Mavzu quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-falsafiy, psixologik-pedagogik adabiyotlar, o ' quv-meto dik qo'llanmalarni ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etish;
pedagogik kuzatuv;
pedagogik tajribalarni o'rganish va umumlashtirish;
tadqiqot mavzusi bo'yicha suhbatlar tashkil etish;
tadqiqot natijalarini umumlashtirish.
Mavzu ishining amaliy ahamiyati: to'plangan tajriba materiallarini tahlil qilish, umumlashtirish va ijodiy yondashish asosida ta'lim muas s as alarida dars jarayonida loyihalash metodini qo’llash va uning samaradorligini oshirish yo'llari belgilandi. Tadqiqot jarayonida ilgari surilgan fikrlardan, yondashuvlardan hamda samaradorligini ta’minlovchi tadqiqot natijalaridan pedagogik fanlar bo’yicha ma’ ruzalar tayyorlash, qo’llanmalar yaratish, shuningdek metodik tavsiyanomalar yaratishda, ish tajribalarini ommalashtirishda s amarali foydalanishga xizmat qiladi.
Mavzuning tuzilishi: ushbu mavzu 4 qismga bo’linadi, kirish qismi, asosiy qism (3 ta rejadan iborat), umumiy xulosa va foydalangan adabiyotlardir.Zamonaviy o'qitish jarayonida dars o'tish metodlarini dolzarbligi va uni
tanlash mezonlari
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaffaqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning birinchi bosqichi ( 1 997 -2001 yillar)da «... o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar)da „... ta’lim muassasalarining moddiy- texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o „ quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» hamda uchinchi bosqichi (2005 va undan keyingi yillar)da «... ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal etilmog’i lozim. Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo’llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondoshuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchilarning xususiy fanlar asoslarini o’qitishga yo’naltirilgan mashg’ulotlar jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko’nikmalariga ega bo’lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o „ zlashtirilishi, ularda amaliy ko „ nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.
Loyihalash pedagogik jarayonni tashkil etish va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlovchi muhim shartlaridan biridir. Pedagogik jarayonni loyihalashda:
pedagogik faoliyat mazmunini tahlil qilish;
natijalarni oldindin ko’ra bilish;
rejalashtirilgan faoliyatni amalga oshirish loyihasini yaratish kabi vazifalar bajariladi.
Bu bosqichida o’qituvchining mustaqil, shu bilan birga o’quvchi bilan hamkorlikda o’quv jarayonining mazmuni, vositalarini belgilash asosida loyihalashtirilgan faoliyati yetakchi o’rin tutadi.
O'qituvchi darsni rejalashtirar ekan, albatta, uni qanday metod asosida o'tkazish haqida bosh qotiradi. Yuzaki qaraganda, har bir mavzuni xohlagan metodni qo'llab o'tkazaversa bo'ladi, lekin amalda buning iloji yo'q. Bunga qator ob’yektiv va subyektiv sababiar, mavjud sharoit salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Psixologiya, pedagogika bo'yicha o'quv va ilmiy adabiyotlarda dars o'tish metodini tanlashga ta'sir qiluvchi juda ko'p omillar ko'rsatiladi. «Metodika prepodavaniya ekonomicheskix distsiplin» kitobi mualliflarining fikricha ta'lim metodini tanlash yoki aniqfashning oltita umumiy shart-sharoitlarini ajratib ko'rsatish mumkin.1 Bular:
O'qitishning qonuniyatlari va tamoyillari.
Fanning mazmuni va o'rganish metodi, jumladan, uning predmeti va mavzulari.
O'qitishning maqsadi va vazifalari.
Talabalarning o'quv imkoniyatlari (yoshi, tayyorgarlik darajasi, guruhning xususiyatlari).
Tashqi sliaroitlar (geografik, ishlab chiqarish, atrof-muhit).
O'qituvchilarning imkoniyatlari.
Turli-tuman omillarning dars o'tish metodini tanlashdagi o'rinlarini ierarxik tarzda joylashtiradigan bo'lsak. ko'pchilik psixologlar va pedagog olimlaming fikricha. birinchi o'rinda ta'limning maqsadi turadi. Aynan dars o'tish maqsadida biz nimaga erishishimiz lozimligi ifodalanadi, erishishimiz zarur bo'lgan natija belgilanadi. Ikkinchi o'rinda ta'limning motivatsiya darajasi turadi.
Motivatsiya - bu biologik jihatdan insonning irsiy va to'plangan tajribasi asosida individual va guruhiy ravishda ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan, undaydigan tuyg'u. Insonni o'qishga o'rganishga ham ana shu tuyg'u undaydi. Subyektiv nuqtayi nazardan esa motivatsiya birinchi o'rinda turadi. O'qituvchi dars o'tish metodini tanlar ekan, albatta, o'quvchi, talabalardagi motivatsiya darajasiga e'tibor berish kerak. Dars o'tish metodini tanlaganda ta'lim qonuniyatlari va prinsiplarini realizatsiya qilishni nazardan qochirmaslik kerak (qonuniyat - ob’yektiv amal qiluvchi hodisalarning muhim aloqadorligi, bog'lanishlari va ularning qonunlari, qonuniy asosda tabiiy ravishda o'z-o'zidan kelib chiquvchi muqarrar ish, hodisa va boshqa shu kabilar). Har bir fanni o'rganishda dars o'tish metodlari ta'lim qonuniyatlaridan, didaktik prinsiplardan kelib chiqqan holda tanlanadi. XV-XVI asrlarda mashhur olimlar bilishning asosiy qonuniyatlariga faqat o'qitishning emas, balki axloqiy tarbiyalashning ham yetakchi asosi sifatida qaraganlar. Ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar quyidagilarda ifodalanadi:
ta'lim jarayoni jamiyat taraqqiyotini aks ettiradi;
ta'lim va tarbiya jarayoni hamda o'quvchi - talabalar tafakkurini rivojlanishi bir-biri bilan uzviy bog'langan;
o'qitish va o'rganish jarayonlari yaxlit ta'lim jarayoni, muayyan ta'lim mazmuni bilan bir-birini taqozo etadi va ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi;
o'quvchi, talabani biron-bir faoliyatga o'rgatish uni shu faoliyatga maqsadga muvofiq jalb etish orqali amalga oshiriladi;
o'qitish maqsadi va o'quv yurti ta'lim mazmuni, o'qitish metodlari va shakllari o'rtasidagi qonuniy bog'liqlik;
o'quv jarayoni o'quvchi - talaba maqsadining o'qituvchi maqsadiga muvofiq bo'lishi tufayli amalga oshadi. Bunda o'qituvchi faoliyati o'zlashtirishi lozim bo'lgan mazmuniga mos bo'lishi shart;
ta'lim mazmunini o'zlashtirish sur'ati va puxtaligi, o'qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan o'quv faoliyatiga, o'quvchi, talabalarni bilishga bo'lgan qiziqishini ta'minlash;
ularning har tomonlama rivojlanishi, kamol topishi uchun o'zlashtirishi mumkin bo'lgan o'quv jarayoniga qay darajada jalb qilinishi;
o'zlashtirilgan o'quv materiali mazmunining puxtaligini ta'minlashda mavzuni to'liq yoki qisman takrorlash.
O'quv jarayonida talabalar bilim qonuniyatlaridan qanday foydalanishlari didaktik prinsiplarga amal qilish bilan bog'liqdir. Albatta, dars o'tish metodlarini tanlayotganimizda fanni o'rganishga qo'yilgan talablar va fanning mazmuniga alohida ahamiyat berish lozim. Bir fanni o'zlashtirishda yaxshi natija bergan metod boshqa fanga talabalarni chuqur o'zlashtirishlari uchun yaxshi yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun ham dars o'tish metodlarini tanlaganda, albatta, fanning xususiyatlariga alohida diqqat qaratish lozim.
Fanni o'rganishda o'quv materialining murakkabligi va miqdori ham muhim rol o'ynaydi. Demak - dars o'tish metodini tanlashda fanning bu jihatlarini ham hisobga olish lozim. Masalan, oliy o'quv yurtlarida iqtisodiyot nazariyasi, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida iqtisodiyot asoslari fanini o'rganishda abstrakt tafakkur nihoyatda katta rol o'ynaydi. Buxgalteriya hisobi, tahlil, soliq va boshqa shu kabi fanlarda amaliy metodlar fanni o'rganishga katta yordam beradi. Demak, metodlarni muvofiq ravishda tanlash lozim. Dars o'tishda qanday metodni tanlash o'rganilayotgan fanga, uning xususiyatlariga, o'rganiladigan mavzularga bog'liq. Masalan, statistika fanida iqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash asosiy rol o'ynasa, buxgalteriya hisobi fanida esa hujjatlashtirishga asosiy diqqat qaratiladi. Bir mavzuning mazmuni munozarada chuqur o'zlashtirilsa, ikkinchisiniki, masala- mashq yechishda ko'proq tushunarli bo'ladi.
Dars jarayonini qanday metod asosida tashkil etishda o'quvchi-talabalarning o'rtacha bilim darajasi ham muhim rol o'ynaydi. Guruhda talabalarning bilim darajasi yuqori bo'lsa, muvofiq ravishda ijodiy izlanishga undaydigan metodlarni qo'llash zarur. Bu ularni yanada ko'proq o'qishga, izlanishga olib keladi. Bilim darajasi past bo'lsa, ularga fanning mazmunini o'zlashtirishga yordam beruvchi metodlarni tanlagan ma'qul.
Dars o'tish qiyin bo'lgan guruh talabalarning bilim darajasi bir-biridan keskin farq qiladigan guruhdir. Shuning uchun bunday guruhlarda bilimdonlar boshqalarga yordam berishiga erishishga, fanni o'zlashtirishga ko'maklashadigan metodlarni ko'proq tanlashga to'g'ri keladi.
O'qituvchi dars metodini tanlar ekan talabalarning faolligi, qiziqishini ham hisobga olishi zarur. Talabalarning qiziqishi past guruhlarda ularning faolligini oshiruvchi, fanni o'rganishga qiziqish uyg'otuvchi metodlarni qo'llash zarur. Bunda modellashtiruvchi o'yin turli qiziqarli masliqlar, konkurslar o'tkazish, talabalarga individual topshiriqlar berish, aytaylik, biron iqtisodiy ko'rsatkichlarni o'zgarishidan qanday xulosa chiqishi borasidagi flkrlashlar bilan kechadi.
Talabalarning faolligi yuqori guruhlarda ularni o'z ustida mustaqil ishlashlarini ta'minlovchi, erishgan darajada qotib qolmay, yanada ko'proq bilishga undovchi metodlarni qo'llash muhim. Dars o'tish metodining ustun darajada bajaradigan funksiyalari. Ta'lim berish ko'zda tutilsa bir xil, olingan bilimni nazorat qilish lozim bo'lsa boshqa xil metod qollash zarur. Suningdek, olinadigan bilim, malakaning zaruriy manbalariga ko'ra metod tanlash" muhim ahamiyatga ega. Dars o'tish metodini tanlashda ta'lim berish muddatini ham hisobga olish zarur. Ma'lumki. vaqt inson uchun eng cheklangan resurs. Shuning uchun talabalarni doimo vaqtdan unumli foydalanishga o'rgatish zarur. Fanni o'rganishga umumiy qancha vaqt berilgani, shulardan mavzularga qancha vaqt ajratilganiga qarab, dars o'tish zarur. Shubhasiz, dars o'tish metodlarini tanlashda moddiy-texnik baza, o' qitishning tashkiliy shart-sharoitlari ham muhim o'rin tutadi. Shuning uchun o'qituvchi har bir mavzuga ajratilgan vaqtdan kelib chiqib, maqsadga erishish uchun o'rganilishi zarur bo'lgan asosiy savollarga ko'proq vaqt ajratishi, sliunga muvofiq dars o'tish metodini tanlash va uni o'tkazishni rejalashtirishi zarur.
Dars o'tish metodini tanlashga ta'sir etadigan yana bir omil darsning shakli va tarkibidir. Albatta, nazariy darsda tanlangan metodni. amaliy darsda ham qo'llash kutilgan natijani bermaydi. O'qitish metodini tanlashda guruhdagi talabalar soni ham katta rol o'ynaydi. Kichik guruhlarda muvaffaqiyat bilan qo'llanilgan metodlar katta guruhlarda kutilgan natijani bermasligi mumkin yoki umuman qo'llash qiyin bo'ladi.
Dars jarayonida qo'llaniladigan metodni tanlashda o'qituvchi bilan talabalar o'rtasida o'quv jarayonida shakllanadigan munosabatlarda o'zaro hamkorlikka diqqat qaratilsa, boshqalarida avtoritarlik ustun. Dars o'tish metodini tanlashda eng muhim omil bu o'qituvchining darsga tayyorgarligi darajasidir. Chunki qaysi metodni qo'llash. qanday qilib dars o'tish, darsning mazmuni talabalar ongiga yetkazish o'qituvchiga, uning bilimi, salohiyati, kasbiy ko'nikmasi. mahoratiga bog'liq. Yuzaki qaraganda dars o'tish metodini tanlash murakkab emas. Ularni qanday qo'llash uchun o'qituvchida tajriba bor. Ulardan birortasini tanlasa bo'ldi, deya fikr yuritamiz. Lekin ko'rib o'tganimizdek, dars jarayonini tashkil etishga ko'plab omillar ta'sir qiladi.
Bundan tashqari real jarayonga kutilmagan holatlar, sabablar ta'sir qilishi mumkinki, uni avvaldan ko'rib, hisobga olib bo'lmaydi. Dars o'tishda samarali metodlarni qo'llash deganda, mavjud turli-tuman metodlarni orasidan qabul qilingan mezonlar bo'yicha mavjud sharoitda eng yuqori natijaga erishiladigan metodlarni qo'llash tushuniladi. Ular har bir fan, mavzu, savol, guruh uchun turli- tuman bo'lishi mumkin.
Dars o'tish metodlarini tanlashda yangi mavzuni, materialni o'rganilishi, uni mustahkamlash. mavzuni umumlashtirish va dars jarayoni bosqichlari ham katta rol o'ynaydi. Mavzuni o'rganish uchun metod tanlashda komterdan foydalanish katta imkoniyatlarga ega. Dars o'tish metodini tanlashning asosi algoritmlar bo'lib, o'qituvchi belgilangan mezonlar orqali mavzu, uzviy savolni o'rganish uchun kompyuter yordamida optimal metodlarni tanlaydi. Hozirgi paytda 60 dan ortiq metodlarni 35 ta shartlar asosida tanlaydigan «Metod» dasturlari bo'lib. ular so'zsiz o'qituvchiga dars o'tish metodini tanlashda katta yordam beradi.
Fanlarni o'qitishda muvaffaqiyatli ravishda qo'llanilayotgan metodlardan biri talabalar guruhlarini juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib dars 'tishdir. Bu uslubda asosiy mas'uliyat talabalar zimmasiga yuklanib, ular faolligini oshirishga qaratiladi. Ilg'or mamlakatlar, shuningdek, mamlakatimiz pedagoglarining tajribasi kichik guruhlar tufayli ta'lim oluvchilar o'rtasida ancha mustahkam munosabat o'matilishini ko'rsatadi.
Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish:
o'quvchi-talabalarni hamkorlikda ishlashga, bilish jarayonini faollashtirishga, ularda kommunikabellik, kirishimlilik, boshqalarning fikrini eshitishni o'rgatadi;
berilgan topshiriqni birgalikda bajarish jarayonida o'rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga moyillik paydo bo'ladi;
savollarni aniq shakllantirishni, beradigan javoblarni asoslab berishni o'rganadilar;
ta'lim oluvchining potensial imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga yordam beradi. Bilmaganlarini bir-birlaridan so'rab o'rganish imkoniyati yaratiladi. Ta'lim oluvchilar bilimini o'zaro hamkorlikda boyishini ta'minlaydi;
tortinchoq talabalar o'z bilimlari, mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar;
qobiliyatli, iqtidorli o'quvchi-talabalar o'z qobiliyatlarini namoyish qilish, boshqalarga yordam berish, ularga o'rgatishlari va ulardan ham nimanidir o'rganishlari mumkin;
kichik guruhlarda ishlash har bir o'quvchi-talabaga, o'zini guruhning bir bo'lagi sifatida his qilish, bir-birlarining muvaffaqiyatlarini ko'rsatishga o'rganadilar.
Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tish samarali bo'lishi uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
Dars materialini o'zlashtirish jarayonida talabalar jamoa bo'lib ishlashi kerak.
Har bir guruhda albatta a'lochilar bo'lishi, kichik guruh tarkibi aralash bo'lgani (qizlar, yigitlar) ma'qul.
Butun guruh va alohida talabani taqdirlash tizimi ko'zda tu- tilgan bo'lishi lozim.
Tadqiqotlar yana shuni ko'rsatadiki, o'quvchi, talabalarni kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishni tashkil etishning o'zi yetarli emas ekan. Kutilgan natijaga erishish uchun yana ikki komponent: guruhni rag'batlantirish va shaxsan mas'uliyatni his qilish mexanizmi va uni rag'batlantirish tizimini ishlab chiqish kerak ekan. Agarda guruh miqyosida rag'batlantirish yetarli bo'lmasa, guruh a'zolari o'z o'rtoqlari o'tilayotgan darsni o'zlashtirishiga uncha ahamiyat bermay qo'yadi. Guruhlami kichik guruhlarga bo'lishni qanday qoidalar yoki tamoyillar asosida amalga oshirish lozim, guruhlar qanday tuzilganda yuqori samara beradi degan savolga aniq javob, universal qoida yo'q. Guruhlami kichik guruhlarga bo'Iishda:
qo'yilgan ta'lim maqsadlari, shakli, natijasi;
beriladigan topshiriq, texnologik xarita bo'yicha qo'llashni mo'ljallagan ta'lim metodi va usullarini hisobga olishimiz kerak.
O'quvchi-talabalarni kichik guruhlarga bo'Iishda tasodifiy belgidan foydalanishimiz mumkin:
auditoriyada joylashganliklariga qarab bo'lib chiqish mumkin.
O'qishdagi natijalarga ko'ra:
baravarlashtirish guruhi sifatida tashkil qilinganda, kichik gumhlarga turli darajada o'qiydigan talabalar birlashtiriladi;
qo'llab-quwatlash va rivojlantirish guruhi tarzida tashkil qilinganda, iqtidorli talabalar, o'qish darajasi nisbatan pastroq guruhlarga ajratiladi.
Bajariladigan topshiriqqa ko'ra juftlik, 4-5 kishidan iborat yoki undan ko'p o'quvchi-talabalardan tashkil topgan guruhlarga bo'lish mumkin.
Kichik guruhlami faoliyat ko'rsatishi vaqti, bir topshiriqni bajarguncha amal qiladigan guruhlar, bir necha mashg'ulot mobaynida birgalikda ishlaydigan guruhlar, tarkibi o'zgarib turuvchi guruhlar tarzida tashkil etish mumkin.
Kichik guruh a'zolarining majburiyatlari. Kichik guruhning har bir a'zosi:
o'rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishi;
guruh ishida faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo'yin tortmasligi kerak;
zarurat bo'lganda yordam so'rashi;
undan yordam so'rashganda, boshqalarga o'z yordamini berishi;
guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi;
o'zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi;
topshiriqni bajarishda. aniq vazifalarini bilishi kerak.
Har bir kichik guruhning yetakchisi tayinlangani ma'qul. Ularni passiv, o'z fikrini aytmaydigan yoki yaxshi o'zlashtiradigan, faol talabalardan tanlash mumkin. Yetakchi turli funksiyalarni bajarishi mumkin, kichik guruh a'zolarining topshiriqni bajarishini nazorat qilishi lozim. Yetakchilar guruhning har bir a'zosini individual hissasini, rolini ko'rsatib berishlari kerak. Iloji boricha barcha o'quvchi- talabalarni yetakchi rolida sinab ko'rgan ma'qul. Kichik guruhlarga bo'linib dars o'tish uslubining bir necha modellari variantlari mavjud. Ular talabalarning o'quv materialini o'zlashtirish natijasini yaxshilashga qaratilgan. Juftlik ham o'ziga xos, ikki kishidan iborat kichik guruh. Unda topshiriqlar juftlik o'rtasida tayyorlanadi, muhokama qilinadi. Guruhni juftlikdan iborat eng kichik guruhga bo'linib ishlashining afzalligi shundaki, ular bir partada o'tirishadi. Topshiriqni bajarish, muhokama qilish, maslahatlashish uchun alohida joy, xonaning keragi yo'q. Savol- javob, mashq (ayniqsa, to'g'ri/noto'g'ri)larni bajarishda darsni juftlik asosida tashkil qilish samarali bo'lib, talabalarni faollashtiradi, o'z fikrini himoya qilish, asoslashga o'rgatadi.
Kichik guruhlardagi talabalar soni ixtiyoriy bo'lib, uni o'qituvchi barcha omillarni hisobga olgan holda o'zi belgilaydi. O'quv adabiyotlaridagi «5x5» yoki «6x6», «7x7» metodlari haqidagi bildirilgan fikrlardan umumiy xulosa chiqaradigan bo'lsak, ularning barchasida so'z guruhlami kic hik guruhlarga bo'lib, dars o'tish haqida boradi.
Bunda o'qituvchi biron bir material yoki o'tilgan darsni qisqacha tushuntirib, talabalarga topshiriq beradi. Topshiriq masala, mashq, savolga javob va boshqa shakllardagi nazorat ishi bo'lishi mumkin. Topshiriq guruhlar ichida muhokama qilinadi. Keyin o'rganilgan mavzu bo'yicha har bir guruh a'zosi individual tarzda nazorat ishi yozadi. Har bir talabaning ballari jamlanib, umumiy guruhning bali chiqariladi. U shaxsiy va guruh to'plagan bail bilan taqqoslanadi. Guruhlarning olgan o'rinlari aniqlanib, to'plangan balga ko'ra rag'batlantiriladi.
Ikkinchi inodelda musobaqa (tanlov) o'tkaziladi. Bunda guruh a'zolari boshqa guruh a'zolari bilan musobaqalashib ochkolar to'plashadi.
Uchinchi model, mozaika modeli deb ham ataladi. Bu model ko'proq katta guruh, aytaylik, 25-30 tadan talaba bor guruhlarda qo'llangani ma'qul.
Guruhdagi talabalar soni bo'yicha o'qituvchi har bir guruhdaga 5 yoki 6 tadan talabani jalb qiladi. Har bir guruh tarkibidagi talaba soniga qarab, 5-6 savol yoki qismdan iborat ma- terialni o'rganish uchun topshiriq beriladi. Har bir guruhdan bir kishi bitta qismini yoki savolni o'rganadi.
Turli guruhlardan shu qism yoki savolni olgan talabalar birga yig'ilib, o'quv topshirig'ini muhokama qiladilar. Bu guruhlami ekspert guruhlari deb ataladi. Asosiy guruhlami alfavitdagi harflar bilan talabalarni raqamlar bilan belgilaymiz.
Aytaylik, guruh 30 ta talabadan iborat. O'qituvchi ularni 6 tadan 5 ta guruhga (A, V, V, G, D) bo'ladi. Birinchi guruh A, undagi talabalar Al, A2, A3. A4, A5, A6, ikkinchi guruh B, undagi talabalar Bl, B2.BZ, B4, B5, B6 va hokazo tarzida bo'linadi, Har bir talaba o'zining raqami bo'yicha asosiy guruhidan, ya'ni harf bo'yicha o'quv materialining ma'lum qismini yoki savolni o'rganish bo'yicha topshiriq oladi. So'ngra mutaxassislar guruhida (raqamlar bo'yicha) barcha 1 yoki 2 va hokazo raqamlar asosida yangi guruh tashkil bo'ladi. Ya'ni mutaxassislar guruhi Al, Bl, VI, Gl, Dl, ikkinchi guruh A2. B2, V2, G2, D2 va hokazo tarzida yangi guruh hosil bo'ladi. Har bir asosiy guruhdan bir xil raqamdagi, lekin har xil guruh a'zolari to'planib, o'zlariga berilgan savol, topshiriqni muhokama qiladilar. So'ngra har kim ekspertlat guruhidan o'zining asosiy guruhiga qaytadi.
Guruhning har bir qatnashchisi ekspertlar guruhida o'zi o'rgangan masalani gapirib beradi. Guruhning har bir qatnashchisi diqqat bilan o'rtoqlarining fikrini eshitishga harakat qiladi. Chunki, berilgan topshiriqni bajarishning yagona yo'li o'rtoqlarining fikrini diqqat bilan tinglab, tahlil qilib, so'ngra gapirib berishdir. Undan tashqari, har bir talabada o'z topshirig'ini mufassal bajarish uchun stimul mavjud. Sababi, u berilgan savol, topshiriqni o'rtoqlari qay darajada o'zlashtirishlariga mas'ul.
Kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishdagi to'rtinchi model avvalgi modellardan birmuncha farqlanadi. Bu modelda kichik guruhdagi har bir talaba berilgan topshiriqni avval alohida o'zi ba- jarib, fikrini s eminar daftariga yozadi. So'ngra guruh birgalikda hammaning fikrini o'rganib chiqadi. Kichik guruh nomidan yagona javob tayyorlanadi, darsda barcha guruhlarning javoblari eshitiladi va guruhni erishgan natijasi baholanadi.
Kichik guruhlarda talabalar o'rtasida fikr almashuv, tahlil qilish imkoniyati keng. Har bir talabaning fikri o'rtoqlari tomonidan tahlil qilinadi. Bunda har bir talaba, albatta o'z fikrini asoslashga, himoya qilishga harakat qiladi. Munozara jarayonida har bir talaba o'z xatosini tushunadi yoki haqligini sinab ko'radi, hamkorlikda muammo ni yechishga o'rganadi.
Guruhni juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib ishlash maqsadga muvofiq, qachonki:
axborot bilan almashuv;
- g'oya-fikrlami yig'ish va o'rtoqlashish;
- qiyin yechiladigan muammo va variantlarni tahlil qilish;
- murakkab masalani yechish va xulo s a chiqarish zarur bo'lganda.
Guruhda ishlash individual ishlashga qaraganda yaxshi natija beradi. Sababi:
- axborot diapazoni keng, chunki har bir talaba ma'lum ax- borotga ega;
- hamkorlik natijasida passiv talabalarning ham faolligi ortishi mumkin.
- ko'pgina taklif, fikrlar o'zaro tanqid natijasida saralanadi.
Guruh bilan ishlashning maqsadi talabalarning bilimini oshirishdir. Uslubni qo'llash natijasida talabalar tomonidan:
- birgalikda ishlash shakllanadi;
- nutq so'zlash va o'z fikrini asoslab berishga, himoyalanishga o'rganadi;
- mustaqil fikrlash va muammolarni yechishga ishtiyoq shakllanadi;
- o'rganishga, ishlashga ko'nikma hosil bo'ladi.
Kichik guruhlarga bo'lib o'tilgan darsda o'qituvchi yagona axborot beruvchi, taqriz qiluvchi, baholovchi shaxs s ifatid a markazda turmaydi. U mavzuni o'rgatuvchidan darsni tayyorlovchi va tashkil etuvchiga aylanadi. Kichik guruhlarda berilgan topshiriq bo'yicha mavzuni intensiv o'rganishga to'g'ri keladi. Qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash, ularni chuqur o'zlashtirishga harakat qilish natijasida olingan bilimni uzoq muddat yodda qolishiga erishiladi. Juftlik yoki kichik guruhlarga bo'lib dars o'tishning muvaffaqiyatli bo'lishi ko'p jihatdan unga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazishga bog'liq. Kichik guruhlarda ishlash faqat qo'yilgan topshiriqni emas, balki uning natijasini muhokama qilishni ham o'z ichiga oladi. Bunda doskadan, texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Kichik guruhda ishlashning ahamiyatli jihati kichik guruh, ohir-oqibat umuman butun guruhning ishini unumli bo'lishini ta'minlashdir. Buning uchun o'qituvchi avvaldan hamma dars jarayonini rejalashtirishi kerak.
Tayyorgarlik ko'rish:
- maqsad qo'yish;
material tanlash;
kichik guruhlarga topshiriqni tushuntirish;
zarur materiallar bilan ta'minlash;
qo'yilayotgan topshiriqni, masalani o'qituvchining o'zi yechishi zarurligi.
Axborot bilan ta'minlash:
kichik guruhlar qanday topshiriq oladilar, uni bajarishga qancha vaqt ajratiladi;
qanday qoidalarga rioya qilish kerak kabilar e'lon qilinadi.
Topshiriq ustida ishlash:
kichik guruh topshiriqni olgach, vazifalami bo'lishib olishi mumkin;
kichik guruhlar o'zining topshirig'ini bajaradi;
kichik guruh o'z ish natijasini gapirib berishga, qilgan ishini ko'rsatishga tayyorlanadi;
kichik guruh o'z ish natijasini boshqa kichik guruhlar ish natijasi bilan taqqoslaydi.
Kichik guruhlar ish natijasini muhokama qilish:
kichik guruhlar qo'yilgan ma s alani birgalikda muhokama qilish uchun yig'iladi;
kichik guruhdan bitta talaba (dokladchi) erishgan natijani qisqacha doklad qiladi;
ish natijasi muhokama qilinadi;
bildiigan fikrlar bo'yicha umumiy xulo s aga kelinadi;
talabalarga umumiy natija e'lon qilinadi.
O'qituvchining roli:
qaror qabul qiladi;
darsni tashkil qiladi va boshlaydi;
nazorat qiladi va zarur bo'lganda, aralashadi.
Zamonaviy innovatsion ta'lim texnologiyasida loyihalash metodi imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari
Loyihalash metodi ta'lim texnologiyasining muhim bo'g'iniga aylanmoqda. Bu metod ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga yordam beradi.
Loyihalash (lot. rrojectus - olg'a tashlangan fikr, g'oya, obraz), nomini o'zi aytib turibdiki, kelajakda amalga oshiriladigan ishlarni rejalashtirish bo'lib, proekt ma'lum bir hisob-kitob, chizma va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish shaklida mujassamlashgan g'oya, fikrning ifodasidir. U bildirilgan fikrni mohiyatini va uni amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
Loyihalash metodi ta'lim jarayonining muhim jihatlaridan biri bo'lib, o'qituvchining talabalar bilan individual ishlash imkonini beradi. O'qituvchi dars vaqtidan unumli foydalanib, talabalarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan yakka tartibda ishlaydi. Bunda ularning kasbiy fanlarni chuqurroq egallashlariga kengroq yo'l ochib beriladi. Loyihalash ishlarini tashkil etishda didaktik vazifaning qo'llanilishi va uni hal etish muammolari ko'rib chiqiladi.
Loyihalash metodi ta'lim oluvchilarni quyidagilarga:
- fanning turli sohalaridagi bilimlarni bir butun holga keltirib, muammolarni topish va yechish, axborotlar oqimida mo'ljal olish;
- faoliyatni tanlash huquqidan foydalanib, turli taxmin, g'oyalami ilgari stjrish, tadqiqot o'tkazish, tahlil qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini aniqlash;
- o'z faoliyati natijasiga mas'ul bo'lish, mustaqil qaror qabul qilish, yutuqlar va kamchiliklarni aniqlash, uning sabablarini qidirish, xatolarni topish va to'g'rilash;
- turli yechim. takliflaming natijalarini ilmiy taxmin qilish (prognozlash);
- jamoada ishlash, turli nuqtayi nazar, fikrlaming muhokamasida qatnashishga rag'batlantiradi.
Loyihalash metodini qo'llab, dars o'tish jarayonida o'quvchi, talabalarning vazifasi:
- iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq, ijtimoiy ahamiyatga ega ishni bajarish, mahsulot ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, iqtisodiy va boshqa muammoni belgilangan vaqt davomida yechish yoki yechish uchun takliflar ishlab chiqish.
O'qituvchining vazifasi:
- o'quvchi, talabalami mustaqil ijodiy faoliyatlarini unumli bo'lishi uchun sharoit yaratish.
Bu metodni iqtisodiy fanlami o'rganishdagi muhim ahamiyati shundaki, talabalar biznes-reja tuzishni, turli tanlovlarda qatnashish uchun loyihalar ishlab chiqishni o'rganadilar. Nazariy va amaliy mashg'ulotlami qanday tashkil etishning texnologik xaritasini ishlab chiqish, ya'ni darsni qanday o'tkazishni mufassal reja s ini ishlab chiqishni, umuman olganda, o'z faoliyatlarini rejalashtirishni o'rganadilar. Shu bilan birga mazkur metodning o'ziga xos xususiyatlari mavjudki, ularni, albatta, hisobga olish zarur.
Birinchidan, bu metodni mavzular, alohida predmetlar bo'yicha qo'llash juda qiyin. Chunki, bir muammoning kelib chiqish sabablari nihoyatda xilma-xil. Ularni bir fan doirasida hal qilish qiyin. Ikkinchidan, barcha talabalar ham loyiha tayyorlab, qo'yilgan muammoni yecha olmaydi.
Uchinchidan, bu metod o'qituvchidan chuqur b ilim, tajriba, o'z ustida tinimsiz ishlash, turli loyihalarda shaxsan qatnashishini talab qiladi.
Loyihalash metodini qo'llash uchun birinchi navbatda loyihalash ob’yektini aniqlaymiz. Qanday masala, muammo mavjudki, uni yechib loyihaning natijasini qanday bo'lishini belgilaymiz.
1. Bu o'tilayotgan mavzu bo'yicha qo'yilgan savol yoki yechimini kutayotgan dolzarb masala bo'lishi mumkin. Loyiha talabalarning o'z xohishlari, qiziqishlariga ko'ra tanlagan ilmiy izlanishlari bo'lishi mumkin yoki o'qituvchi taklif qilishi mumkin. Har ikkala holda ham talabalar zarur axborotlarni to'plashlari, ularni tahlil qilishlari zarur. Tahlil asosida qaror qabul qilib, loyiha ishlab chiqishdan maqsad qo'yiladi va qanday natijaga erishilishi belgilanadi.
2. Maqsadni aniqlagach, loyihaning mazmunini belgilaymiz.
Reja asosida amalga oshirish uchun vazifalar belgilanadi, ya'ni faoliyat rejasi ishlab chiqiladi. Loyihaning umumiy tavsifi oy- dinlashadi. Aniq faoliyatga asos yaratiladi. Loyihani amalga oshirish uchun tuzilgan reja aniq bo'lishi, haddan tashqari murakkab bo'lmasligi kerak. Umumiy rejadan tashqari haftalik va oylik rejalar tuziladiki, uning asosida talaba bajaradigan ishlarni yanada oydinlashtiradi.
Loyiha qatnashchilari belgilanadi.
Loyiha qatnashchilari o'z qiziqishlari, fikr doiralari bilan bir- birlariga yaqin, yordam beruvchi o'quvchi, talabalar bo'lib, ularni loyihada qo'yilgan maqsad birlashtiradi.
Ularni yoniga keyinchalik boshqa qatnashchilar ham qo'shilishi mumkin. Lekin qatnashchilar haddan tashqari ko'payib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Shuning uchun loyihada har bir qatnashuvchining bajaradigan vazifasi aniq yozib qo'yiladi.
Loyihani amalga oshirish muddatlari belgilanadi. Agarda u bosqichlarga bo'linsa, uni harrnddatlari bilan ko'rsatiladi.
Loyihalash va uni amalga oshirishning bosqichlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |