6-mashq.Qaratqich, tushum va jo‘nalish kelishiklarida belgisiz qo‘llangan otlarni topib yozing.
1. Akram hoji Andijon ketgan edi. (A.Qod.) 2. Axir bu qizlar urush yillarida og‘alari o‘rnini egallab, dalada va qurilishlarda qanday mo‘jizalar ko‘rsatishdi.(O.) 3. Ikkita deraza tokchalari shu qadar keng ediki, unga to‘shak solib, oyna panjarasidan hovliga qarab yotsa ham bo‘lar edi.(S.Borodin) 4. Mana shu yaylovlarda qancha kolxozlar chorvadan boy bo‘lgan ekan, odamlar tog‘ etagida g‘alla ekib, bog‘ qilib, behisob daromadlar olgan ekan. (P.Q.) 5. Direktorimiz Fizika bilan Kimyoni dorilanuvchi dala jo‘natadi. (T.Murod) 6. Bu voqyea Yusuf Andugoniyga qancha tashvish solib, o‘rtaga Boysunqur mirzo tushib, o‘g‘lini zo‘rg‘a jallod qo‘lidan ajratib olib qolgan.(Mirm.) 7. Shuhrat bulutida suzgan choqlarida, dili qayg‘uga begona, maishatga oshno damlarda ko‘ngul dardi haqida qanday kuyladi ekan? (T.Malik) 8. Hovuz suvida bir qancha qizil olma yoqutday tovlanib, jimillab suzadi.(O.)
7-mashq.Egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llangan otlarni topib, egalik qo‘shimchalarining shaxs-sonini aniqlang.
Og‘zaki. 1. O‘sha kundan boshlab amakimning aytganlarini qila boshladim.(S.Ahm.) 2. Ehye, qancha-qancha voqyealar boshimizdan o‘tdi! (O.) 3. – Rahmat, - dedim qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib. (E.A'zamov) 4. Bechora dadam mana shu bir parcha nonni bizga yedirish uchun qanchalik mehnat qiladi.(G‘.G‘.) 5. Qudrat akamning cho‘ldan oladigan alamlari bor, - qo‘shib qo‘ydi Gulchiroy. (J.Abd.) 6. Bu qanday tartibsizlik! Sinfimizga dog‘ tushiryapsiz... (E.A'zamov) 7. Yormat eski mijozim ham chin musulmon odam. Kambag‘al bo‘lsa ham, insofi bor. (O.) 8. Kiyimlaringiz shu qadar go‘zalki, bu chit ko‘ylak, bu nimchadagi latofating tasviridan ojizman...(O.) 9. Kunlardan bir kuni shu o‘rtoqlarimdan birisi ... meni shaxsan uyiga taklif qildi.(G‘.G‘.) 10. Hammasi topiladi, qachonki yaxshi og‘ayning, qiyomatlik og‘aynilaring bo‘lsa!(A.Q.)
Yozma. 1. Qalay, onang baquvvatmi? Har yerda bo‘lsa, omon bo‘lsin. Oting nima, jiyan?(O.) 2. . Uning katta yigitcha bo‘lib, bog‘chaga qatnaydigan bo‘lib qolgan.(G‘.G‘.) 3. Shundan beri sizning boshingizga qancha kulfatlar tushdi.(P.Q.) 4. yelkasiga bushlatini tashlash niyatida yuki turgan skameykaga suqlanib boqib qo‘ydi.(Sh.) 5. Birvarakayiga shuncha alam – otasining tiragi yolg‘iz akasining qo‘llari bog‘lanib, olib chiqib ketilishi...(Mirm.) 6. ...qizga o‘zbek qishlog‘ining sodda hayoti, oq ko‘ngil odamlari juda yoqdi. (S.Ahm.) 7. Eri kasal, qizining yuzlaridan qon qochgan, ko‘zlariga xastalik buluti ko‘lanka solgan. (T.Malik) 8. Shu to‘kilgan qonidan, peshona teridan, ko‘z yoshlaridan nimaiki unib chiqqan bo‘lsa, hammasi undan odamlarga yodgor bo‘lib qoladi.(S.Ahm.) 9. Shunda birisining qo‘li o‘likning bosh tarafiga tegib chalqanchasiga yotgan o‘likning boshi chappa bo‘lib qolganini sezdi.(G‘.G‘.) 10. Salimboyvachcha singlisini turg‘izib, tanchaga o‘tqizdi.(O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |