Ulug’bek o’z atrofiga turli ilm va hunar namoyandalarini to’plagan.

Keltirilgan masalalar ro’yxatidan ko’rinib turibdiki, ularning ko’pi falakiyotshunoslikka aloqador. Islomdagi eng avvalgi yulduzlar haqidagi asarlar «Zij» deb atalib, ular asosan jadvallardan iborat bo’lgan.

Ulug’bek boshchilik qilgan astronomlarning muvaffaqiyatli ravishda olib borgan ta’lim va ilmiy ishlari ularni aniqroq asboblar bilan ta’minlangan namunali rasadxona qurish kerak degan fikrga olib keldi. Tarixiy manbalar ana shundan dalolat beradiki, Mirzo Ulug’bek o’z madrasasini qurdirib bitkazgandan keyin oradan to’rt yil o’tgach, Qozizoda Rumiy, mavlono G’iyosiddin Jamshid va mavlono Muiniddin Koshiy bilan maslahatlashib, Ko’hak etagida, Obirahmat soyining bo’yida rasadxona binosini qurdirdi. Rasadxona kutubxonasi ko’plab ilmiy asarlar, jahondagi mashhur kishilarning asarlari bilan to’ldirildi va u yerda saqlanayotgan kitoblar soni 150 mingdan ziyod bo’ldi.

Bu haqda tarixchi olim Valter «Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, yer kurrasini o’lchashni buyurdi va astronomik jadvallar tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi. O’sha vaqtlarda Samarqandda Ulug’bek tevaragida 100 dan ortiq olimlar uyushgan bo’lib, shunda rasadxona akademiya vazifasini o’tagan edi.

Madrasa bilan rasadxona orasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxonada ishlab turgan ilmiy xodimlarning bir qismi madrasada mudarrislik qilishgan. Ular orasida G’iyosiddin Jamshid Koshoniy va Mirzo Ulug’bekning o’zi ham bo’lgan.

Ulug’bek madrasa toliblari bilan tez-tez bahslashib, imtihon qilib turgan. Bir kuni Ulug’bek madrasa toliblarini riyozat bilan taqvimdan imtihon qilmoqchi bo’libdi. U o’rtaga mana bu savolni tashlabdi: «Qani, tolibi ilm, ayting-chi, hijriy 818 yil, rajab oyining o’n ikkinchi birlan o’n beshinchi o’rtasi, 918 yil rajab oyining o’n ikkinchi birlan o’n beshinchi orasi qaysi ayyomga to’g’ri keladur?» Buning uchun juda ko’p raqamlarni yodda tuta bilish zarur ekan. Talabalardan birortasi ham bu masalani yecholmabdi. SHunda Ulug’bek buni uyga vazifa qilib topshiribdi va ustozlarga xos husnu odob bilan mehribonlik ko’rsatib, o’rtaga qo’yilgan masalani tushuntirgan va yechib bergan. So’ng Abu Rayhon Beruniyning «Qonuni Mas’udiy» kitobini ochib, oltinchi maqolasining yettinchi bobidan parcha o’qib bergan. So’ng kitobni yopib talabalarga bir necha o’rta asrlar davrida eng yuqori pog’onaga ko’tardi. U 1018 yulduzning holati va harakatini aniqladi.

Ulug’bek ilmiy merosining eng asosiysi, ma’lum va mashhuri uning “Ziji” bo’lib, bu asar “Ziji Ulug’bek”dir. “Ziji jadidi ko’ragoniy” deb ham ataladi. “Ziji”dan tashqari uning qalamiga mansub riyoziyot asari — “Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola”, yulduzlarga bag’ishlangan “Risolai Ulug’bek” (yagona nusxasi Hindistonning Aligarh universitetining kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba’ ulus” asaridir.

Ulug’bek “Ziji” o’rta asrlardagi eng mukammal asar bo’lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o’ziga jalb etdi. Eng avval, bu asar Samarqandda Ulug’bek atrofida to’plangan olimlar ijodiga katta ta’sir ko’rsatdi.

1449 yili Ulug’bekning fojiali halokatidan so’ng Samarqand olimlari asta-sekin YAqin va O’rta SHarq mamlakatlari bo’ylab tarqalib ketadilar. Ular o’zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va “Ziji”ning nusxalarini ham yetkazadilar. Jumladan, Ali Qushchi 1473 yili Istambulga borib, u yerda rasadxona quradi. SHu tariqa Ulug’bek “Ziji” Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Ovro’pa mamlakatlariga ham yetib boradi.

Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko’ra “Zij”ning 120 ga yaqin forsiy va 15 dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O’rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki riyoziy asar bunchalik ommalashmagan. “Zij” musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida o’rganilgan.

Ulug’bek “Ziji”, ayniqsa, Hindiston olimlariga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Samarqand olimlarining ilmiy an’analarini Hindistonga Boburning o’zi yetgazgan degan ma’lumot bor. Boburning vorislari o’tmishdagi shohlarga o’xshab atrofiga olimlarni to’playdilar va ularning ilmiy izlanishlariga sharoit yaratadilar.

“Zij”ning G’arbiy Ovro’pa faniga ham ta’siri katta bo’ldi. Umuman olganda, G’arbiy Ovro’pa Temur va uning farzandlarini, ayniqsa, Ulug’bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istambuldagi faoliyati tufayli Ulug’bekning olimligi haqidagi xabar ham Ovro’paga tarqaladi.

1638 yili Istambulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford dorifununining professori Jo’n Grivs (1602—1652) keladi.

Qaytishida u o’zi bilan Ulug’bek “Ziji”ning bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648 yili avval “Zij”dagi 98 yulduz jadvalini chop etadi. O’sha yilning o’zida Grivs “Zij”dagi jo’g’rofiy jadvalni ham nashr etadi. 1650 yili esa u “Zij” birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi.

CHeksiz aql-idroki, azmu qat’iyati, odilona siyosati bilan Mirzo Ulug’bek qariyb qirq yil mobaynida Movarounnahr diyorining donishmand hukmdori bo’lib, xalqlarning azaliy orzusi — tinchlik, totuvlik, har tomonlama taraqqiyotni qaror toptirish yo’lida mislsiz shijoat va matonat ko’rsatdi.

Mirzo Ulug’bek, avvalo, ilmiy farazlar bilan emas, balki sof amaliy uslubda ijod qildi. Minglab yulduzlarni jamlagan mukammal harita va bugungi eng zamonaviy hisoblardan deyarli farq etmaydigan mukammal astronomik jadvalini yaratdi.

Uning hayoti va ijodi o’zbek xalqi ma’naviyati poydevoriga qo’yilgan tamal toshlaridan biri bo’lib, xalqimizning o’rta asrlarda fundamental fanga nechog’lik buyuk ahamiyat berganini ko’rsatadi.

Mirzo Ulug’bek o’z umrini kelajak uchun, bugungi hayot uchun fido etdi. O’sha uzoq zamonlarda bashariyat taraqqiyotini o’ylab yashadi, o’z avlodlari asrlar osha tartib etajak ma’rifatli bir jamiyatni orzu qildi. Har qanday millat ham Ulug’bekday farzandni tarbiya etgani uchun g’ururlanishi tabiiy holdir, chunki bunday insonlar faqat o’z xalqiga emas, balki umubashariy gullab-yashnash uchun xizmat qiladi va jahonning e’tiborini qozonadi.

“...Mirzo Ulug’bekning umumbashariy qadriyatlarga qo’shgan hissasi beqiyos bo’lib, u bugungi kunda ham hayotimizda ulkan ahamiyat kasb etmoqda va O’zbekistonning xalqaro obro’sini oshirish yo’lida katta xizmat qilmoqda. Buyuk ajdodimiz Ulug’bek nomi berilgan ma’naviyat maskanlari, mahallalar, ko’chalar va shaharlar juda ko’p. YUrtimizda dunyoga kelib ko’z ochayotgan har o’n chaqaloqning biriga ezgu niyat bilan Ulug’bekning muborak ismi berilyapti deb aytsak, mubolag’a bo’lmaydi.

Bularning barchasi — millatimizning buyuk allomaga bo’lgan cheksiz hurmati va ehtiromlaridan darak beradi.

Mirzo Ulug’bek xizmatlaridan yana biri shundaki, u avvalo yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, har qanday johillik va bilimsizlikka qarshi kurashdi. U insonning imkoniyatlari cheksiz ekanligiga ishora qilib, yoshlarni ilm egallashga, insofli va himmatli bo’lishga, halollik va rostgo’ylikka da’vat etadi.

Ulug’bekning bilimlarini nafaqat kitoblardan, balki bevosita hayotning o’zidan ham olishni tavsiya etadi.

Ulug’bek yangi-yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy fazilat deb biladi. U Movarounnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat dargohiga aylantiradi. Ulug’bek “Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan shiorni ilgari suradi va uni madrasaning peshtoqiga yozdirib qo’yadi. Madrasada esa ilmning turli sohalarining o’qitilishiga jiddiy e’tibor beriladi.

Masalan, Samarqand madrasasida ilohiyot ilmlari: Qur’on, Hadis, Tafsir, fiqh bilan birga riyoziyot, handasa ilmi, hay’at (falakiyot), tibbiyot, tarix, geografiya, ilmi aruz, ilmi qofiya, arab tili kabi dunyoviy ilmlar o’rgatilgan.

Ulug’bek ilm fani ravnaqi uchun kurashgan, ta’lim-tarbiya rivojiga hissa qo’shgan fuqarolarni doimo rag’batlantirib, o’qituvchi-ustoz, mudarrisga hurmat ehtirom bilan qarashni targ’ib etgan. Uning mana shu say’i harakatlari tufayli ta’lim-tarbiya sifati yaxshilana bordi, madrasalarda o’qish-o’qitish ta’limni jonlantirishga katta ahamiyat berildi. Madrasadagi o’quv tizimi isloh qilinib, unda falakiyot, matematika, geografiya kabi aniq fanlarni o’qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o’qish muddatini 15—20 yildan 8 yilga tushirdi.

Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida ahamiyat beradi.

Ulug’bekning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqliy qudrati va qobiliyatini o’stirishda muhim vosita bo’lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar bo’lib yetishishlariga xizmat qiladi.

Ulug’bek ta’lim-tarbiyada mudarrislarning odil va halol bo’lishiga, o’z pedagogik mahoratlarini, bilimlarini oshirib borishga, har bir mashg’ulotni yuksak saviyada o’tkazishga da’vat qiladi, ana shu bilangina o’quvchilarda bilimga qiziqish orttirish mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi avval o’zini tarbiyalashi, bilim va malakalarini egallashi lozim.

Ulug’bek bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “YUlduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kechayu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha biz o’zimizga qadar yaratilgan jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik”.

Ulug’bek axloqiy tarbiya haqida gapirar ekan, bu masalada insonlar orasidagi o’zaro munosabat, do’stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb etish kerakligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, haqiqiy va soxta do’stlarni ajrata bilish lozim, g’arazli kishi hech vaqt do’st bo’lmaydi, kishilarni u to’g’ri yo’ldan ozdiradi. SHu bois g’arazli kishilardan har qanday yo’l bilan bo’lsa-da, yiroq bo’lish, kasbi va xulq-atvori yaxshi, hamma hurmat qiladigan, xushfe’l kishi bilan do’stlashish lozimligini tavsiya etadi.

Har bir kishi do’stona hamkorlik bilan hayotiy muammolarni hal etishi mumkin, kishi yolg’iz o’zi, do’stlarsiz hech narsa qila olmaydi. Uning ta’kidlashicha, har bir insonning axloqiy shakllanishi olimlar o’rtasidagi munosabatlarga ham bog’liqdir, ular o’rtasidagi yaxshi hamkorlik talabalarning axloqiy tarbiyasida g’oyat muhimdir. Bunday do’stona va beg’araz hamkorlik mohiyatini biz Ulug’bek faoliyati misolida ko’rishimiz mumkin. Masalan, Ali Qushchi umrining oxirigacha unga sodiq qoldi. Ulug’bek o’zining ko’p yillik mehnati evaziga yaratilgan “Ziji Ko’ragoniy” asarini unga ishonib topshirdi va u o’z navbatida ustozining ishonchini oqladi.

16-mavzu. XVII asrdan XX asrning birinchi yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivoji

Turkiston oMkasida diniy-islomiy tarbiya muassasalari va pedagogik fikr taraqqiyoti. Turkistonda jadidchilik harakati va ta’lim-tarbiya. Mahmudxo'jaBehbudiy .Munavvar qori Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlari.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariy haqida bizgacha juda oz ma’lumot yetib kelgan. Lekin hozirgi paytda bizga ma’lum bo’lgan “Odob as-solihin” asarining o’ziyoq bizga uni mashhur pedagog olim sifatida tanitadi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariy 1740 yilda Qoshg’arda kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan va 1843 yilda u shu yerda vafot etgan. Biz olimning qay darajada tarbiyashunos ekanligini u tomonidan yaratilgan asarlarning mazmunidan bilamiz. Bizgacha uning “Odob as-solihin” (“YAxshi kishilar odobi”), “Zubdat al-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”), “Dur al-muzoxir” (“Ko’makdoshlarning durdonasi”) hamda “Tazkirai xojagon” (“Xojalar tazkirasi”) nomli asarlari yetib kelgan.

SHarqning buyuk allomalari - YUsuf Xos Hojib, Imom Ismoil al-Buxoriy, Ahmad YAssaviy, Sa’diy SHeroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqalar yuksak ahloqiylikni shakllantirishga oid yirik asarlar, hikmatlar yaratganlar. SHu bilan birga hulq-odob tarbiyasiga oid “Axloqi Muhsiniy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma” kabi asarlar yaratilgan.

O’zida shaxs va uning tarbiyasini yo’lga qo’yish masalalarini aks ettiruvchi asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo’lgan davrda Muhammad Sodiq g’oshg’ariy tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“YAxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-masoyil” (“Masalalarning qaymog’i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin” asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda Toshkent shahrida va 1891, 1892 hamda 1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan.

Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari surilgan g’oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-odob qoidalari xususida kishilar, shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo’lga qo’yishdagi o’rni va roli borasida batafsil so’z yuritiladi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari muallifning o’zi ta’kidlab o’tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo’lib, har bir bob o’zida 4 faslni aks ettiradi.

Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko’zda tutilgan maqsad borasida so’z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega bo’lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda ilgari surilgan asosiy g’oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo’lishlari jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g’oya mohiyatini sharhlar ekan, inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo’lmasa, nafaqat o’zi, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi degan qarashni ilgari suradi. Ayi o’rinda quyidagi masnaviyni keltiradi:

Beadab tanho va xudro dosht bad,

Balki otash dar xama ofoq zar.

(Adabsiz nafaqat o’zi uchun yomonlik qiladi,

Balki butun dunyoga o’t qo’yadi).

SHunday ekan, har bir inson ichki hamda tashqi odob qoidalarining mohiyatini to’laqonli ravishda anglab, ularga qat’iy amal qilishi zarur. Inson odob-axloq qoidalarining mohiyatidan qanday yo’l va usullar orqali boxabar bo’lishi mumkin degan savolga javob berar ekan, alloma ular yetuk mutafakkirlar tomonidan qimmatli, mo’’tabar kitoblarda jam etganligi, mazkur kitoblarning mazmuni bilan tanishish orqali odob-axloq qoidalari va ularga amal qilish shartlari xususida muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyati mavjudligini alohida ta’kidlab o’tadi. Asarda komil inson bo’lib yetishishda kundalik hayot hamda amaliy turmushda o’ziga xos ahamiyat kasb etuvchi botiniy (ichki) va zohiriy (tashqi) odob-axloq qoidalari: salomlashish, ruxsat so’rash, muloqot, uxlash, yo’l yurish, mehmon kutish, ziyofat, ovqatlanish, shuningdek, er-xotin munosabatlarini yo’lga qo’yish odobi va ularga amal qilish shartlari borasida so’z yuritiladi. Suhbat ahlining o’zini tutishi, tozalik, ozodalik hamda safarga chiqish qoidalari ham asar mazmunining markaziy qismidan o’rin olgan.

Birinchi bob salomlashish, ko’rishish, qo’l olishish hamda ruxsat so’rash qoidalari to’g’risida ma’lumotlar berishga yo’naltirilgan bo’lib, mazkur bob to’rt fasldan tashkil topgan.

Ma’lumki, SHarq xalqlari tomonidan tan olingan axloqiy qoidalarga ko’ra biror kimsa o’zgalar xonadoniga tashrif buyursa, eshikdan xonadon sohiblarining ruxsatsiz kirib boravermay, ma’lum qoidalarga rioya qilishi shart. Ana shu qoidalarning eng muhimlari deb, Muhammad Sodiq g’oshg’ariy tashrif buyuruvchi kimsa o’zining kelganligidan xonadon sohiblarini ogoh etishi (eshikni qoqishi yoki yo’talishi), ushbu choraga nisbatan ichkaridan javob berilgach kirishga ruxsat so’rashi, so’ngra ichkariga kirishi kerakligi lozimligini bayon etadi.

Ikkinchi faslda esa salomlashish odobining o’n ikki qoidasi borasida fikr yuritiladi. Mazkur o’rinda salom berish va alik olish masalasida bugungi kunga qadar davom etib kelayotgan munozaraga nuqta qo’yilgan. Muallifning fikriga ko’ra, salom bermak sunnat, javobi farzu ayyondir. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning e’tirof etishicha, salom quyidagi holatlarda quyidagi kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiqdir: ulug’ kichikka, otliq piyodaga, yuruvchi o’ltirguvchiga, ozchilik ko’pchilikka, xonaga kirib keluvchi, xona ichkarisida o’tirgan kishilarga salom bergay”, deb ta’kidlar ekan, bir kishi ko’pchilik oldiga kirib kelganda, birinchi bo’lib salom berishi, ko’pchilik esa baravar ovoz chiqarmasdan salomga alik olishi joizligiga alohida e’tiborni qaratadi. Allomaning salomlashish odobi xususidagi fikrlari bilan tanishar ekanmiz, ta’lim muassasalarida muallim sinf xonasi yoki auditoriyaga kirib kelganda, “Kim oldin salom berishi kerak?”, degan muammoning yechimini topgandek bo’lamiz.

Mazkur bobda yana salomlashishdagi hatti-harakatlar, jismonan zaif yoki bemor kishilar tomonidan amal qilinishi lozim bo’lgan, shuningdek, erkak va xotin-qizlar o’rtasida kechuvchi salomlashish qoidalari, salom bermaslik va javob qaytarmaslik joiz deb topilgan holatlar borasida ham muhim tavsiyalar bayon etilganki, ushbu tavsiyalar bugungi kun uchun ham nihoyatda ahamiyatlidir.

Birinchi bobning uchinchi faslida berilgan muloqot (uchrashuv) odobiga oid tavsiyalar ham diqqatga sazovor. Bunda uchrashganda qo’l berib ko’rishish, lekin qo’l uchi bilan emas, astoydil, biroq qo’lni silamay, ochiq yuz bilan ko’rishish odobi bayon etiladi. Quchoqlashib ko’rishish, safardan qaytgan kishi hamda yosh bolalar bilan ko’rishish, o’pib ko’rishish odoblari bayon etiladi.

Ikkinchi bobda uxlamoq, kiyim kiyish, yo’l yurish odoblari haqida fikr yuritiladi. Masalan, uxlash oldidan eshiklarni mahkamlab yopish, idishlarning og’zini berkitish, o’rnidagi ko’rpa-to’shaklarni bir bora qoqib yozish, o’choqdagi olovni hamda chiroqni o’chirish, uxlaydigan o’rnini yumshoq qilmaslik, o’ng qo’lga bir oz suyanib yotish tavsiya etiladiki, ushbu qoidalarning ahamiyati ularga rioya qilmaslik natijasida ro’y bergan noxush voqealar misolida ochib beriladi.

Libos kiyish qoidalari ham xulq-odob me’yorlarining tarkibiy qismi sanaladi. Bizga yaxshi ma’lumki, libos kiyish borasida ham ma’lum mezonlar qabul qilingan bo’lib, ularga amal qilish kishini noqulay vaziyatga tushib qolishdan saqlaydi. Muhammad Sodiq g’oshg’ariy ushbu bobda libos kiyish qoidalari va ularga amal qilish shartlari yuzasidan mulohazalarni ilgari suradi. Bu borada muallif kishilar tomonidan amal qilinishi o’ta muhim sanalgan mezonlar quyidagilar ekanligiga alohida urg’u beradi: libos tanlashda kishining imkon darajasi, moddiy holati, mavqei, nasl-nasabi, yoshi, jinsi, shuningdek, joyi (geografik mintaqa, shahar yoki qishloq, faoliyat turi va hokazolar) inobatga olinishi lozim. Tanlangan libosning qulayligi, faslga mos bo’lishi ham maqsadga muvofiqdir. Libosni toza tutish, o’ta darajada hashamdor bo’lgan liboslarni kiymaslik, yaxshi libos kiyganda manmanlik qilmaslik, kiymaydigan ortiqcha liboslarni muhtojlarga in’om qilish xususida berilgan tavsiyalar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Yo’l yurish qoidalari ham har bir inson bilishi zarur bo’lgan qoidalardan biri bo’lib, muallif mazkur masalaga ham o’z e’tiborini qaratadi. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning tavsiyalariga ko’ra, yo’l yurganda atrofga alanglamaslik, jamoat joylarida esa boshqalarga xalal bermaslik, ularning hurmatini saqlash, hamrohlar ishtirokida yo’l yurilayotgan bo’lsa, ularning yoshi, mavqei, salomatlik darajasini inobatga olish, yo’lda tanish kishi uchrab qolsa, u bilan salomlashib, tez o’tib ketish, agar zarur bo’lsa, yo’l chetiga chiqib so’zlashish, yo’lda og’iz suvi yoki balg’amni tupursa yuzini berkitish, uni o’ng tomonga yoki oldiga emas, chap tomoniga yoki orqaga tashlash, muhtojlarga duch kelib qolinsa, ularga yordam berish, kishilarga aziyat yetkazadigan narsalarni yo’ldan olib tashlash, mazlumlarning g’am-anduhlariga sherik bo’lib, ularga yordam ko’rsatish, kishilarning yaxshi amallarini ma’qullab, ularni yomon ishlardan qaytarish maqsadga muvofiq ekanligi bayon etiladiki, ushbu qoidalarni bilish katta-yu kichikka birdek zarurdir.

Uchinchi bobda suhbatlashish odobi borasida so’z yuritiladi. Bizga yaxshi ma’lumki, suhbatlashish odobi va uning shartlariga amal qilish ijtimoiy munosabatlarning mo’’tadil kechishini ta’minlovchi asosiy va o’ta muhim omillardan biri bo’lib, aksariyat mualliflar tomonidan yaratilgan hamda axloq-odob muammolariga bag’ishlangan asarlar mazmunidan alohida o’rin olgan. «Odob as-solihin» asarida ham muallif suhbatlashish odobi va uning o’ziga xos jihatlari borasida batafsil so’z yuritadi.

Suhbatning yaxshi niyatlarga boy hamda beg’araz bo’lishi muhim sanaladi. Muayyan mavzularda tashkil etilayotgan suhbat (bahs-munozara)ga tanning tozaligiga erishgan, shuningdek, og’iz va tishlarni tozalagan holda pokiza libos bilan tashrif buyurish, suhbat ahlining bir-birlariga hurmat va iltifot ko’rsatishlariga erishish, ulug’larga e’tiborini qaratish, o’tirish qoidalariga rioya etish, ahli suhbat kirganda va chiqqanda o’rindan turish va ulug’larni yuqoriga o’tkazish, beadab so’zlar, yomon hatti-harakatlar hamda noo’rin jimlikdan saqlanish, barchaga yaxshi muomalada bo’lish, ularni izzat qilish, aksa kelsa og’zini to’sib, past ovozda, yengil aksa urish, suhbat ahliga ish buyurmaslik, ularga beminnat xizmat ko’rsatish, do’st va notanishlarga bir xil ochiq chehra, go’zal hulq va odob bilan muomalada bo’lish, aka-ukalar, opa-singillarning xatosini kechirish hamda ularning aybini yuzlariga solmaslik, agar joiz bo’lsa ularga boshqalarning e’tiboridan chetda nasihat qilish, suhbat jarayonida ishtirok etayotgan biror kishining yomon qilig’i yoki qabih fe’liga baho bermaslik, zaruriyat yuzaga kelgan holda uni suhbatdan chetlatish chora-tadbirini ko’rish va hokazo kabi odob-axloq qoidalariga rioya etish har bir kishining insoniy burchi ekanligini ta’kidlab o’tadi.

Ahli suhbatga noloyiq hatti-harakatlardan qochish maqsadida suhbat ishtirokchilarining xotirjamligini buzgan kimsaga o’z xatti-harakatlarining noo’rinligini imo-ishora bilan tushuntirish, u o’zini o’nglab ololmasa zarur holatda uni davradan chetlatish, mazkur chora-tadbirni ortiqcha shov-shuvsiz amalga oshirish, suhbat chog’ida pinakka ketmaslik, o’zini o’zgalardan yuqori tutmaslik, suhbatdoshning so’zini bo’lmaslik, sukut saqlashda ham ma’lum me’yorlarga amal qilish, ortiqcha takallufga yo’l qo’ymaslik, hamsuhbati bilan bahs qilmaslik, ammo tortishish mumkinligi, g’azab kelganda uni to’xtata olish, ortiqcha qiziqchilik, hazil-mutoyiba, xushomadgo’ylik qilmaslik, bu borada me’yordan chetga chiqmaslik, o’zgalarning shaxsiyatini kamsituvchi laqablarni tilga olmaslik, davra ishtirokchilari orasida bir-biri bilan pinhona va boshqalar tushunmaydigan tilda pichirmaslik, pinhona so’zlashayotgan hamrohlarning so’zlariga quloq solmaslik kabi qoidalarning mohiyati asar mazmuni orqali to’laqonli yoritilib beriladiki, ulardan xabardor bo’lish har bir kishi uchun o’ta muhimdir. Asarda ilgari surilgan er va xotin o’rtasida tashkil etiluvchi munosabatlar odobiga oid qarashlar ham alohida diqqatga sazovordir.

Mazkur o’rinda quyidagi fikrlar ilgari suriladi: uylanadigan yigit nikohdan oldin o’zi uylanmoqchi bo’lgan qizni ko’rmog’i, uylanadigan qizning bokira bo’lishi, shuningdek, to’rt narsa: umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va uch narsa: husnu jamolda, hulq (odob)da hamda iffatda erdan yuqori bo’lishi zarurligi muallif tomonidan alohida ta’kidlanadi. YUqorida qayd etilgan fikrlarning ahamiyati amaliy turmushda o’z isbotini topgan bo’lib, ularni bilish hamda mazkur fikrlarga amal qilish oilalarda tinchlik-totuvlik, farovonlik va xotirjamlikning barqaror bo’lishini kafolatlovchi omillar bo’lib xizmat qiladi.

Er kishi xotiniga yaxshi muomala qilish, uni behuda g’azablantirmasligi, oliyjanob bo’lishi, alohida muruvvat ko’rsatishi, havoyi nafs balosidan saqlanishi, agar ayol jabr va sitam ko’rsatsa, unga avval nasihat qilib, xatti-harakatlarining nojoizligini tushuntirishi, agar u ushbu chora-tadbirdan so’ng yaxshi tomonga yuz tutsa, uni avf etishi maqsadga muvofiq ekanligi borasidagi qarashlar bayon etiladi.

Asarda, shuningdek, ayol kishining oiladagi o’rni va burchlari yuzasidan ham bir qator fikr-mulohazalar bayon etiladi. Muhammad Sodiq g’oshg’ariyning nuqtai nazariga ko’ra, ayol kishining oiladagi eng muhim burchi quyidagilardan iboratdir: xotin erining ruxsatisiz hech joyga bormasligi va hech kimni uyiga keltirmasligi, erining mol-dunyosini sarf etmasligi, o’z zimmasidagi mas’uliyatlarni oqilona bajarishi, eri xursand bo’lsa - xursand, g’amgin bo’lsa - g’amgin bo’lishi, erining topish-tutishiga qanoat qilishi, er vafot etganda motam tutib, marhumning ruhini pok saqlashi va hokazolar. YUqorida tilga olingan pandlar bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Muhammad Sodiq Qoshg’ariy “Odob as-solihin” asarida, kasal holini so’rash, ta’ziya va musibat odoblari haqida ham fikr yuritadi. Ushbu holatlarda amal qilinadigan qoidalar mohiyatidan xabardor bo’lish ham har bir kishi uchun foydadan holi bo’lmaydi.

Bemor holini so’rash qarindosh-urug’, qo’ni-qo’shni, yoru birodar, shuningdek, do’st uchun farz ekanligi, bemorning millati va diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, uning yoniga ochiq yuz bilan kirish, unga ko’nglini ko’taruvchi so’zlar bilan murojaat qilish, bemor oldiga bashang kiyinib yoki kir libosda bormaslik, bemor yotgan xonaga kulib kirib, uning bosh tomoniga yaqin o’tirish, ko’p so’zlanishib bemorni toliqtirib qo’ymaslik, qo’lni peshonasiga qo’yib hol so’rash, bemorni kun yoki kunora kelib toliqtirib qo’ymaslik, bemorning ko’ngli tilaydigan narsalarni so’rab-surishtirib, ularni topib kelish, ammo bemorning muolajasida uni harom narsalardan saqlash, bemor oldida ko’p o’tirmaslik, agar bemor oldida uzoq vaqt qolish zaruriyati yuzaga kelsa, uning ko’ngliga yoqadigan, xush keladigan so’zlar yoki hikoyatlardan so’zlab o’tirish maqsadga muvofiq ekanligiga alohida urg’u beradi.

O’z navbatida bemorning kasalidan nolishi mumkin emasligi, og’ir dardga chalinganda o’ziga o’lim tilamasdan umr tilashi, dardi og’irlasha boshlaganini sezganda gunohlaridan tavba qilib, o’zgalar hamda qarindosh-urug’, qo’ni-qo’shni, yoru birodar hamda farzandlar oldidagi qarzlarini ado etib, farzandlari, qarindosh-urug’i va do’stlaridan rozi-rizolik so’rashi, vasiyat qilish, shuningdek, ularga sabr-qanoat tilashi eng muhim qoidalar ekanligi ta’kidlanadi.

Asarda musibat odoblari xususida ham bir qator fikrlar bayon etilganki, ushbu qoidalardan xabardor bo’lish, kishilar, shu jumladan, yoshlar uchun ham zarurdir.

Biron mo’minning vafoti haqidagi xabarni eshitilganda boshiga musibat tushgan kishilarga ta’ziya izhor etiladi. Ushbu tadbir dafn marosimidan oldin yoki keyin amalga oshirilishi mumkin. Ta’ziya bildirish uch kungacha joiz, undan so’ng makruh deyiladi. Tobutni olib chiqib ketayotganlar sukut saqlashlari lozimligi, ayollar tobut ko’targan erkaklarga hamroh bo’lib, eshikka chiqmasliklari, boshiga musibat tushgan kishilar yig’ilganlarida ovozni baland qilib, fig’on chekmasliklari, mayit dafn etilgach, har kim o’z ishiga ketishi, bir yerda yig’ilib o’tirmasliklari kerakligi, yig’ilish uyushtirish uchun turli tadbirlarni izlab topish va ularni o’tkazish bid’at ekanligi, biroq qo’ni-qo’shni, qarindosh-urug’, yoru do’stlarning turli taomlarni tayyorlab, boshiga musibat tushgan kishilarning xonadonlariga yuborish odamgarchilikning muhim ko’rinishlaridan biri ekanligi ta’kidlab o’tiladi.

Asarda qabr ustiga pishiq g’isht va tosh hamda boshqa narsalarni qo’yish, qubba va imorat barpo etish ham bid’at hisoblanishiga alohida urg’u beriladi.

SHu o’rinda muallif qabrlarni ziyorat etish odobiga ham to’xtalib o’tadi. Muhammad Sodiq Qoshg’ariyning e’tirof etishicha, qabrlarni ziyorat etish odobi quyidagilardan iboratdir: qabristonni tonggi ziyorat qilish ko’proq erkaklarga mansub, ota-onaning qabrlarini ziyorat qilish xotinlarga ham ijozat etiladi. Qabrlarni oyoq osti qilmaslik, qabr ustida o’tirmaslik kabi holatlar ham qabristonlarni ziyorat qilish odobining muhim unsurlari ekanligi ko’rsatilib o’tiladi.

Asarda ziyofat uyushtirish va mehmon kutish odobi borasida ham ko’pgina ibratli fikrlar bayon etiladi. Xususan, mehmondorchilik odobi yuzasidan quyidagi fikrlar ifoda etiladi: mehmondorchilikka kishining boyligi, mavqei yoki mansabiga qaramay, hammaning baravar chaqirish, oila a’zolarini ham ajratmaslik, mehmonning izzat-hurmatini joyiga qo’yish, lekin uch kundan so’ng ortiqcha takalluf ko’rsatmaslik, dabdaba qilmaslik, mehmon uchun uyni ortiqcha bezamaslik, lekin, ozoda va toza ko’rpa-to’shaklardan foydalanish, dasturxon tuzashda isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, dasturxonga taom qo’yilganda avval mezbonning taomga qo’l uzatishi, mehmondan oldin taomdan qo’l tortmasligi, mehmonga nisbatan ortiqcha takalluf qilavermaslik, imkoni bo’lsa lazzatli va latif taomlar tayyorlab mehmonning ko’nglini olish kabi qoidalarning mohiyati ochib beriladi.

Asarda mehmon tomonidan xonadon sohiblariga nisbatan ko’rsatiladigan hurmat borasidagi qoidalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bayon etiladi. Xususan, ziyofat yoki mehmondorchilikka chaqirilganda, u xoh faqir, xoh ulug’ martabali kishi bo’lsin, albatta, chaqirilgan xonadonga borishi zarurligi, zolim, axloqsiz, ikkiyuzlamachi hamda xurofotchi kishilar ziyofatga chaqirganda esa bormaslik kabi odob-axloq qoidalariga rioya etish nihoyatda muhim ekanligi ta’kidlab o’tiladi.

Mazkur bobda yemak-ichmak odoblari xususida ham so’z yuritiladi. Unda taomni mumkin qadar oz iste’mol qilish, shubhali tuyulgan taomlarni iste’mol qilmaslik, faqirona ovqatlarga qanoat qilish, go’shtli taomlarni kam tanavvul etish, ovqatlarni tanavvul qilishda ularning pishirilish holatiga ko’ra bir-biri bilan aralashtirib yubormaslik, ya’ni, baliqni sut bilan, sutni nordon meva yoki taom bilan, sutni tuxum bilan, qovurilgan go’shtni qaynatilgan go’sht bilan, qotgan go’shtni yangi go’sht bilan, issiq taom yoki ichimlikni sovuq taom yoki ichimlik bilan, ichni qotiruvchi taom yoki mevalarni ichni suruvchi taom yoki mevalar bilan birga iste’mol qilish sog’likka ziyon etkazuvchi holatlar ekanligi alohida uqtirib o’tiladi. Alloma taom iste’mol qilish odoblari borasida so’z yuritar ekan, taomni o’tirgan holda yeyish maqsadga muvofiq ekanligiga e’tiborni qaratadi. Bu boradagi odob qoidalari sirasiga quyidagi holatlar qam kirishiga: alohida urg’u beradi: katta yoshli kishilar taomga qo’l urmagunlaricha, taomga qo’l uzatmaslik, taom iste’mol qilishda ozodalikka qat’iy rioya etish, shuningdek, uning turiga ko’ra qulay idishlardan foydalanish, mevalarni ko’zga surib (bizning fikrimizcha, mazkur harakat muayyan meva pishib yetiladigan mavsum (davr)ga yetib kelinganlik, yana bir yil sog’-salomatlikda umr kechirganlik uchun shukuronalik belgisi sifatida ado etiladi), keyin yeyish, taomni iste’mol qilishdan avval va keyin qo’l yuvish, yuvilgan qo’lning suvini silqitmaslik, qo’lni toza sochiqqa artish, taomdan so’ng sohibi xonadon sharafiga duo qilish, mazkur mehmondorchilikda yoshi katta kishilar ham ishtirok etayotgan bo’lsalar, ularning duo qilishlarini kutish kabi qoidalarining mohiyatini batafsil ochib beradi.

Mazkur bobda suv ichish odobi xususida ham fikr yuritiladiki, ushbu qoidalari mohiyatini bilish hamda ularga qat’iy amal qilish gigiyenik jihatdan ham muhim ahamiyatga egadir. Suv ichish (turli ko’rinishdagi ichimliklarni iste’mol qilish) qoidalari quyidagilardan iboratdir: suvni birdaniga simirmay, balki bo’lib-bo’lib ichish, unga nafas urilmaslik maqsadga muvofiqdir, suv o’ta ehtiyotkorlik bilan, unga biror narsa tushgan tushmaganligiga ishonch hosil qilingach ichiladi, kechasi esa suv solingan idishning og’ziga latta tutib ichish tavsiya etadi. Agar og’iz va qo’l yog’liq bo’lsa, suvli idishning dastasini ushlamaslik, jimjiloq va nomsiz barmoq yordamida yoki qo’l yuvilgandan so’ng ushlash, kosa yoki suv idishning singan yeri bo’lsa, u yeridan suv ichmaslik (chunki u yerda kir to’planib qolishi mumkin), ariq yoki hovuz (har qanday ochiq suv havzasi)dan boshni egib, suv ichmaslik (zero, bunday holatda turli zararli hasharotlarning inson organizmiga tushish ehtimolining mavjud) kabi holatlar qat’iy ta’kidlab o’tiladi. SHu bilan birga suvni avval o’zi ichmay yonidagilarga uzatish, bunda suvning o’ng tomonga uzatilishiga alohida aqamiyat berish, suv uzatgan kishini duo etish qoidalari ham eng zarurva muhim sanalgan odob qoidalaridan biri ekanligi uqtirib o’tiladi.

Ettinchi bobda safar qoidalari va ularning mohiyati yoritib beriladi. Allomaning fikriga ko’ra, safarga chiqishdan ko’zlangan maqsad quyidagi uch ko’rinishda ifodalanadi: farz, fazilat, muboh (ruxsat etiladigan). Ayni o’rinda safar farzining o’zi quyidagi besh ko’rinishni namoyon etadi: jihod, haj, ota va onaning chaqirig’iga muvofiq, raddi mazolim (zulmni qaytarish) hamda ilm olish maqsadida uyushtirilgan safar.

Muboh safarining uyushtirilishidan ko’zlangan maqsad ham ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi: 1) o’z manfaati yo’lida, o’zgalardan biror narsani ta’ma qilmagan holda uyushtirilgan tijorat safari. Muboh safarining mohiyatini yoritar ekan, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tijorat safarini uyushtirishdan asosiy maqsad faqat mol-dunyo orttirish bo’lsa, u holda bunday tijorat safari unga ziyon yetkazishini alohida uqtirib o’tadi; 2) navi-nav’i tafarruj (ko’ngil ochish) maqsadida safar uyushtirish. Alloma vaqti-vaqti bilan bunday safarlarni ham uyushtirib turish maqsadga muvofiq ekanligini aytib o’tadi. Muhammad Sodiq g’oshg’ariyning ta’kidlashiga ko’ra, har qanday maqsad yoki ko’rinishdagi safarlarni uyushtirish chog’ida ayollarga albatta ularning turmush o’rtoqlari (mahrami) hamrohlik qilishlari zarur.

Asar mazmuni orqali safar va ularning foydalari xususida ham so’z yuritiladi. Allomaning fikricha, safar qilishning foydali jihatlari quyidagilardan iborat: birinchidan, g’am-anduhdan forig’ bo’lish, ikkinchidan, tirikchilik uchun sarmoya yig’ish, uchinchidan, ilm olish, to’rtinchidan, odob va axloq o’rganish, beshinchidan, ulug’ kishilarning suhbatlaridan bahramand bo’lish. Olim safar uyushtirilgan vaqtda turli mashaqqatlarga ham duch kelish mumkinligini ta’kidlagan holda, chaqimchi va hasadchilar orasida tirik yurgandan ko’ra, safar mashaqqatlari afzalroqdir, degan g’oyani ilgari suradi. Safarga chiqishda quyidagi qoidalarga amal qilish foydadan holi bo’lmaydi: avvalo, safar qilish uchun ma’lum bir kori-hayor (yaxshi niyat), ya’ni, yo haj, yo tijorat, yo jihod, yo ilm olish, yoki aziz joylarni ziyorat qilishni maqsad qilib olish. Safarga chiqish oldidan biror dono kishi bilan maslahatlashish tavsiya etiladi. Safarga chiqish oldidan ota-ona yoki safarga chiquvchi kishida kimning haqqi bo’lsa, haq egalaridan ruxsat so’rash, ularning fikrlarini inobatga olish, ota-ona yoki qarindosh-urug’, yor-birodarlar bilan vidolashib, ularning duosini olish sunnat sanalishi muallif tomonidan alohida qayd etib o’tiladi.

Safarga hech vaqt tanho chiqmaslik, eng kamida uch kishi bilan safar qilish, safarga chiquvchilar soni ko’pchilikni tashkil etsa, bir-birlariga yaqin manzilga tushish, guruh bo’lib safarga chiqqanda o’rtalaridan bir kishini boshliq etib tayinlash, uning ko’rsatmalari asosida ish tutish, boshliqning ham o’z navbatida boshqalardan xizmatini ayamasligi, guruh safida zaifu notavonlar ham bo’lsalar, ularga madadkor bo’lish kabi holatlar eng muhim safar odoblari sifatida e’tirof etiladi.

Safarga chiqishda o’zi bilan birga eng zarur ashyolar, ya’ni, libos, oyoq kiyim, soqoltarosh, misvak (tish tozalagich), qaychi va boshqalarni olib chiqish, borilayotgan shaharda biror yuqumli kasallik tarqalsa, u yerdan chiqib ketmaslik, aks holda kasallik tarqatuvchi o’zi bo’lib qolishi mumkinligiga alohida urg’u berib o’tiladi.

Safardan qaytganda to’satdan uyiga kirib bormay, avval uydagilarni xabardor etish maqsadga muvofiq bo’lib, uyga kechasi kirib borish noloyiq hisoblanadi. Safardan qaytganda xonadon ahli, shuningdek, qarindosh-urug’, qo’ni-qo’shni hamda yor-do’stlarga sovg’alar ulashish, safar qiluvchi kishini ko’rgani kelgan insonlarni turli lazzatli taomlar bilan siylash ham odamiylikning yorqin ifodasi ekanligini uqtirib o’tadi.

Agar xabar kelsa, musofirni kutib olish, uning istiqboliga peshvoz chiqib, hurmat bilan kutib olish, uni so’roqqa tutmaslik, musofir xohishini farosat bilan bilib olish, uning manzili, yotish-turishi, yeyish-ichishidan xabardor bo’lib turish, agar sayohat qilish hoxishi bo’lsa, diqqatga sazovor joylarni ko’rsatish, uning tashrif buyurishidan ko’zlangan maqsadini bilib, unga yordam qilish kabi eng oddiy odob qoidalarining ham mohiyati ochib beriladi.

YUqoridagilardan ko’rinib turibdiki, Muhammad Sodiq Qoshg’ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari jamiyat a’zolari, shu jumladan, yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol bo’lishlarida katta ahamiyatga ega. Mazkur asar har bir inson tomonidan o’rganilishi va kundalik turmushda qat’iy amal qilinishi zarur bo’lgan hulq-odob qoidalarining majmui sanaladi. SHu bois SHarq pedagogikasi tarixida mazkur asar ham Unsurul-Maoliy Kaykovusning “Qobusnoma” asari kabi o’z o’rni va mavqeiga ega.

17-mavzu. Hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.

Amerika Qo‘shma shtatlarida ta’lim tizimi. Yaponiyada ta’Iim tizimi. Janubiy Koreyada ta’Iim tizimi. Fransiyada ta’Iim tizimi. Germaniyada ta’Iim tizimi.

O’zbekiston ta’Iim tizimi va Hamkorlik yo‘nalishlari.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish