Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim metodikasi ” kafedrasi



Download 0,85 Mb.
bet38/109
Sana22.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#401195
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
Bog'liq
majmua

To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘­batlantirish.

Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.

Tarbiya - Har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.

Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish.

Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir.



Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir.

Ma’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munоsabatlaming barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchovdir», - deb yozadi F. Nizomov.

Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz.

Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to‘grisidagigi g‘oyalar atroflicha  o‘rganish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan,  amaliy ko‘nikma-malakalarni  egallagan,  raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim.  Kelajakda  mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar,  bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot   sohalari   ichki   qonuniyatlari   to‘g‘risidagi   tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijti­moiy sohadagi islohotlar, axloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim.

Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir.

«Mutafakkir Imom Buxoriy «Adolat-Allohning benazir inoyatidir, undan barchani bahramand qiling», - degan g‘oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat (kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bajarishda uning vazifasi muhim ekanligiga e’ti­bor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qo‘shin, mirshab va qozilarga emas, balki ado­lat tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatib beradi.

Tarbiya jarayonida o‘qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya berish, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.

Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch – e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga, aylansa, yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, o‘quvchilarning tushunchasi, aql-idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda ma’rifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqozo etiladi.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish