O`qitishni tashkil qilish.
O`qitish shakli- bu o`quvchilarning o`quv bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab shiqarishda va h.k.)o`tkazilishiga muvofiq ravishda o`qiutuvchi tomonidan tarbiyaviy o`qitish jarayonida foydalanialadigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o`quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo`lib ishlashalri, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O`quv dasturi DTS asosida tasdiqlangan davlat hujjati bo`lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartlari talablarining o`quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko`nikmalarini egallashlariga , bilim olishga ijobiy munosabatda bo`lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarning shakllanishini ham ta’minlaydi.
Kundan kunga ma`lumot oshib borayotgan bilan tushunarli bo`ladiki bugungi o`quvchilarga kerak bo`ladigan narsalarni hammasini o`rgatib bo`lmaydi. O`zlashtirilgan ma`lumot juda tez eskirib qolmoqda, chunki har kuni yangi ma`lumotlar chiqmoqda. Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.1
Tushuntirsh quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:
dogmatik usul.
evristik usul;
tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o`quvchilarda o`zaro nazorat qilish va o`zaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o`rinlari emas, balki butun o`quv jarayoni ta`lim mazmuni, o`quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Darsning asosiy didaktik maqsadi bo`yicha ajratish asos qilib olinadi:
1)yangi bilimlarni o`zlashtirish darsi, bularda o`quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlar bilan tanishadilar:
a) o`quv va malakalarni o`zlashtirish darsi; b)bilimlarni jamlab qo`llash darsi;
v)o’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi; g)bilim,o`quv va malakalarni tekshirish, baholash;
d)aralash dars, bunda bir nechta didaktik maqsadlar bo`lib, ularning hammasi ham muhimdir.
Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir.
Yangi bilimlar berish. Darsning bu bosqichi maktab o`quvchilarida bilim va o`quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog`liq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga ajraladi:
yangi materialni o`rganishga tayyorgarlik;
maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish); v)yangi materialni o`rganish;
qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash).
Og`zaki sanoqdayoq yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida o`qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladigan javoblar ularni yangi bilimlar bilan bog`lash hamda bilim va o`quvlar umumiy tizimiga kiritilishiga yordam beradi.
Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, biroq bu ishni o`quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan tanishtirilgandan so`ng yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga oshirish mumkin.
Yangi mavzuni so`rash orqali tekshiriladi. So`ngra qisqacha so`rash, nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi.
Masalan, 2 sinfda bolalar «36-2 va 36-20 ko`rinishdagi ayirish» mavzusida yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu misollarni yechadilar:
69-3 98-6 100-8
69-30 98-60 100-7
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o`rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun bunday topshiriqni bajaradilar:
2 dm > 18 sm 1so`m > 80 tiyin
6 sm <2 dm 60 tiyin > 50 tiyin
2>
Do'stlaringiz bilan baham: |