Bоshlang‘ich ta’lim mеtоdikasi kafеdrasi оna tili nazariyasi va amaliyoti


-Mashq. O`qing. Gaplar tarkibidagi ko`makchilarni aniqlang



Download 2,94 Mb.
bet250/263
Sana29.06.2022
Hajmi2,94 Mb.
#717506
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   263
Bog'liq
2 5249461977251582715

40-Mashq. O`qing. Gaplar tarkibidagi ko`makchilarni aniqlang.
1. Kun bоtishda anhоr bo`yida salqin nam havо yutib o`tirishning gashti-safоsiga nima еtsin! (H.G`.) 2. Mana bir qish kеchasi qanday dahshatli qo`rquv, tahlika оstida bu uyga kirib, Yo`lchi bilan bir nеcha minutgina so`zlashishga jur’at qilgan edi! (О.) 3. Qishlоg`ida, shunday uylarining ichida, tоqiga yopishtirib qaldirg`оch uya sоlgan edi. (O`.H.) 4. Qayoqdan qayoqqa mashina, оt-arava оvоra, оdam оvоra qilib paхta tashigandan ko`ra yonginangda hammasi ro`yobga chiqqaniga nima еtsin.(J.Abd.) 5. Mana shu kundan bоshlab, Yo`lchi shu qizning asiri, maftuni bo`ldi.(О.) 6. Оdamlar, o`g`ri dеvоrni qachоn va qanday asbоb bilan tеshgani, ho`kizni qaysi tоmоnga оlib kеtgani, uni qaysi bоzоrda sоtishi mumkin ekanligi to`g`risida bahslasha-bahslasha tarqaldi. (A.Q.)


41-Mashq. Taqlid so`zlarni ma’nо jihatdan guruhlarga ajratib yozing.

1. Ummatali o`zini qanchalik оg`ir tutmasin, dag`-dag` titrardi. (Sh.)


2. Nazirpоlvоn yalt etib unga qaradi. (O`.Umarbеkоv) 3. Qo`lidagi bo`r pоlga tushib singandan kеyin, butun sinf qah-qah urib kulib yubоrgach, u o`ziga kеldi. (J.Abd.) 4. Daraхtlarda to`kilmay qоlgan barglarni shirt-shirt yulib, har yoqqa uchiravеrdi. (О.) 5. Оtaning gaplari yuragiga jiz-jiz tеgadi-yu, piq-piq kulayotgan Qo`chqоrga qarab o`shqiradi. (О.Yo.)
6. Qaysi bir kavakda chumchuq bоlalari chirqillaydi, tоmdan kaptarlarning o`ksiz “hu-g`u, hu-g`u”lari eshitilib qоladi. (О.) 7. Kоtiba qiz kabinеtga kirishi bilan ichkaridan g`o`ng`ir-g`o`ng`ir оvоz eshitildi va kеyingi daqiqada eshik lang оchilib, Zоkir Qo`shmоqоvning o`zi chiqib kеldi. (O`.Usm.) 8. Qachоn qaramang, vijir-vijir gap. Dahanaki jang qizigandan-qiziydi. (J.Abd.)

TILSHUNOSLIKDAN SUHBATLAR
1-mavzu. Tilshunoslik fan sifatida, uning maqsad
va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi.
1-savol: Tishunoslik asoslari fanining predmeti nima? Bu fanning vazifalari nimalardan iborat?
Javob: Tilshunoslik inson tilini o‘rganadigan mustaqil fandir. Bu fan tilning boshqa hodisalar ichida tutgan o‘rni, tuzilishi va tilning taraqqiy etish qonuniyatlari haqidagi, umuman til haqidagi asosiy tushunchalarni o‘rganadi. Talabalarni tilshunoslik fanida qo‘llaniladigan atamalar, tushunchalar tizimi bilan tanishtiradi. Bu kurs umumiy tilshunoslikning dastlabki bosqichi bo‘lib, murakkab til hodisalarini to‘g‘ri tushunishga, ma’lum bir til hamda qardosh til guruhlarini bir-biriga taqqoslab, ma’lum til hodisalarini, lug‘at tarkibini, fonetik tizimi va grammatik qurilishini ilmiy asosda chuqur o‘rganish uchun nazariy hamda amaliy jihatdan zamin yaratib beradi. Tilshunoslik asoslari fanining predmeti bo‘lgan til ijtimoiy hodisa bo‘lganligi uchun bu fan ham ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi.
2-savol: Tilshunoslik fani tarixida turli oqimlar va ilmiy maktablarning yuzaga kelishiga nima sabab bo‘ldi? Bu fanning predmeti tushunchasi nima uchun rivojlanib turadigan kategoriya hisoblanadi?
Javob: Tilshunoslik fanining predmetini, tilning tabiatini va mohiyatini turlicha tushunish fan taraqqiyoti tarixida turli ilmiy maktablar va oqimlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Bularga naturalizm, psixologizm, logisizm, sosiologizm, “Yosh grammatikachilar” maktabi, strukturalizm kabilarni ko‘rsatish mumkin. Shunga ko‘ra tilshunoslik fanining predmeti tushunchasi tarixiy rivojlanib turadigan kategoriyadir. Masalan, Ferdinand de Sossyurgacha bo‘lgan tilshunoslikda nutq a’zolarining tuzilishi, tovushlarning xususiyatlari, tafakkur, tilning rivojlanishi masalalari atroflicha o‘rganilgan. Keyinchalik esa tilshunoslikning sosiolingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika kabi tarmoqlari yuzaga keldi. Tilshunoslik fanining aosiy muammolaridan biri tilning ushbu fan predmeti sifatidagi ta’rifidir. Tilshunoslik tarixida tilni turlicha ta’riflash fanning predmetini turlicha tasavvur qilishga sabab bo‘lgan.
3-savol: Ferdinand de Sossyurning tilshunoslik fanidagi xizmatlari nimalardan iborat?
Javob: XX asrdan boshlab fanning predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Shveysar olimi Ferdinand de Sossyur tilning murakkab hodisa ekanligini anglagan holda, yangi, mukammal va aniq shakllangan umumiy tilshunoslik nazariyasini yaratdi. Uning ilmiy g‘oyasi tilning murakkab, ziddiyatlarga boy, ko‘p tomonlama hodisa ekanligiga asoslanadi
Ferdinand de Sossyur fikricha, til aloqa quroli, fikrni ifodalaydigan vositadir. Ijtimoiy tabiati jihatidan esa til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. Ichki tuzilishiga ko‘ra sof belgi-ishoralar sistemasidir. U tilshunoslik fanining ob’ekti tilni o‘rganishdir deb hisoblaydi. Insonning nutq faoliyati ko‘p tomonlama hodisa bo‘lib, turli fanlar tomonidan o‘rganilishi kerak deb ta’kidlaydi. Ferdinand de Sossyur nutq faoliyatini o‘rganishda V.fon Gunboldt kabi antinomiya usulidan foydalandi. U til bilan nutqni ajratib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi. Tilni ijtimoiy, nutqni esa individual hodisa deb aytdi. Til bilan nutqni alohida - alohida o‘rganishni tavsiya qilib, til lingvistikasi va nutq lingvistikasi atamalarini muomalaga kiritdi. Tilshunoslik fanining asosiy vazifasi til lingvistikasini o‘rganishdir deb ta’kidladi. Sossyur lingvistikani ichki va tashqi lingvistikaga ajratib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi, tilshunoslik fanining asosiy vazifasi ichki lingvistikani o‘rganishi kerak deb hisobladi.
Ferdinand de Sossyur tilshunoslik predmetini aniqroq tasavvur etish maqsadida tilni o‘rganishda sinxronik va diaxronik aspektlarni ajratib, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ydi hamda sinxronik aspektga ahamiyat berdi. Uning fikricha, sinxronik aspekt tilning sistemasini o‘rganadi, diaxronik aspekt o‘rganadigan ob’ekt sistemani tashkil qilmaydi. Ferdinand de Sossyur nazariyasi ta’sirida XX asrda “strukturalizm” oqimi vujudga keldi. Sossyurning “til substansiya emas, balki formadir” degan tezisi struktural g‘oyalarning rivojlanishiga asosiy omil bo‘ldi.
4-savol: Hozirgi davrda tilshunoslik fanining rivojlanib borayotganligi nimada ko‘rinadi?
Javob: Fanning doirasi tobora kengayib, yangidan yangi tarmoqlari shakllanayotganida.
5-savol: Tilshunoslik fanining amaliy ahamiyati ortib borayotganligini qanday izohlash mumkin?
Javob: Bu fan qadimdan yozuvni yaratish, o‘qitish, boshqa tillarni tushunish kabi amaliy ehtiyolarni qondirish uchun xizmat qilgan. Hozirda esa uning amaliy ahamiyati yanada ortib, ona tilini o‘qitish, chet tillarni o‘rgatish, tarjima qilish, o‘qitishni dasturlash kabi masalalar ham bu fanning vazifalariga aylandi.
6-savol: Hozirgi zamon tilshunosligi qanday tarmoqlarga bo‘linadi?
Javob: Uch asosiy tarmoqqa bo‘linadi: ekstralingvistika, intralingvistika, komparativistika.
Ekstralingvistika tilni ijimoiy hodisa sifatida o‘rganib, sosiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradi. Sosiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika til va tafakkur, til mazmun tomonining nutq faoliyati, matn va nutqiy vaziyat bilan aloqasini o‘rganadi.
Intralingvistika tilning ichki sistemasini, uning birliklari va kategoriyalarini, til sistemasi va strukturasini o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va grammatika uning asosiy bo‘limlari sanaladi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish