UYGA VAZIFA:
1-topshiriq. Ot so‘zlarning son shaklini aniqlab, tushuntiring.
Vahobjon boyagi qiz ko‘rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. (S.Ahm.) Bu yerda ikki yuzdan ortiq bola dam oladi. (S.Ahm.) O‘g‘il bola bo‘lsam, albatta, shu yerga kelib ishlardim. (As.M.) Keng ovulda nimaiki ko‘rinsa, hammasi ham Umrzoq otaning tirikligidan dalolat berar edi.(Sh.R.)
2-topshiriq. Sifat so‘zlarni ma'nosiga qarab guruhlab ko‘chiring.
Erta bahorning serzavq kunlari. Yam-yashil adirlardagi giyohlardan taralgan xushbo‘y hidlar dimoqqa uriladi. Oftob charaqlaydi. Ko‘m-ko‘k osmon shishadek tiniq. Ola-quroq paxtali to‘nlar yelkadan tushgan. Katta-kichik mehnatkash dehqonning egnida xom surp yaktak. Xushchaqchaq qizlarning qop-qora sochlarida tol bargakdan soch popuk. O‘riklarning katta-kichik novdalarida och pushti marjon. Ariq bo‘ylarida yalpizlarning xushbo‘y hidi anqiydi. Baland-baland devorlar tagida qumursqalar o‘rmalaydi. (S. Ahm.)
3-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarni sifatlarning ma'no guruhlariga ko‘ra ajrating. Sho‘x, ziqna, qizil, yashil, talg‘ir, zangori, baland, ulkan, buyuk, uzun, qisqa, uzoq, yaqin, shirin, chuchuk, yozgi, qishki, ma'yus, keksa, qari, yosh, bo‘ydoq, go‘shtdor, to‘la, badbo‘y, qo‘lansa, sirtqi, kunduzgi, oq, qora.
3-topshiriq. Matndagi miqdor va tartib ma'noli so‘zlarni topib, ularni qancha? necha? nechanchi? nechta? so‘roqlariga javob bo‘luvchi guruhlarga ajrating.
O‘zi bitta, qulog‘i to‘rtta. 2. Bog‘da uchta qiz meva termoqda. 3. Oilamizda ikki o‘g‘il, ikki qiz bor. 4. qizlarning ikkalasi ham shu maktabda o‘qiydi. 5. Maktabimiz bog‘iga bu yil bir yuz o‘ttiz besh juft ko‘chat o‘tqazdik. 6. O‘n to‘rtning yarmi yetti bo‘ladi. 7. Kitob javonida yuztacha kitob tartib bilan terilgan edi. 8.Rahimning ikkinchi yil birinchi sinfda qolayotgani maktab jamoasini tashvishga solmoqda.
4-topshiriq. Matndagi son so‘zlarni topib, ularning ma'nosi, morfologik va sintaktik xususiyatlarini aniqlang.
Million yillar o‘tganda ham, toshga yo‘nilgan xatlar o‘chib ketganda ham payg‘ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallam musulmonlar qalbidan o‘chmaydi. 2. Madaniyat rivojining birinchi sharti tinchlikdir. 3. Bir kun tuz ichgan joyga qirq kun salom. 4. Kechki soat to‘rtlarda qoymas darvozasidan shaharga kirdilar. 5. Oyning kuni ham, tuni ham yerdagi ikki haftaga teng. 6. Mulklarning uchdan biri ham qolgan emas. 7. Yaxshi niyat - yarim davlat. 8. Agar ilgari bunday kishilar barmoq bilan sanarli bo‘lsa, hozir yuzlab, minglab topiladi. 9. qaytadan qo‘l ushlashib, Semurg‘ bilan xushlashib, Ajraldilar ikkovlon.
Do'stlaringiz bilan baham: |