Boshlang`ich ta’lim fakulteti Boshlang`ich ta’lim yo`nalishi 1-kurs sirtqi bo`lim talabalari uchun tuzilgan oraliq nazorat savollari:
III variant
Ikkala o`rtog`imni o`rmonzor ortidagi tepalikda qoldirib, yegulik olib kelish uchun ortimga qaytdim. Gapni morfemik tahlil qiling.
Fe’lning yasalishi.
Atoqli ot+birlik sondagi turdosh ot+holat ma’nosini ifodalovchi ravishdosh +hozirgi zamon fe’li lisoniy qolipiga mos gap yozing.
Olmoshlashish (Pronominalizatsiya) hodisasi. (Misollar bilan izohlang.)
Ushbu gapni morfologik tahlil qiling. Muqaddamning oqish yuzlarida yasama g`azab ifodasi paydo bo`ldi.
Javoblar:
Ikkala o`rtog`imni o`rmonzor ortidagi tepalikda qoldirib, yegulik olib kelish uchun ortimga qaytdim. Gapni morfemik tahlil qiling.
Ikkala – ikki (asos) +ala (jamlovchi son qo’shimchasi)
O’rtog‘imni – o`rtoq (asos) + im (egalik) +ni (tushum kelishigi)
O`rmonzor – o`rmon (asos) + zor (ot yasovchi)
Ortidagi – orti (asos) + dagi (o’rin-joyga xoslik qo’shimchasi)
Tepalikda – tepa (asos) + lik (ot yasovchi) + da(o’rin-payt kelishigi)
Qoldirib – qol (asos) + dir (orttirma nisbat) + ib (ravishdosh)
Yegulik – ye (asos) + gulik (ot yasovchi)]
Olib kelish – ol (asos) +ib ( ravishdosh) kel (asos) + ish (harakat nomi )
Ortimga – ort (asos) + im (egalik) +ga (jo’nalish kelishigi)
Fe’lning yasalishi.
O`zbek tilida fe’llar ikki usul bilan yasaladi:
1. Affiksatsion usul – boshqa turkumdagi so’zlarga fe’l yasovchi qo’shimchalarni qo’shib fe’l yasash usuli.
Fe’l yasovchi qo`shimchalarga misollar:
-a: sana, tuna, yasha, osha, qona, o'yna (tushgan), bo'sha, qiyna (tushgan), shildira, hilpira, guldura
-an: kuchan
-i: ranji, changi, avji tinchi,boyi
-illa: chirqilla, guvulla, zirilla, shovulla
-ik: ko'zik, birik, kechik
-ir: gapir, ko'pir
-ira miltirа, yaltira, zirqira, yarqira, mo‘ltira
-y, -ay: kuchay, toray, kengay, qoray, ulg'ay (ulug'+ay), pasay, (past+ay), susay (sust+ay), kamay, ozay, ko‘pay ravish
-kа: iska
-la: egovla, moyla, bolala, gulla, yog'la, ishla, maydala, tozala, yaxshila, tikla, tekisla, yomonla, sizla, senla, tezla, sekinla, dodla, chuhla, ohla, gumburla, shivirla
-lan: faxrlan, gavdalan, lazzatlan, zavqlan, jonlan, shodlan, achchiqlan, sergaklan, ikkilan yiriklash, osonlash, asabiylash, oydinlash, og'irlash, uzoqlash, qo'pollash, go'zallash, birlash, birgalash, tezlash
-lat: qoyillat
-lashtir: sahnalashtir, kinolashtir soxtalashtir,qalbakilashtir
-ol: yo'qol
-r, -ar: oqar, ko'kar, qisqar, eskir
-ra: ho'ngra, mara
-si: unumsiz mensi
Fe’l turkumi bir turkum doirasida yasalmaydi.
2. Kompozitsion usul – bu usulda ikki so’zni qo’shib yangi fe’l hosil qilinadi. Kompozitsion usulda fe’l yasash ham ikki tipga bo’linadi:
Ot+fe’l tipi – bunda fe’ldan boshqa turkumdagi so’zlarda yordamchi fe’llarni qo’shib qo’shma fe’l hosil qilinadi: e’tirof etmoq, yaxshi bo’lmoq, ikki qilmoq, bir qilmoq, muhokama etmoq, tavsif etmoq, dod solmoq, shifo bo’lmoq, barpo aylamoq, azob tortmoq, dard chekmoq,
Fe’l+fe’l tipi – bunda ikkala qism ham fe’l turkumiga oid so’z bilan ifodalanadi. Birinchi fe’l ravishdosh qo’shimchasi bilan shakllanadi:
3. Atoqli ot+birlik sondagi turdosh ot+holat ma’nosini ifodalovchi ravishdosh +hozirgi zamon fe’li lisoniy qolipiga mos gap yozing.
Alisherning kompyuteri qotib ishlayapti.
Alisherning – atoqli ot
Kompyuteri – birlik sondagi turdosh ot
Qotib – holat ravishdoshi
Ishlayapti – hozirgi zamon fe’li
4. Olmoshlashish (Pronominalizatsiya) hodisasi. (Misollar bilan izohlang.)
Olmoshlashish hodisasi – boshqa turkumdagi so’zlarning olmoshga ko’chish hodisasi. Quyidagi turkumlarga tegishli ayrim so`zlar olmoshga ko`chadi:
Ot: odam, kishi, inson, faqir, bandayi ojiz, ish
Sifat: ba’zi boshqa, ayrim, tubandagi, quyidagi
Son: bir
Misol uchun: “Odamga alam qilar ekan” odam so`zi men so`ziga yaqin turadi.
5. Ushbu gapni morfologik tahlil qiling. Muqaddamning oqish yuzlarida yasama g`azab ifodasi paydo bo`ldi.
Muqaddamning – Muqaddam (atoqli shaxs nomi) + ning (qaratich kelishigi)
Oqish – oq (rang-tus sifati) + ish (ozaytirma daraja shakli)
Yuzlarida – yuz (turdosh ot) + lar(ko`plik qo’shimchasi) +i (egalik) + da (o’rin-payt kelishigi)
Yasama – yasa (fe’l) + ma( sifat yasovchi qo’shimchasi)
G’azab – mavhum ot
Ifodasi – ifoda (turdosh ot) +si (egalik qo`shimchasi)
Paydo bo`ldi – o`tgan zamondagi ot+fe’l tipidagi qo`shma fe’l
Do'stlaringiz bilan baham: |