Boshlang'ich sinflarda matematik to'garaklarni tashkil etish. Reja


Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarni insho yozishga o‘rgatish



Download 39,73 Kb.
bet4/4
Sana06.06.2022
Hajmi39,73 Kb.
#641312
1   2   3   4
Bog'liq
Boshlang\'ich sinflarda matematik to\'garaklarni tashkil etish.

Boshlang‘ich sinfda o‘quvchilarni insho yozishga o‘rgatish.
Insho yozishga o‘rgatishni tamoyiliga ko‘ra amalga oshiriladigan ishlar soddadan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, bo‘lakdan butunga qarab asta-sekin tadrijiy ravishda bolalarda inshoga doir bilim, ko‘nikma va malakalar oshirib boriladi. Shuningdek, onglilik tamoyiliga asos qilib olinadi, chunki o‘quvchi har bir yozadigan gapni tushunib, bilib olishi zarur.

Yuqoridagi tamoyillarga amal qilgan holda insho tizimi belgilanadi, ya’ni uning nimadan boshlanib, qanday davom ettirilishida jiddiy e’tibor beriladi.

Dastlab, 1-sinfning o‘quv yili davomida og‘zaki insho sohasida zarur malaka hosil qilinadi, ya’ni o‘quvchilarning eshitgan, ko‘rgan, bilganlari asosida suhbat yo‘li bilan og‘zaki nutqlarni rivojlantiriladi, bu mavzu asosida fikrlashga o‘rgatiladi.

2-sinfda o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab yozma inshoga o‘tish mumkin. Buning uchun dastlab matnni jamoa bo‘lib tuzish mashq qilinadi. Bu vaqtdagi g‘oyat muhim vazifa shuki, ham og‘zaki gapirish, ham yozish uyg‘un holda, birgalikda olib borilsagina, bolalarning ham og‘zaki, ham yozma nutqi baravar rivojlanib boradi. Ana shu vaqtda bu ishda palapartish munosabatda bo‘linsa, og‘zaki mashqda uzoqroq to‘xtalib, yozma mashqqa kechroq o‘tilsa, yoki unga oz e’tibor berilsa, (biriga ko‘p, ikkinchisiga oz) bola nutqida ham bir yoqlama rivojlanish boshlanadi, bu keyinchalik uning yo og‘zaki nutqi ko‘proq rivojlanib, yozma nutqning rivoji susayib yoki aksincha bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Shu tufayli, xuddi tarozining ikki pallasida, nutqning ana shu ikki tomoni monand holda, bir xilda, baravar rivojlanishi lozim. Ammo, shuni ham unutmaslik kerakki, xuddi shu davrdan boshlab, ichki nutqni rivojlantrishga ham jiddiy e’tibor berishi zarur. Aks holda bola o‘ylamay so‘zlashga, atroflicha fikr yuritmay yozishga kirishsa, mantiqsizlik, ma’nosizlik yuz beradi. Shunday ekan, ularni «Sanamay sakkiz» deyishlarini oldini olish, o‘qituvchining dastlabki davrdagi eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun ularni «Aytadigan gapingni avvalo ichingda gapirib ko‘r, yaxshi o‘ylab, keyin gapir» deyish, o‘rgatish bilan maqsadga asta-sekin erishish mumkin. Insonning muhim xususiyatlaridan biri shuki, gapiriladigan, yoziladigan fikr «biri tog‘dan, biri bog‘dan» bo‘lmasligi uchun uning bir mavzuda bo‘lishiga alohida diqqat qilinadi. Buning uchun «Nima haqida hikoya qilmoqchisan ?», «Hozir nima haqida gapirding?» degan savollar ularning diqqatini mavzuga tortadi., fikrni jamlaydi, umumlashtiradi va mantiqli fikr yuritishga undaydi. Shu bilan ularga boshlang‘ich nazariy bilim beriladi, ya’ni ular «Insho ma’lum bir mavzuda yoziladi» degan tushunchaga ega bo‘ladilar.

Umuman, nutq sohasidagi yutuqlar ham, xatolar ham boshlang‘ich sinflardagi saboq, o‘qituvchi mahorati, qanchalik darajada ekanligini natijasi demakdir. Shu tufayli 1-2 sinflardagi dastlabki qadam ta’limda g‘oyat muhim iz qoldiradi. Bu davrdagi zarur vazifa, talab shuki:


  1. Bola tushunib hikoya qilsin.


  2. So‘zlashishdan,yozishdan oldin o‘ylab olsin.


  3. Mantiqli gapirsin, mavzudan uzoqlashmasin.


  4. Gapni to‘g‘ri qursin, so‘zlarni o‘z o‘rnida ishlatsin va yozsin.


  5. Izchil, bog‘lanishli so‘zlasin.


  6. Takrorga yo‘l qo‘ymasin.


Inshoga tayyorlashda 2-sinf oxiri 3-sinda inshoning ma’lum bir mavzuda yozilishi, lo‘g‘at zahiralari ko‘payib borishi, reja tuzishni o‘rganish lozimligini ongli tushunib olishlari zarur. Bular ustida o‘qituvchi ona tili va o‘qish darslarida izchil, muntazam ish olib borishi kerak. Keyinchalik, 3-4 sinflarda ularga quyidagi «Insho yozish qoidalari»ni yozib osib qo‘yib, unga amal qilish zarurligini o‘qituvchi ta’kidlab boradi:




  1. Kirish qismi yoziladi.


  2. Aniq bir mavzu asosida yoziladi.


  3. Ifodada izchillik, ravonlik, jumlada matn bog‘lanishli bo‘lishi, takrorga yo‘l qo‘ymaslik.


  4. Mavzu bo‘yicha har kimning o‘z fikri bo‘lsin.


  5. Insho reja asosida yoziladi va xulosa bilan yakunlanadi.


4-sinfda inshoning quyidagi shakllari haqida tushuncha beriladi.



Rivoyat, tasvir, muhokama elimenti kiritilgan bo‘ladi. Keyinchalik, insonning xat, maqola shakllari ustida mashq qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinfda o‘qiydigan o‘quvchidan 1-sinfga kelgandan so‘ng 2-yarim yildan ularni og‘zaki insho tuzishga o‘rgatish bilan boshlanadi. 2-sinfdan toki 4-sinfning oxirigacha o‘quvchilarga muntazam ravishda insho yozishga o‘rgatib borilishi kerak.
Buning uchun o‘qituvchi ko‘proq o‘z ustida ishlashi hamda bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan darsdan so‘ng ish olib borishi kerak.
Shundagina o‘qituvchi, o‘quvchilarni boshlang‘ich sinfni tugatguncha ijodiy she’r va hikoyalar yozadigan darajaga erishishiga ega bo‘lishadi.
Download 39,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish