REJA
Kirish.
Takomillashgan DTS va o’quv dasturlari.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf DTS talablari
Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari.
Boshlang‘ich sinflar uchun tayanch o‘quv rejasi
Boshlang‘ich sinf masad va vaziyafalari
2009-2010 yilga mo‘jallangan o‘quv reja
Takomillashgan DTS va o’quv dasturlari.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dastur”ni muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktabning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog’liq mavjud muammolarni bartaraf qilish maqsadida “2004-2009” yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida yurtboshimizni Farmoni e’lon qildi. Bunga asosan Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari e’lon qilindi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirishning beshta asosiy yo’nalishlarida ta’lim tizimida qo’llanilayotgan o’quv standarti va o’quv dasturlarini takomillashtirish borasida ham yo’l-yo’riqlar ko’qsatib o’tilgan.
Shunga binoan Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimiz olimlari, tajribali amaliyotchi o’qituvchilardan iborat Umumiy o’rta ta’lim standarti hamda o’quv-metodik materiallarni ekspertizada o’tkazish bo’yicha ekspert guruhi tashkil qilindi, guruh amaldagi umumiy o’rta ta’lim tizimida qo’llanilayotgan o’quv standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirishga qaratilgan keng qamrovli izlanishlar qilindi. Guruh boshlang’ich umumiy o’rta ta’lim o’quv fanlari bo‘yicha DTS lari asosida har bir sinf uchun o‘quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni qayta ko’rib chiqish va ekspertiza natijalari asosida ularni takomillashtirish vazifalarini bajardilar.
Xalq ta’limi vazirligining 2004 yil 27 fevraldagi 29-son buyrug‘iga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va barcha xalq ta’limi boshqarmalari huzuridagi ishchi guruhlari tomonidan DTS, o’quv dasturlari ekspertizadan o’tkazildi va shu xulosa asosida umumiy o’rta ta’limning yangi tahrirdagi DTSni, modernizatsiya qilingan o’quv dasturi tayyorlandi.
Takomillashtirilgan o’quv dasturi va standartlarini amaliyotda sinab ko’rish maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2004 yil 8 oktabrdagi “Umumiy o’rta ta’limning takomillashtirilgan DTS i, modernizatsiya qilingan o’quv dasturlarini tajriba-sinovdan o’tkazish haqida”gi 198-sonli buyrug’i asosida 2004-2005 o’quv yilining 2-choragida 29 ta tayanch maktablarida 31 ta o’quv fanidan takomillashtirilgan DTS, modernizatsiya qilingan o’quv dasturlari tajriba-sinovdan o’tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |