O`qish fanining maqsad va vazifalari
Bola o’qish texnikasini egallashi uchun, avvalo, uning savodxonlik darajasini oshirish, og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish, to’g’ri talaffuz etishni o’rgatish lozim. Dastlab tanish, notanish matn ifodali o’qitilib, o’quvchidagi ko’nikma, malaka aniqlanadi. Bunda miqdoriy ko’rtkich – o’qish tezligi, ravon o’qiy olishi, bir daqiqada nechta so’z o’qiy olishi belgilanadi. Bola matn mazmunini to’liq uqib olishi, shuningdek, o’zgalar nutqini eshitib, tushunib olishi maqsad qilinadi.
Boshlang`ich sinf yakunida o`quvchilar so’z tarkibidagi tovushlarni to’g’ri talaffuz qilib ongli, ifodali, ravon va tez o’qiy olish malakalariga ega bo`lishlari kerak.4-sinf o’quvchilari bir daqiqada 85-90 ta so’zni o’qiy olishi kerak.
O’quv yili yakunida 20 ta she’rni yoddan aytib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |