13 – o‘quvchi: Azizlar har birimizning yutug‘imiz ota – ona duosidir. Ana shu duo g‘oyat hosiyatli bo‘lib bizni har xil balolardan asragay.
14 – o‘quvchi: “Mehribon ona” she’ri
Dunyodan “bolam” deb kuyunib o‘tar,
Farzandidan kutsa shirin so‘z kutar,
Topib – tutganini beminnat tutar –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
15 – o‘quvchi:
Artar kiprigingga tushgan gardingni,
Yurakdan his qilar quvonch – dardingni,
Anglay olsang agar zarra qadrini –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
16 – o‘quvchi:
Og‘ir damlaringda yoningda bo‘lgan,
Chimdim yutug‘ingdan quvonchga to‘lgan,
Yig‘lasang yig‘lagan, sen kulsang kulgan –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
17 – o‘quvchi:
Onangning mehrini yurakdan tuygan,
Suysang bu dunyoda onangni suygin,
Kuysang “volidam” deb, “onam” deb kuygin –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
Do'stlaringiz bilan baham: |