Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar:
1.Hamrayev M.,Muhamedova D.,Shodmonqulova D.,G‘ulomova X.,Yo‘ldosheva Sh. Ona tili. Toshkent, “Moliya-Iqtisod” 2007-yil. -300 bet.
2. Ikromova R., Muhamedova D., Hamrayev M.Ona tilidan mashqlar to‘plami. TDPU, Toshkent, 2009. -240 bet.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1.Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 56 B.
2.Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.-Toshkent: “O`zbekiston” – 2016. 488 B.
3. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti
4. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. 2006,“Universitet” nashriyoti.
5. Yunusov R. O‘zbek tilidan praktikum. 1-qism, 2006, TDPU.
Elektron ta’lim resurslari
1. www.tdpu.uz
2.www.pedagog.uz
3.www.Ziyonet.uz
4.www.edu.uz
5.www.Google.uz
3- mavzu: Lug‘at tarkibining zamonaviylik jihatidan tavsiflanishi; lug’at tarkibining hissiy-ta’siriy bo’yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi. Frazeologiya. Frazeologik birikmalarning ma’no va tarkib jihatdan tavsiflanishi. Leksikografiya (lug’atshunoslik).
REJA:
1.Lug‘at tarkibining zamonaviylik jihatidan tavsiflanishi
2. O‘zbek tilining eskirgan so`zlar qatlami.
3.Neologizmlar haqida tushuncha.
4. Lug‘at tarkibining hissiy-ta’siriy bo‘yoqdorligi jihatidan tavsiflanishi.
5. Hissiy-ta’siriy jihatdan o‘zbek tili leksikasi
6.Umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz va bo‘yoqdor so‘zlar
7. Frazeologiya haqida ma’lumot.
8. Frazeologik birikmalarning ma’no va tarkib jihatdan tavsiflanishi.
9. Leksikografiya haqida ma’lumot
10. Lug`at va uning turlari.
TAYANCH TUSHUNCHALAR: Nofaol leksika, eskirgan so`zlar, istorizm, arxaizm, leksik neologizm, individual nutq neologizmi, umumtil neologizmi, neolgizm leksema, neologizm-semema. Hissiy-ta’siriy jihatdan o‘zbek tili leksikasi, umumiste’moldagi hissiy-ta’siriy bo‘yoqsiz va bo‘yoqdor so‘zlar, uslubiy bo`yoq, emotsional-ekspressivlik,
Ona tili lug‘at tarkibi zamonaviylik jihatidan tavsiflanganda 3 guruhga ajratiladi: 1) zamonaviy qatlam; 2) eskirgan qatlam; 3) yangi qatlam.
Tilning lug`at tarkibidagi zamonaviy qatlam tilning barcha taraqqiyot bosqichlarida qo`llanilgan, o`zida eskilik hamda yangilik bo`yog`ini ifodalamaydigan so`zlardir. Masalan, ota, ona, bahor, umr, xalq, go`zallik kabi.
Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda bo`lib turadi, bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur o`rtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga ta’sirini belgilaydi – jamiyatda bo`lib turadigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lug`at boyligida yangi-yangi so`z va atamalarning yuzaga kelishini, ayni paytda ma’lum so`z-leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqozo qiladi. Bu jarayon tilning lug`at boyligida istorizm, arxaizm va neologizm kabi leksik birliklarni, ya`ni eskirgan va yangi paydo bo`lgan so`zlar qatlamini yuzaga keltiradi.
Leksik istorizmlar o`tmish voqeligi bo`lgan narsa-hodisalarning nomlaridir. Masalan: botmon-«O`zbekistonning turli yerlarida turli salmoqqa ega bo`lgan (ikki puddan o`n bir pudgacha) og`irlik o`lchovi»; chaqirim-«1,06 kilometrga teng uzunlik o`lchovi»; cho`ri-«qul xotin», «tutqunlikdagi ayol»; mingboshi-«daha yoki qishloq oqsoqoli, hokimi»; omoch-«ulovga qo`shib yer haydaydigan metall tishli primitiv yog`och asbob» va b.lar.
Istorizmlar, odatda, uzoq tarixiy jarayonlar davomida yuz beradigan eskirishning mahsuli bo`ladi, ammo ular, ba’zan, qisqa vaqtda paydo bo`lishlari ham mumkin: yaqin o`tmishda (1991-yilgacha) o`zbek tilining faol so`zlari bo`lgan ayrim leksemalarning (
Do'stlaringiz bilan baham: |