Boshlang`ich sinflarda ta`lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish



Download 477,5 Kb.
bet2/11
Sana24.11.2022
Hajmi477,5 Kb.
#871263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOSHLANG`ICH SINFLARDA TA`LIM-TARBIYA JARAYONINI RIVOJLANTIRISH

KOSS KUBIKLARI
Bu metodika 1923 yilda KOSS tomonidan taklif etilgan bo`lib, fazoda ish tutish, diqqat, ziyraklik, qurish-yasash xususiyatlarini o’rganishga mo’ljallangan. Bu metodika D.Vekslerning (1939-1955) metodikasiga aqlni tekshirish subtesti sifatida kiritilgan. Odatda uni kattalarni tekshirishda qo’llashadi, lekin bunday topshiriqlarni bolalar ham qiziqib o`ynaydilar. Ular berilgan namunaga ko’ra kubiklardan figuralar yasashi kerak.
Tajriba o’tkazish uchun bir xilda bo`yalgan plastmassa yoki yog`och kubiklarning kattaligi 3x3 sm, shakli va rangi har xil figuralar chizilgan 10 rasm zarur. Sinaluvchi uchun ko’rsatma: “Shunday figurani to’rtta kubiklar yasab ko’r”. Rasmning birinchi namunasi ko’rsatiladi va sinaluvchi taklif etilgan figuralarni kubiklardan yasay boshlaydi.

Kubiklarning rasm ustiga qo`yib, topshiriqni bajarish man etiladi. Vaqt hisobiga olinadi. Topshiriqni bajarishning aniqligiga va uzoqligiga bog`liq ravishda miqdoriy baho qo`yiladi.
Bog`cha yoshidagi va boshlang`ich sinfdagi bolalar topshiriqni bajarishganda ozroq yordam berish mumkin. Bola agar qiynalsa, 1-2 figurani yasab ko’rsatish mumkin, qurish printsipini ham tushuntiradi. Figurani yasab, bo`lgach eksperimentator kubiklarni buzib tashlaydi va sinaluvchiga mustaqil kubiklarni yasashini aytadi. Tadqiqot qarorida ko’rsatilgan va bajarilgan vaqti yozib qo`yiladi.

LINK KUBI


Bu metodika diqqat barqarorligini, ziyrakligini, hissiy reaktsiyani aniqlashga imkon beradi. Tajriba o’tkazish uchun 3x3 sm kattalikda bir xil 27 kichiq kubikchalardan iborat kub kerak. Kichiq kubchalarning 3 xil (qizil, yashil, sariq) ranglarda bo`yalgan bo`ladi, ulardan tashqi tomondan bir xil rangdagi katta kubik yasash mumkin bo`lsin. Bolaga bir xil rangli kub ko’rsatiladi (masalan, qizil), so`ngra buzib tashlab, xuddi shundayini yana qurish kerakligini aytiladi, eksperimentator qo’shimcha ravishda bolaga, agar u qizil tamonini ichkarida qoldirsa, unda qizil rang vaqtida sinaluvchining ziyrakligiga, o`quvchiligiga, tez bajarishiga, hissiyotiga ahamiyat beriladi. Bularni hammasi oldindan tayyorlangan tadqiqot qaroriga yozib qo`yiladi. Sinaluvchi qurish usulini qancha tez o`zlashtirilganligi ham yozib qo`yiladi. 3 tomondan ham qizil kubikchani burchaklarga, bitta ham qizil tomoni yo’q kubikni o’rtaga joylashtirish kerak. Sinaluvchi 3-4 kubikchani qo’lga olib, ko’rish usulini tushunmagan bo`lsa, unga aytib yordam ko’rsatiladi. Lekin bu bolaning ziyrakligi oz rivojlanganligidan dalolat beradi. Eksperimentator bola topshiriqni bajarayotganida uning harakatlarini, xatolarini kuzatib yozib boradi. Masalan, diqqatdagi xatolar quyidagicha bo`lishi mumkin:
a) u yoki bu kubikning joyini to`g`ri aniqlab, sinaluvchi uni noto`g`ri aylantirib yuboradi, shundan so`ng xatoni to`g`rilash qiyin bo`ladi;
b) o’rtaga 2 tomonni qizil kubik qo`yib qo`yilsa ham shunday bo`lishi mumkin, o’rtaga faqat bir tomonida qizili bor tomonida qizili bor kubiklarni qo`yish kerak.
Bu xatolar diqqatning parishonligidan, barqaror emasligidan dalolat beradi. (S.Ya.Rubimnshteyn 1970). Bu vazifanibajarishda bola ikki usulni qo’llaydilar, birinchisi, muvoffaqiyatsizroq bo`lib, sinaluvchi navbatdagi joyni to’ldirish uchun kubik izlaydi. Ikkinchi usulda, sinaluvchi har bir kubikni qo’lga olib, uning uchun mos joyni izlaydi. Odatda topshiriqni bajarishni birinchi usul bilan topshiriqni bajarishga, lekin bir ozdan so`ng ikkinchi usul bilan topshiriqni bajarishga kirishadi.
Bolalarni kubiklarni qurishga turlicha munosabatda bo`ladilar. Masalan, 3-4 yoshli bolalar qo’llanmani darrov tushunmaydilar va ularni ko`pchiligi topshiriqni bajarishda tartibsiz harakat qiladilar. 6-7 yoshli bolalar bo`lsa, xatolarga yo’l qo`ysalar ham, diqqat bilan tartibliroq harakat qiladilar. Boshlang`ich sinf o`quvchilar ham topshiriqni bajarishda xatoga yo’l qo`yadilar. Lekin ular bu topshiriqni tezroq bajaradilar. 10-11 yoshli bolalar qo’llanmani yaxshi tushunadilar, o`z xatolarni o`zlari tuzatadilar.
KREPELIN BO`YICHA SANASH VA HISOBLASH

Bu metodikadan murakkab sezgi harakat reaktsiyalarni, qobiliyatini, ixtiyoriy diqqat barqarorligini aniqlash, psixik jarayonlar kechishining tezligini aniqlash uchun foydalanish mumkin. Bu metodikaning qo`llash uchun sinaluvchi bir necha o‘nliklar ichida eng sodda arifmetik operatsiyalar qo‘shish va ayrishni bilishi kerak. Krepelin metodikasida sinaluvchiga qo‘shilishi va ayrilishi kerak bo`lgan sonlar jufti yozilgan maxsus qog`oz taklif etiladi.
Krepelin bo`yicha hisoblashda (masalan: 30 dan 3 gacha. yoki 100 da; 7 gacha) tadqiqot qaroriga to’xtab qolishning uzoqligi va xatolari xarakteri (qayd etib boriladi).
Masalan:
30-3...27....21...19*......18.....15......12......9..6.3.0
Xato hisoblashlar ham hisobga olinib (*) belgilab, qo’yiladi sinaluvchiga xatolarni to`g`rilash taklif etiladi. Vaqt nuqta bilan qayd etiladi. Qoidaga ko‘ra «nuqta» shartli ravishda 1 soniyaga to`g`ri keladi.
Shuni qayd etish lozimki, bu metodika aqliy ish qobilyat jadalligini o`rganishga ham mujallangan. Bajarilgan qo‘shish va ayrishlar soni ko`pligi aqliy malakaning avtomatlashganligidan uzoq vaqt bir narsaga to‘play olish qobiliyatni mavjudligidan dalolat beradi. Bajarilgan topshiriqlar sonining kamligi, ko’p to‘xtab qolish faol diqqatning barkaror emasligidan psixik tez charchashga moyillikdan dalolat beradi.

Download 477,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish